Tabiiy fanlar fakulteti


Suvda va Quruqlikda yashovchilarning axamiyati



Yüklə 456,93 Kb.
səhifə15/59
tarix24.12.2023
ölçüsü456,93 Kb.
#160436
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika-fayllar.org

Suvda va Quruqlikda yashovchilarning axamiyati
Umuman olganda amfibiyalarni inson uchun axamiyati katta. Avvalo, ular turli-tuman yerlarda yashab, zararkunandalarni qiradi va bog’larga, poliz va dalalarga, o’rmon va o`tloqlarga katta foyda yetkazadi. O`t baqasi bir sutkada o’rtacha 6 ta umurtqasiz hayvonni yeydi. 6 oy davomida esa 1200 dona xasharot va mollyuskalarni kiradi.
Ikralari, itbalig’i va voyaga yetgan amfibiyalar ko`pchilik ovlanadigan baliqlar, o’rdaklar va boshqa qushlar uchun yem bo`ladi. Ba’zi muynali hayvonlar baqalar bilan ovqatlanadi. Ba’zi mamlakatlarda baqa va salamandralarning go’shtini odamlar iste’mol qiladilar. Baqa va triton biologiya va medisina izlanishlarida juda ham ko`p miqdorda laboratoriya hayvoni sifatida ishlatiladi.
Baqalar ovlanadigan baliqlarning yoshlarini yeb, ma’lum darajada zarar yetkazadi.
12-MA’RUZA
Sudralib yuruvchilar sinfining umumiy xarakteristikasi

Reja
  1. Sudralib yuruvchilar sinfining umumiy tavsifi.


  2. Teri qoplagichlari.


  3. Skeleti (umurtqa pog’onasi skeleti, bosh skeleti, erkin oyoqlar skeleti)


4. Nerv sistemasi va sezuv organlari.


5. Ovqat xazm qilish organlari.
6. Nafas olish organlari va qonaylanish sistemasi.
7. Ajratish va ko`payish organlari.


Tayansh iboralar: sudralib yuruvchilar sinfining xarakterli belgilari- terisidagi shox tangacha qalqonlar, ensa bo’rtmasi, birinchi 2 ta bo’yin, umurtqasi, nafas yo’llari, ko`krak qafasi, jinsiy bezlari, yuragi, arteriyalar, buyragi, urug’lanish va ko`payishi, skeleti.
Nerv sistemasi va sezuv organlarining yuqori tuzilganligi, tepa organi, xazm qilish kanali, sulak bezi, nafas olish yo’lini uzayishi, ko`krak qafasi, yuragi va yurakdan chiqadigan arteriyalar, kovak venalar, chanoq buyragi, ko`payish organlari.
Sudralib yuruvchilar- yuqori tabaqali Umurtqalilarning yoki amniotalarning birinchi tuban sinfidir. Gavdasida yaxshi ajralib turgan bo’yin bo’limi bor. Aksariyat ko`pchiligida yaxshi rivojlangan besh barmoqli oyoqlari bo`ladi. Terisi shox tangachalar, qalqonchalar yoki panser bilan qoplangan. Skeleti to’liq suyakdan tashkil topgan. Bosh skeletining ensa qismida bitta ensa bo’rtmasi bor.
Tana umurtqalaridan kobirg’alar chiqib, ularning oldingilari uchlari bilan qorinli tomonda quchiladi va ko`krak qafasini xosil qiladi. Oldingi miya yarim sharlari yaxshi rivojlangan va ularning qopqog`ida kulrang modda bo`ladi. Nafas olish organi bo`lib umrbod o’pka xizmat qiladi va nafas olish aktiv ko`krak qafasining kengayishi hamda torayishi natijasida yuzaga keladi. Yuraklari uch kamerali, lekin ko`pchiligining yurak qorinchasi to’liq bo’lmagan parda bilan bo’lingan bo`ladi. Vena sinus va arterial konuslar yo`q. Ajratish organi bo`lib chanoq buyragi metanefros xizmat qiladi. Urug’lanishi ichki, taraqqiyoti metamorfozsiz o`tadi. Yurak qorinchasida aralash qon bo`lganligi sababli sudralib yuruvchilarning gavda temperaturasi o`zgaruvchan bo`lib, tashqi muxit temperaturasiga bog’lik bo`ladi.
Sudralib yuruvchilarning tuzilishini tez kaltakesak misolida ko`rib o`tamiz.
Teri qoplagichlari amfibiyalarning teri qoplagichlaridan keskin farq qiladi va xavo muxitida yashashga moslashgan belgilariga ega. Epidermisning tashqi qavati shox tuzilmalar- tangacha va qalqonchalar bilan qoplangan. Bularning shakli, soni va joylashishi sudralib yuruvchilarni aniqlashda katta rol o’ynaydi.
Kaltakesaklarning terisi tanaga butun yopishib turadi. Terida bezlar yo`q. Faqat kaltakesaklarning sonlarini ichki tomonida qator joylashgan son teshikchalari bo`ladi. Bu teshikchalardan ko`payish vaqtida ipsimon moddalar yechilib chiqadi.
Skeleti deyarlik to’liq suyakdan tashkil topgan bo`lib, umurtqa pog’onasi skeletiga, bosh skeletiga, erkin oyoqlar skeleti va ularning kamar skeleti bo`linadi: bo’yin, ko`krak-bel, dumg’oza va dum. Umurtqalarning tanasi oldingi tomonida botik keyingi tomonda burtib chiqqan bo`ladi.
Kaltakesaklarning bo’yin bo’limida 8 ta umurtqa bo`lib, ulardan birinchi 2 ta umurtqasi hamma amniotalardagi singari o`ziga xos tuzilgan. Birinchi bo’yin umurtqasi atlas yoki atlant deb ataladi. Atlasi suyak xalqa shaklida bo`lib, yupqa pay bilan ustki va pastki qismga bo’linib turadi. Ustki teshikdan orqа miya o`tsa, pastki teshikdan ikkinchi bo’yin umurtqasi epistrofeyning tishsimon o`simtasi kirib turadi. Teshikdan orqа miya o`tsa, pastki teshikdan ikkinchi bo’yin umurtqasi-epistrofeyning tishsimon o`simtasi kirib turadi. Atlas epistrofeyning tishsimon o`simtasi kirib turadi. Atlas epistrofeyning tishsimon o`simtasi atrofida aylanadi. Kaltakesakning ko`krak-bel tishsimon o`simtasi atrofida aylanadi. Kaltakesakning ko`krak-bel bo’limlari 22 umurtqadan tashkil topgan. Ularning hammasi kobirg’alar bilan tutashadi. Oldingi 5 ta umurtqalarning kobirg’alari tush suyagiga tutashadi. Kaltakesakning tushi tog`aydan tuzilgan.
Dumg’oza bo’limi ikkita umurtqadan iborat bo`lib, bularning ko`ndalang o`simtalariga chanoq qarining yonbosh suyaklari birikib turadi.
Dum bo’limi bir qancha umurtqalardan iborat bo`lib, bularning ko`ndalang o`simtalariga chanoq kamarining yonbosh suyaklari birikib turadi.
Dum bo’limi bir qancha umurtqalardan tashkil topgan. Dum umurtqalari dumning borgan sari o`simtalarini yo`qotib kalta-kalta suyakchalarga aylanadi. Dum umurtqalarining tanasi yupqa pay bilan oldingi va keyingi bo’limlarga ajralib turadi. Kaltakesaklar xavf tug’ilganda dumlarini shu joydan uzib tashlab ketadi va qaytadan dum tiklanadi.
Bosh skeleti qoplovshi suyaklarning ko`pligi bilan xarakterlanadi va suyaklar bosh skeletining yoni, tagi va ustini tashkil qiladi. Ensa teshigi atrofida to’rtta ensa suyak-ikkita yon, bitta ustki va bitta asosiy ensa suyaklari joylashadi. Ensa teshigining ostida bitta ensa bo’rtmasi bor. Asosiy ensa suyaklari joylashadi. Ensa teshigining ostida bitta ensa bo’rtmasi bor. Asosiy ensa suyagiga oldingi tomondan asosiy ponasimon suyak qo`shilib turadi. Bu suyak hamma amniotalardagi singari miya qutisining tagini asosini tashkil qiladi. Parasfenoid suyagi esa rudiment- qoldiq xolda bo`ladi. Eshitish organi atrofida faqat bitta oldingi quloq suyagi bor. Miya qutisining ustidan tepa, peshona va burun suyaklari, yon tomonidan jag`aro, ustki jag`, manglay oldi, yosh, ko`z usti, ko`z orqа suyagi, tangacha, chakka, yonoq suyaklari qoplab turadi.
Tanglay- kvadrat tog`ayning elementlaridan kvadrat suyagi xosil bo`ladi. Qoplovchi suyaklardan tanglay, qanotsimon, pog’onasimon suyaklar va sudralib yuruvchilarga xarakterli bo`lgan ko`ndalang suyaklar bo`ladi. Pastki jag` tishsimon, burchak va qo’shilish suyaklaridan tashkil topgan.
Erkin oyoqlar skeleti va ularning kamar skeleti amfibiyalarning shu skeletlaridan unchalik prinsipial farq qilmaydi. Faqat tush suyagining ustida tush usti suyagi bo`ladi.
Muskul sistemasi yaxshi takomillashgan bo`lib, muskullarni metamer joylashishi yo`qolib ketadi. Hamma amniotalardagi singari kobirg’alararo muskul yo`zaga keladi va bu muskul nafas olish mexanizmida katta rol’ o’ynaydi.
Nerv sistemasi va sezuv organlari amfibiyalarga nisbatan yaxshi rivojlangan. Oldingi miya yarim sharlari nisbatan katta va qopqog`ida kulrang modda bor. Oraliq miya ustki tomondan ko’rinmaydi. Kaltakesaklarda yaxshi rivojlangan va tuzilishi jixatdan ko`zga o’xshagan tepa organi bo`ladi. Bu organ yorug’likni sezadi. Miyacha kuchli rivojlangan.
Xid bilish organi o’rta qismida xidlov yo’lining pastki nafas va ustki xidlov bo’limlari bo`lganligi xarakterlidir.
Eshituv organi ichki va o’rta quloqdan iborat. Ko`zlarida xarakatchan qovoqlari bo`ladi. Ko`zning oldingi burchagida o’rta qovoq ham bor.
Ovqat xazm qilish organlari. Kaltakesaklarning ovqat xazm qilish yo’li og`iz bo`shlig`idan boshlanadi. Og`iz bo’shlig’ining tagida xarakatchan muskulli til joylashadi. Og`iz bo’shlig’i nisbatan uzungina qizilo`ngachga, qizilo`ngach esa oshqozonga ochiladi. Oshqozondan boshlangan ichak ingishka va yug’on ichaklarga bo`linadi, bularning chegarasida ko’richak kurtagi bor. Jigarning o`t suyuqligi va oshqozon osti bezlarining chiqarish yo’llari ingichka ichak bo’shlig’iga ochiladi.
Nafas olish organlari. Nafas olish yo’llari ko`proq takomillashgani bilan amfibiyalarning nafas olish yo’llaridan farq qiladi. Xiqildoq teshigi traxeyaga ochiladi. Traxeya talaygina tog`ay xalqalaridan iborat bo`lib, oxirida ikkita bronxga bo`linadi. Bronxlar xaltasimon o’pkalarga kiradi. Nafas olish aktiv ko`krak qafasining kengayishi va torayish yo’li bilan sodir bo`ladi, bu qovurg’alarning xarakati tufayli yo`zaga keladi.
Sudralib yuruvchilarda boshqa amniotalardagi singari teri orqаli nafas olish bo`lmaydi
Qonaylanish sistemasi. Yuragi uchkamerali, yurak qorinchasi o’rtasidan parda bilan ikki qismga bo`linadi. Lekin parda bo’lma va qorincha orasidagi to`siqqa yetib bormaydi.
Gavdaning keyingi qismidan venoz qondum, chanoq va son venalariga yig’iladi. Bularning bir qismi buyraklarga kirib, buyrak kopka sistemasini xosil qiladi va ulardan keyingi toq kovak venani xosil qiladi. Qolgan venoz qonqorinli venasiga yig’iladi, jigarda jigar kopka venasini xosil qiladi. Jigardan venoz qon keyingi kovak venaga quyiladi. Keyingi kovak vena o`ng yurak bo’lmasiga quyiladi. Gavdaning bosh qismidan venoz qonjuft buyuntirik venaga yig’ilsa, oldingi oyoqlardan umrov osti venalariga tuplanadi. Bular qo`shilib juft oldingi kovak venani xosil qiladi. Oldingi kovak venalar ham o`ng yurak bo’lmasiga quyiladi. O’pkalardan qonupka venasi nomi bilan kelib chap yurak bo’lmasiga quyiladi.
Ajratish organi bo`lib juft chanoq buyragi- metanefros xizmat qiladi. Chanoq buyraklaridan bir juft siydik yo’li chiqadi. Siydik yo’llari orqа tomondan kloakaga ochiladi. Qorinli tomondan kloakada siydik pufagi ochiladi.
Ko`payish organlari. Jinsiy bezlar tana bo`shlig`ida umurtqa pog’onasining yon tomonida joylashadi.
Erkaklarining ko`payish organi oval tanacha shaklida bo`ladigan juft urug’donlardan iborat. Urug’lardan kanalchalar chiqib, urug’don ortig’ini xosil qiladi, bu urug’ yo’liga aylanadi. Kaltakesaklarni kloakasining orqа devori burtib, kopulyativ organ xosil qiladi.
Urg’ochi kaltakesakning tuxumdonlari bel umurtqalarining ostida joylashadi. Tuxum yo’lining oldingi uchi tana bo’shlig’iga, keyingi uchi esa kloakaga ochiladi.
Urug’langan tuxum oq moddasining yo`qligi bilan qushlar tuxumidan farq qiladi. Tuxumda qattiq pustloq ham bo`lmaydi. Tuxum to’rsimon parda bilan qoplangan. Urug’lanish ichki, kaltakesaklarning embrionlari atrofini o`rab oladigan hamda embrion ustida bir-biriga qo`shilib ketadigan amnion bilan seroz pardasi va allantois pufagi xosil bo`ladi. Bu organlar hamma amniotalar singari kaltakesaklarning quruqlikda ko`payishiga moslashgan belgilari xisoblanadi. Zarodishning bosh bo’limi oldida amnion burmasi xosil bo`ladi. Bu burma keyinga qarab o’sadi va zarodishni o`rab oladi. Natijada, amnioning ichida amnion bo’shlig’i va amnion suyuqligi xosil bo`ladi. Amnion bo’shlig’i zarodish uchun muxit bo`lib xizmat qiladi. Amnion bilan bir vaqtda allantois ham xosil bo`ladi. Allantois zarodish uchun ham nafas olish ham siydik pufagi bo`lib xizmat qiladi. Bu qobiqlar tuxumni mexanik ta’sirotlardan ko`rib qolishdan saqlaydi.
13-MA’RUZA



Yüklə 456,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə