Tabiiy fanlar fakulteti


Sudralib yuruvchilarning ekologiyasi



Yüklə 456,93 Kb.
səhifə19/59
tarix24.12.2023
ölçüsü456,93 Kb.
#160436
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika-fayllar.org

Sudralib yuruvchilarning ekologiyasi

Reja
1.Yashash sharoiti va ekologik guruhlari.
2.Oziqlanishi.
3.Ko`payishi.
4.Sudralib yuruvchilarning axamiyati.

Tayansh iboralar: yashash sharoiti va ekologik guruhlari, oziqlanishi, ko`payishi, nasl uchun qayg’urish, siklliligi, iqtisodiy axamiyati
Yashash sharoiti. Sudralib yuruvchilar amfibiyalarga nisbatan turlicha sharoitlarda yashaydi. Bu sudralib yuruvchilarni yuqori taraqqiy etganligi bilan bog’lik. Bu borada sudralib yuruvchilarning quruq muxitga yashashga moslashishi katta rol o’ynaydi. Shu sababli bular Arktika va Antraktidadan tashqari yer yuzining deyarlik hamma qismida tarqalgan. Shu bilan birga ularning gavda temperaturasi o`zgaruvchan bo`lganligi tufayli sudralib yuruvchilar nisbatan yuqori temperaturali muxitda yaxshi xayot kechiradi. Masalan, ilonlar +100S da kam xarakatchan bo`lib qoladi, +6+80S da esa xarakatdan to’xtaydi, +2+30S da karaxt bo`ladi. Gavdasi –4-60S ga sovusa, xaloq bo`ladi.
Shu aytilganlarga ko’ra sudralib yuruvchilar tropik zonada ko`p sonli bo`lib, qo`tblarga borgan sari kamayib boradi. Shuningdek xaddan tashqari yuqori temperatura ham sudralib yuruvchilar uchun xalokatdir. Muxit temperaturasi +550S bo`lganda kaltakesaklar 1,5-4 minutda xaloq bo`ladi. Bunday vaqtda sudralib yuruvchilar yer kovaklariga yashirinadi, daraxtlarga chiqadi va xokazo.
Siklliligi. Yashash joyining noqulay temperatura sharoiti bilan ovqat sharoitiga biologik moslanishdir.
Sudralib yuruvchilar uchun optimal temperatura 20-400S atrofida bo`ladi. O’rta mintaqalarda yashovchi ko`pchilik sudralib yuruvchilar kunduz kuni aktiv bo`ladi, gekkonlar esa tunda aktiv bo`ladi. Tropik saxrolarda esa ko`pchilik sudralib yuruvchilar kechasi aktiv bo`ladi.
Ekologik gruppalari. Sudralib yuruvchilar cho’l, zish o`tzor, o’rmon va botqoqlik muxitlarida yashaydi. Bu gruppaga sudralib yuruvchilarning aksariyat ko`pchiligi kiradi. Masalan, ilonlar, kaltakesaklar, echkiemarlar, ba’zi toshbaqalar va boshqalar.
Ba’zi sudralib yuruvchilar suvda yashashga moslashgan. Masalan, dengiz toshbaqalari, yumshoq terili toshbaqalar, dengiz ilonlari va timsoxlar.
Sudralib yuruvchilarning kam sonli gruppasi yerni kovlab xayot kechiradi. Bularga ko’r ilonlar kiradi. Cho’l toshbaqalari, to`garakboshlar esa ma’lum vaqtlarini yer tagida o`tkazadi.
Nixoyat ba’zi sudralib yuruvchilar, masalan, xamelionlar daraxtlarda yashashga moslashgan. Ba’zi kaltakesaklar, agamalar va ilonlar ham daraxtlarda yashaydi.
Oziqlanishi. Sudralib yuruvchilar har xil suvda yashovshi umurtqasiz va quruqlikda yashovshi xasharotlar hamda umurtqali hayvonlar bilan ovqatlanadi. Faqat ba’zi turlari o’simliklar bilan ovqatlanadi.
Sudralib yuruvchilar odatda o’ljalarini butunlay yutadi. Faqat timsoxlar va dengiz toshbaqalari bulak-bulak qilib o`zib oladi. Zaxarsiz ilonlar o’ljalarini tiriklay yutadi. Zaxarli ilonlar esa avval o’ljasini zaxarlab o’ldiradi, keyin butunlay yutadi.
Ko`payishi. Sudralib yuruvchilar quruqlikda ko`payishga moslashgan. Xatto suvda yashovchi dengiz toshbaqalari dengiz ilonlari va timsoxlar suvda yashasalar ham ko`payish uchun quruqlikka chiqadi.
Ko`pchilik sudralib yuruvchilar terisimon yoki qattiq oxak po’st bilan qoplangan tuxum qo’yib ko`payadi. Tuxumlarini yerga, qumga, daraxt pustloqlari ostiga qo’yadi. Tuxumlari +15+300S atrofida 2-3 oy davomida rivojlanadi.
Sudralib yuruvchilar ichida tirik tug’uvchi turlari ham bor. Oddiy xolda urug’langan ona organizmining jinsiy yo’llarida to’xtab qoladi va zarodish rivojlanadi. Tirik tug’ish xodisasi yana shimolga yaqinlashib borgan sari yoki toqqa ko’tarilgani sari ko`payib boradi.



Yüklə 456,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə