Tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 456,93 Kb.
səhifə54/59
tarix24.12.2023
ölçüsü456,93 Kb.
#160436
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika-fayllar.org

Jerlyankalar-dumsizlar turkumining yumoloq tillilar oilasiga mansub suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining avlodi.

Ikkilamchi og’izlilar-ikkilamchi tana bo`shlig’i (selom)ga ega hayvonlar bo`lib, ontogenezda ularning birlamchi og’zi o`rnida anal teshik vujudga keladi, haqiqiy, ya`ni ikkilamchi og’iz esa murtakning old tomonida paydo bo`ladi. Ikkilamchi og’izli hayvonlarga chala xordalilar, ignaterililar va xordalilar tiplari vakillari kiradi.

Instinkt (uyg’onish, qo`zg’alish)-muayyan sharoitda hayvonlarning bitta turi uchun xos bo`lgan murakkab irsiy hatti – xaraktalari majmui. U har bir turda o`ziga xos ko`rinishga ega bo`ladi va nasldan-naslga o`tadi.

Itbaliq-suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfiga kiruvchi dumsizlar turkumi vakillarining lichinkasi.

Ixtiologiya-baliqlarning tuzilishi, hayot kechirishi, rivojlanishi, tarqalishi, sistematikasi va kelib chiqishini o`rganadigan fan. Zoologiyaning bir bo`limi.

Ixtiornislar-qirilib ketgan qadimgi tishli qushlar katta turkumining avlodi.

Kaymanlar-timsohlar turkumining alligatorlar oilasiga kiruvchi avlod. Janubiy va Markaziy Amerika suvliklarida tarqalgan.

Kannibalizm-hayvonlarda o`z turi individlarini yeyish hodisasi. Umurtqali hayvonalar orasida bunday hodisa ayrim yirtqich baliqlar, kemiruvchilar va primatlarda uchraydi.

Kapilliyarlar (qil tomirlar)-odam va hayvonlarning barcha to`qimalari tarkibidagi eng mayda va ingichka qon tomirchalari.

Katransimonlar-akulalar turkumining oilasi.

Qiziloyoq-balchiqchilar kenja turkumiga mansub qush turi.

Kloaka-umurtqalilardan to`garak og’izlilar, ba`zi baliqlar (akulalar, skatlar), barcha suvda hamda quruqlikda yashovchilar, qushlar va sutemizuvchilardan dastlabki darrandalarda to`g’ri ichagining tashqariga ochiladigan kengaygan qismi. Kloakaga siydik yo`li, urug’ yoki tuxum yo`llari ham ochiladi.


Yüklə 456,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə