Tabiiy fanlar fakulteti


Sudralib yuruvchilarning axamiyati



Yüklə 456,93 Kb.
səhifə20/59
tarix24.12.2023
ölçüsü456,93 Kb.
#160436
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika-fayllar.org

Sudralib yuruvchilarning axamiyati
Sudralib yuruvchilarning deyarlik hammasi foydali hayvonlardir. Kaltakesak va ilonlar qishloq va o’rmon xo’jaligi zararkunandalari xisoblangan xasharotlarni hamda kemiruvchilarni qiradi. Ko`pgina kaltakesaklar tulki, sassikko`zan kabi ovlanadigan muxim darrandalarga ovqat bo`ladi. O’rta Osiyoda yashaydigan cho’l toshbaqasi maysazorlarga zarar keltiradi. Suv ilonlari ovlanadigan baliqlarning ikralarini, bolalarini yeb jiddiy zarar yetkazadi.
Ba’zi mamlakatlarda zaxarli ilon odamga jiddiy zarar yetkazadi. Shu bilan birga ilon zaxarining medisina sanoatida ishlatilayotgan nixoyatda qimmatbaxo xom ashyo ekanligini unutmaslik kerak. Zaxarli ilonlardan zaxar olish uchun O’rta Osiyo respublikalarida ilon boqish fermalari tashkil qilingan.
Timsoxlar, ilonlar, echkiemarlarning terisidan chemodan, portfel, oyoq kiyimlari va xokazolar tayyorlanadi. Toshbaqalarning gushti, tuxumi, timsox va ilonlarning go’shti ba’zi mamlakatlarda oziq-ovqatga ishlatiladi. Shu aytganlarga ko’ra sudralib yuruvchilarni har tomonlama ximoya qilish kerak.
15-MA’RUZA
Qushlar sinfi

Reja
1. Qushlar sinfining umumiy tavsifi
2. Qushlarning teri qoplagichlari (patning tuzilishi va xillari)
3. Skeleti (umurtqa pog’onasi skeleti, bosh skeleti va erkin oyoqlar skeleti)
4.Nerv sistemasi va sezuv organlari
5.Ovqat xazm qilish va nafas olish organlari
6.Qonaylanish sistemasi
7.Ajratish va ko`payish organlari


Tayansh iboralar: qushlarni sudralib yuruvchilarga o’xshash belgilari, yuqori taraqqiy etgan belgilari, uchishga moslashish belgilari, naysimon suyaklarni pnevmatikligi, patning tuzilishi, pat xillari, murakkab dumg’oza, bilakuzuk- kaft tovonoldi- tovon suyaklari.
Nerv sistemasi va sezuv organlarining yuksak taraqqiy etgan belgilari, ovqat xazm qilish kanali, oshqozon pastki xiqildoq, xavo xaltachalari, yuragi va o`ng aorta yoyidan chiqqan arteriyalar, ichak- tutkich venasi, siydik-tanosil tizimi, chap tuxumdon.
Qushlar tuzilishi jixatdan o`zlarining bevosita ajdodlari xisoblangan sudralib yuruvchilarga yaqin bo`lib, o’sha hayvonlarning gavda temperaturasini doimiy qilib olgan va uchishga layokatlangan progressiv shoxсhasidir. Qushlarning sudralib yuruvchilarga nisbatan progressiv taraqqiy etgan belgilari quyidagilar xisoblanadi:
  1. Nerv sistemasi va xulk-atvori yuqori darajada rivojlangan.


  2. Gavda temperaturasi yuqori va doimiy.


  3. Uchish qobiliyatiga ega.


  4. Ko`payishi ancha takomillashgan


Qushlarning bu xususiyatlari ularni yer sharida nixoyat keng tarqalishiga va xilma-xil yashash joylarida xayot kechirishiga imqon beradi.


Morfologik tuzilishiga ko’ra qushlar oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi, keyingi oyoqlarida yangi bo’lim-sevkani xosil bo’lishi, gavdasining pat bilan qoplanganligi, yuraklarining to’liq to’rt kamerali bo`lganligi, bosh skeletida bitta ensa burtmasining bo’lishligi va chanoq buyragining borligi bilan xarakterlanadi.
Qushlarning uchishga moslashgan belgilari quyidagilardan iborat:
  1. gavdasining suyri shaklda bo’lishligi


  2. oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi


  3. murakkab pat qatlamining bo’lishligi


  4. suyaklarining yengil bo`lib, naysimon suyaklarning ishi bo’sh bo’lishi va uning xavo bilan to’lib turishi


  5. xavo xaltachalarining bo’lishligi


  6. jag`larida tishlarining bo’lmasligi


  7. to’g’ri ichakning reduksiyalanib ketganligidir


Qushlarning tuzilishini kaptar misolida ko`rib chiqamiz.


Teri qoplagichlari. Qushlarning terisi yupqa bo`lib, epidermis sust rivojlangan, suyak xosilalari yo`q, teri bezlari ham deyarli bo`lmaydi. Faqat dum tubining ustida dum bezi bo`ladi. Dum bezining yog’li sekreti bilan qushlar patlarini yog’laydi va uni xullanishdan saqlaydi. Shu sababli bu bez suvda yashovchi qushlarda yaxshi rivojlangan.
Qushlarda epidermisdan xosil bo`lgan har xil shox xosilalar bo`ladi. Ya’ni ustki va pastki jag`lari, tumshuqni xosil qilgan shox qismlari bor. Barmoqlarining uchlarida tirnoqlari, sevkasi va ba’zilarining sonida shox qalqonchalari bo`ladi. Gavdasining pat bilan qoplangan qismi pteriliy deb ataladi. Bularni orasida patsiz ochiq joylar bor, bunga apteriya deyiladi. Bu muskullarning uchish vaqtida qisqarishi uchun qulaylik tug’diradi. Shuning uchun apteriya uchuvchi qushlarda bo`ladi.
Qushlarning patlari juda yengil, pishik va xavo bilan issiqlikni yomon o`tkazadigan qoplagichlardirki, bu gavda temperaturasi doimiy, shu bilan birga yuqori bo`ladigan uchar jonivorlar uchun juda muximdir. Bundan tashqari, patlar qush gavdasini suyri shakliga kiritadi, kokuv patlari esa uchish apparatining muxim qismini tashkil etadi. Kontur patlar esa qushni har xil mexanik ta’sirotlardan ximoya qiladi.
Qushlarning patlari odatda bir yilda bir yoki ikki marta, to’lik yoki qisman yangilanib tullab turiladi. Bu vaqtda eski patlar tushib, ularning o`rniga yangisi rivojlanadi.
Skeleti. Qushlarning skeleti uchishga layoqatlangan bo`lib, erkin oyoqlar va ularning kamar skeletining o`zgacha o`zgarganligi hamda yengil va mustaxkamligi bilan xarakterlanadi. Skeletining engilligi naysimon suyaklarini ishi bo’sh bo`lib, xavo bilan to’lganligi, mustaxkamligi, ko`pchilik suyaklarning juda erta bir –biri bilan qo`shilib hamda tuzlar miqdorining ko`pligi tufaylidir.
Dum umurtqalari oltita bo`ladi. Keyingi dum umurtqalari qo`shilib ketib, vertikal plastinka shaklidagi dum suyagini xosil qiladi. Bosh skeleti umumiy tuzilish sxemasiga ko’ra sudralib yuruvchilarning bosh skeletiga o’xshash bo`ladi. Ensa bo’limi to’rtta ensa suyagidan tuzilgan, bosh skeletiga o’xshash bo`ladi. Ensa bo’limi bitta quloq usti suyagi bo`ladi. Miya qutisi tagini asosiy ponasimon hamda tanglay va qanotsimon suyaklar xosil qiladi.
Bosh skeletini ustki tomondan bir juft burun, peshona, teppa va tangacha suyaklar yopib turadi. Ustki jag` suyagiga keyingi tomondan yonoq va kvadrat yonoq suyaklar birikadi. Pastki jag` qo’shilish tishsimon, burchak va toj suyaklaridan tashkil topgan.
Yelka kamari kurak, korakoid va umrov suyaklaridan tashkil topgan. Kurak suyagi uzun, qilichsimon shaklda bo`lib, kobirg’alarning ustida joylashadi. Umrov suyaklari oldingi tomonda uchlari bilan qo`shilib, qushlar uchun xarakterli bo`lgan ayri suyagini xosil qiladi.
Keyingi oyoq katta son suyaklari, katta va kichik boldir suyaklaridan tashkil topgan kichik boldir suyagi rudiment xolida bo`lib katta boldir suyagining pastki bo’limiga juda erta qo`shilib ketadi. Tovon oldi suyagining ustki bo’limi tovon suyagiga qo`shilib ketadi va qushlar uchun xarakterli bo`lgan sevkani xosil qiladi.
Chanoq kamari yupqa yonbosh, kuymish va kov suyaklaridan xosil bo`lgan. Kuymish va kov suyaklarining keyingi uchlari qo’shilmaydi va ochiq chanoq xosil qiladi. Yonbosh suyagi murakkab dumg’ozani xosil qilishda ishtirok etadi.
Muskul sistemasi shu bilan xarakterlanadiki oyoqlarni xarakatga keltiruvchi muskullar tanaga o`rnashgan bo`ladi, oyoqlarga esa ingichka paylar boradi. Ayniqsa, ko`krak muskullari juda katta bo`lib, bu tana og’irligining 20% ni tashkil qiladi. Bu muskul ko`krak toj suyagiga birikadi va qanotni pastga tushirish uchun xizmat qiladi.
Ko`krak muskulining tagida esa umrov osti muskuli joylashadi va qanotni ko`tarish, uchun xizmat qiladi. Kuchli keyingi oyoq muskullari qushlarning yurishi, daraxtlarda xarakati, yerdan ko`tarilishi va qo’nish prosesslarini bajaradi.
Nerv sistemasi. Qushlarning markaziy nerv sistemasi sudralib yuruvchilarga yuruvchilarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Avvalo qushlarning bosh miyasi orqа miyaga qaraganda 1,5:1 dan 2,5:1 kursatkich 1:1 nisbatga tengdir. Oldingi miya yarim sharlari asosan targ`il modda xisobidan kattaradi, qopqog`ida miya moddasi kam bo`ladi. Miyacha kuchli rivojlangan. Bu ularning murakkab va xilma-xil xarakatlarini ta’minlaydi. Bosh miyadan 12 juft bosh miya nervlari chiqadi.
Orqа miyasining yelka va bel bo’limlari yug’onlashib nerv chigallarini xosil qiladi. Bu chigallardan orqа va oldingi oyoqlarga boruvchi nervlar chiqadi.
Sezuv organlari. Ichki va o’rta quloqdan iborat eshituv organi sudralib yuruvchilarga nisbatan yaxshi rivojlangan. Xid bilish organi esa sust taraqqiy etgan. Lekin ko’rish organi-ko`z kuchli rivojlangan va ular tashqi muxitda orientasiya qilishda va o`z o’ljalarini axtarib topishda asosiy rol o’ynaydi. Ko`zning keyingi bo’shlig’iga kirib turadigan sertomir o`simtasi ko`z tarog’i bor. Kiprikli muskul ta’sirida ko`z gavxari shaklini o`zgartirishi hamda ko`z gavxari va to’r parda orasidagi masofaning o`zgarishi natijasida ko’rishga moslashganligi qushlarning ko’rish organi uchun xarakterlidir. Bunga ikki tomonlama akkomodasiya deyiladi.
Ovqat xazm qilish organlari og`iz bo`shlig`idan boshlanadi. Hozirgi zamonda yashovchi qushlarning tishi bo`lmaydi. Jag`larini o`tkir qirrali shox tumshuqlar qoplab turadi. Tumshuqlar qisman tish vazifasini bajaradi. Og`iz bo’shlig’ining tagiga til o`rnashgan. Og`iz bo’shlig’iga sulak bezlarining chiqarish yo’llari ochiladi. Kaptarning qizilo`ngachi o’rta qismi kengayib, jig’ildon xosil qiladi. Oshqozon osti bezining chiqarish yo’li 12-barmoqli ichakka ochiladi. Kaptarlarning jigarida boshqa qushlarda bo`ladigan o`t pufagi bo`lmaydi.
Nafas olish organlari o`ziga xos tuzilgan va boshqa ichki organlarga nisbatan uchishga ko`prok moslashgan. Og`iz bo’shlig’ining to’rida xiqildoq yorig’i joylashadi va bu xiqildoqqa ochilib turadi. Bu ustki xiqildoq doimiy ovoz apparati vazifasini bajarmaydi. Ustki xiqildoq traxeyaga ochiladi. Traxeya ko`krak bo`shlig`ida ikkita bronxga bo`linadi. Shu joyda, ya’ni traxeya bronxlarga bo’lingan joyda qushlar uchun xos bo`lgan pastki xiqildoq joylashadi va suyak xalqalar bilan ushlab turiladi. Pastki xiqildoq ovoz apparati vazifasini bajaradi. Bu yerda tashqi va ichki ovoz pardalari tarang tortiladi va ovoz chiqadi. Bronxlar o’pkaga kirgandan so`ng shoxlanadi va bronxiollar xosil qiladi. Lekin ba’zi bronx shoxсhalari o’pkadan chiqib qushlar uchun xarakterli bo`lgan xavo xaltachalarini xosil qiladi.
Xavo xaltachalari qushlarning nafas olishida katta rol o’ynaydi. Qushlar nafas olganda xavo yo’llari bilan o’pkaga boradi, xavoning bir qismi esa o’pkadan xavo xaltachalariga boradi. Ko`krak qafasi qisqarganda, ya’ni nafas chiqarilganda xavo xaltachalaridan xavo yana o’pkaga kiradi va o`z kislorodini beradi. Demak, bir marta olingan xavodan qushlar ikki marta nafas oladi. Lekin xavo xaltachalarida gaz almashinmaydi.
Qonaylanish sistemasi. Qushlarning yuragi to’liq to’rt kamerali bo`lib, arterial va venoz qonyurakda va gavdada aralashmaydi. Shu sababli qushlarning gavda temperaturasi doimiydir. Qushlarning yuragi boshqa umurtqali hayvonlarning yuragiga nisbatan katta bo`ladi. Bu qushlarning modda almashinish prosessining juda intensivligi bilan bog’likdir.O`ng yurak qorinchasidan o’pka arteriyasi venoz qonni o’pkalarga olib boradi. O’pkadan arterial qon, o’pka venasi nomi bilan kelib, chap yurak bo’lmasiga quyiladi. Modda almashinish va gaz almashinish prosesslarining juda ham intensiv borishi sababli qushlarning gavda temperaturasi ham yuqori bo`ladi. Masalan, qushlarning gavda temperaturasi o’rtacha 420S ga tengdir.
Ayirish organlari. Juft metanefritik buyraklari juda katta bo`ladi. Buyraklar uch pallaga bo’lingan. Uzunchoq yassi tanachadan iborat. Buyraklardan bittadan siydik yo’li chiqadi. Siydik yo’li kloakaga ochiladi. Qushlarda siydik pufagi yo`q. Kloakada siydikdagi suv ikkinchi marta suriladi.
Erkaklarning ko`payish organi bo`lib juft loviyasimon urug’don xizmat qiladi. Urug’don yil fasllariga qarab har xil kattalikda bo`ladi. Ko`payish davrida chug’urchuqlarning urug’donlarini xajmi ko`z va qish fasllariga qaraganda 1500 barobar kattaradi. Urug’dondan urug’ yo’llari chiqadi va kloakaga ochiladi. Urug’ yo’llari kloakaga ochilishdan oldin kengayib urug’ pufagini xosil qiladi.
Urg’ochilarning ko`payish organi toq chap tuxumdon va chap tuxum yo’lidan iborat bo`ladi. Tuxumdon ham ko`payish vaqtida kattaradi. Tuxum yo’lining bir uchi tana bo’shlig’iga ochilsa, ikkinchi uchi kloakaga ochiladi. Pishib yetishgan tuxum tuxumdondan tana bo’shlig’iga, u yerdan tuxum yo’li voronkasiga tushadi.Yetuk tuxum sariqlikdan iborat bo`lib, bularning orasida yupqa oq sariqlik qatlamlari bor. Keyin tuxum oval oqsil bilan o’raladi. Bachadonda esa ikkita yupqa po’st osti pardasi va keyin oxakka shimilgan qattiq po’st bilan qoplanadi. Tuxum po’stida talaygina mayda-mayda teshikchalar bo`ladi. Bu teshikchalar orqаli embrion bilan tashqi muxit o’rtasida gaz almashinib turadi. Tuxumning poyanak tomonida yupqa parda bir-biridan ajralib, xavo kamerasini xosil qiladi. embrion tuxumdan oshib chiqishdan oldin shu kameradagi atmosfera xavosidan nafas oladi. Tuxum sarig’ining qarama-qarshi tomonlaridan oqsil iplari- xalazalar chiqadi. Xalazalar po’st osti pardaning ichki devoriga tegib turadi.Zarodishning taraqqiyoti urug’lanish paytidan boshlanadi. Urug’langan tuxum sariqligining yuqoriga qaragan tomonidan yorug’ dog’ yoki zarodish diskasi joylashadi. Shunday qilib tug’ilgan tuxumda zarodish ikki qavatli bo`ladi. Zarodish diskasi o’rnida zarodish qalqoni, uning o’rtasida birlamchi chiziq xosil bo`ladi. Keyinchalik embrion atrofidan xalqa burma ko`tarilib chiqadi. Bu burma embrionni butunlay o`rab oladi. Shunday qilib embrion pardalari, ichki pardasi-annion va tashqi pardasi seroza ularning orqаsida esa embrion kobig’i–alentois xosil bo`ladi. Rivojlanishning ilk bosqichlarida embrionning boshi, bo’yinning ikki yon tomonida 5 juft jabra yoriqlari, juft oyoqlari xosil bo`ladi. Keyin jabra yoriqlari yo`qoladi, sariqlik xaltasi quriydi va jo’ja tuxumdon chiqadi.
15-MA’RUZA



Yüklə 456,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə