Tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 456,93 Kb.
səhifə58/59
tarix24.12.2023
ölçüsü456,93 Kb.
#160436
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika-fayllar.org

Salamandralar-suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining dumlilar turkumi oilasi.

Sovuqqonli hayvonlar-tanasining harorati turg’un bo`lmay tashqi muhit haroratiga moslanib o`zgarishiga bog’liq bo`lgan hayvonlar. Bularga barcha umurtqasiz hayvonlar va umurtqali hayvonlardan-to`garak og’izlilar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar kiradi.

Sorlar-qarchig’aylar oilasiga mansub qushlar avlodi.

Soxta kurakburunlilar (qilquyruqlar, orol kurakburunlari)-baqra baliqlar oilasiga mansub chuchuk suv baliqlari avlodi.

Soch-chumchuqsimonlar turkumining shaqshaqlar oilasiga mansub qush turi.

Suqsur(bigizdum)-o`rdaklar oilasiga mansub qush turi.

Tasqaralar-qarchig’aylar oilasiga mansub yirtqich qushlar kenja oilasi. Uzunligi 50 sm dan 120 sm gacha, vazni esa 12 kg gacha boradi. Boshi va bo`yni kalta parlar bilan qoplangan bo`lib, o`limtiklarni yeganda ifloslanmaydi.

Teriologiya (mammalogiya)-zoologiyaning sutemizuvchilarni o`rganadigan bo`limi.

Termoregulyatsiya-odam va issiqqonli hayvonlar (qushlar, sutemizuvchilar) gavda temperaturasining turg’unligini ta`minlovchi fiziologik va biokimyoviy jarayonlar.

Tukanlar-qizilishtonsimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi.

Turuxtan-balchiqchilar turkumiga mansub qush turi.

Ugorsimonalar-suyakli baliqlar sinfiga mansub turkum. Shakli ilonga o`xshash, uzunligi 10 sm dan 3 m gacha boradi.

Ukkilar-yapaloqqushlar turkumiga mansub qush avlodi.

Filogenez (filogeniya)-tirik organizmlar hamda ular toksonomik guruhlari (olam, tip (bo`lim), sinf, tur, turkum, oila, avlod va turlari)ning tarixiy taraqqiyoti.

Xameleonlar (buqalamunlar)-kaltakesaklar turkumi oilasi. Ularning tili uzun bo`lib, ancha uzokdagi o`ljasini ham tilini tez chiqarib yopishtirib olish xususiyatiga ega. Rangi tashqi omillar (harorat va yorug’lik) ta`sirida tez o`zgaradi.


Yüklə 456,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə