Tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 456,93 Kb.
səhifə13/59
tarix24.12.2023
ölçüsü456,93 Kb.
#160436
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika-fayllar.org

Tayanch iboralar: ixtiostegidlar stegosefalar- apsidespondishpar va oyoqsizlar, dumlilar, dumsizlar turkumlari, vakillari.
Suvda va Quruqlikda yashovchilarning kelib chiqishi katta axamiyatga ega. Chunki bu bilan butun Quruqlikda yashovshi Umurtqali hayvonlarning suv muxitidan Quruqlik muxitiga chiqishi ularning tuzilishida muxim o`zgarishlarni yo`zaga keltiradi. Avvalo jabra bilan nafas olish o’pka bilan nafas olishga o`tadi, suzgich qanotlar besh barmoqli oyoqlarga almashinadi. Keyin qonaylanish sistemasi, nerv sistemasi va sezuv organlari o`zgaradi.
Devon davrining oxirlarida chuchuk suvlarda yashovshi shotka qanotli baliqlardan birinchi amfibiyalar – ixtiosegidlar kelib chiqadi. Bular toshko’mir davri Quruqlik faunasining eng ko`p gruppalari bo`lgan amfibiyalarning ikkita ingichka Umurtqalilar va yoy Umurtqalilar kenja sinflarini bergan. Bular shotka qanotli baliqlar bilan amfibiyalar o’rtasida oraliq o’rinni egallagan. Chunki bu hayvonlarda jabra qopqog`ining qoldig’i, dum suzgich qanoti, terisida tangachalari bo`lgan. Lekin juft beshbarmoqli oyog’i bo`lgan. Paleozoy erasida yashagan amfibiyalarning hammasi stegoseflar deb atalganlar.
Yoy Umurtqalilarga labirintodontlar va proanurlar kiradi. Proanurlardan dumsizlar kelib chiqqan. Toshko’mir davrida yupqa Umurtqalilar-lepespondlilar paydo bo`lib, perm’ davrida qirilib ketadi va bulardan oyoqsiz va dumli amfibiyalar kelib chiqadi.
Suvda va Quruqliqda yashovchilarning sistematikasi.
Amfibiyalar Quruqlikda yashovchi Umurtqali hayvonlarning kam sonli sinfi bo`lib, o`z ichiga 2500 ga yaqin turni oladi va uchta turkumga bo`linadi.
1.Oyoqsizlar turkumi.
Bu turkumga 60 ga yaqin tur kiradi, tashqi ko’rinishidan chuvalchanglarga o’xshaydi. Tropik zonalarda tarqalgan, yer tagida xayot kechiradi. Oyoqlari yo`q, ko`zlari reduksiyalangan. Urug’lanishi ichki. Kopulyativ organi bor. Umurtqali amfisel tipda, kobirg’alari bor. Yurak bo’lmalari orasidagi parda to’liq emas.
Bu turkumga Janubiy Amerikada tarqalgan shervyagani va Janubiy –Sharqiy Osiyoda tarqalgan seylon ilon balig’ini vakil qilib olamiz.
2.Dumlilar turkumi.
Dumlilar o`z ichiga 380 ga yaqin turni oladi va asosan Shimoliy yarim sharda tarqalgan. Gavdasi uzunchok bo`lib, yaxshi rivojlangan dumi bor. Oldingi va keyingi oyoqlari deyarlik bir xil uzunlikda bo`ladi. Tana umurtqalariga kurtak xolidagi kobirg’alar birikadi. Peshana va tepa suyaklari quchilmagan. Umrov suyagi yo`q, bilak va tirsak hamda katta va kichik boldir suyaklari o`zaro quchilmagan. Keyingi kovak vena bilan bir qatorda kordial venalar ham saqlanadi. Yon chiziq organi umrbod saqlanadi. Urug’lanishi ichki. Ba’zi turlarida neoteniya xodisasi uchraydi, ya’ni lichinka metamorfozga uchramaydi va lichinka xolida ko`payadi.
Rossiyada dumli amfibiyalardan tritonlar keng tarqalgan. Karpat tog’larida olovli salamandrasi, O`zoq Sharqda yapon salamandrasi, Bolqonorollarida protey va boshqalari yashaydi.
3.Dumsizlar turkumi
Bularga 2100 yaqin tur kiradi. Boshi yalpoq tanasiga tutashib ketadi, dumi yo`q, keyingi oyoqlari oldingisiga nisbatan 2-3 marta uzun. Shu sababli bular sakrab xarakat qiladi. Urug’lanishi tashqi. Dumsiz amfibiyalarga baqalar, kurbaqalar, daraxtlarda yashovshi kvakshalar kiradi va bular yer yuzida ancha keng tarqalgan. O`zbekistonda dumsiz amfibiyalarning faqat ikkita turi – ko’l baqasi va yashil qurbaqa yashaydi.
11-MA’RUZA

Yüklə 456,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə