Tabiiy fanlar fakulteti


Mangustlar-yirtqich sutemizuvchilar avlodi, viverrasimonlar oilasiga kiradi. Manta-



Yüklə 456,93 Kb.
səhifə56/59
tarix24.12.2023
ölçüsü456,93 Kb.
#160436
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika-fayllar.org

Mangustlar-yirtqich sutemizuvchilar avlodi, viverrasimonlar oilasiga kiradi.

Manta-skatlar turkumining dengiz ajinalari oilasiga mansub tog’ayli baliqlar sinfi turi.

Metamorfoz-hayvonlarda organizmning postembrional rivojlanish davridagi tub o`zgarishlar. Masalan, itbaliqning baqaga aylanishi yoki hasharotlar lichinkasining yetuk individ (imoga)ga aylanishi.

Migratsiya(ko`chish, joyini o`zgartirish)-tarixiy taraqqiyot jarayonida yuzaga kelib odat bo`lib qolgan ma`lum bir yo`nalish bo`yicha va ma`lum vaqtga kelib hayvonlarning tabiiy ravishda o`z joyini o`zgartirishi.

Miksinlar-umurtqalilar kenja tipining to`garak og’izlilar sinfiga mansub turkum.

Minogalar-umurtqalilar kenja tipining to`garak og’izlilar sinfiga mansub turkum.

Monogamiya-har xil jinsli hayvonlar o`rtasidagi munosabat shakli. Ayrim tur qushlarni va sutemizuvchilarni urchish davrida erkak va urg’ochisini birga-bir nisbatda juft hosil qilib yashashi. Masalan, oqqushlar, burgutlar, turnalar, ayrim chumchuqsimonlar, bo`rilar va boshqalar.

Neopallium-sutemizuvchilar oldingi miyasi kulrang moddasining yaxlit qavati (po`stlog’i).

Neoteniya-rivojlanish jarayonining ilk bosqichlarida (lichinkalik davrida) ko`payish qobiliyatiga ega bo`lgan organizmlar. Bunday xususiyatlar ayrim tur amfibiyalarda, o`rgimchaksimonlarda, hasharotlarda va chuvalchanglarda uchraydi.

Nevrotsel-xordali hayvonlar nerv nayining ichki bo`shlig’i.

Ontogenez-organizmning individual rivojlanishi. Bunga organizmning paydo bo`lishidan, hayotining oxirigacha ketma-ket yuz beradigan morfologik, fiziologik va biokimyoviy o`zgarishlar majmui kiradi.

Ornitologiya-umurtqalilar zoologiyasining qushlar sinfini o`rganadigan bo`limi.

Paleozoologiya-qadimgi geologik davrda yashab, hozirda qirilib ketgan va qazilma holda saqlanib qolgan hayvonlarni o`rganuvchi fan.


Yüklə 456,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə