Reja: Kirish. Yuk koʻtarish va tashish mashinalarining rivojlanish tarixi va xalq xoʻjaligidagi axamiyati



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə1/7
tarix28.11.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#133846
  1   2   3   4   5   6   7
Reja Kirish. Yuk ko tarish va tashish mashinalarining rivojlani


MA`RUZA № 1


Mavzu: Kirish. Yuk koʻtarish transportlari va transport mashinalari va mexanizmlarining rivojlanish tarixi va xalq xoʻjaligidagi axamiyati. YKTTMM tasnifi, turlari va vazifalari.


REJA:


1. Kirish. Yuk koʻtarish va tashish mashinalarining rivojlanish tarixi va xalq xoʻjaligidagi axamiyati.
2.YKT mashinalari tasnifi.
3.YKT turlari va vazifalari.



  1. Koʻtarish va tashish mashinalarining rivojlanish tarixi va xalq xoʻjaligidagi axamiyati.




      1. Fanning rivojlanish tarixi.

YKT mashinalarining paydo boʻlishi uzoq tarixga ega. Odamlar oʻz xayoti davomida turmushda qoʻl bilan bajaradigan ishlarini engillashtirish, ish unumini oshirish ustida doimo izlanishgan. Chunki ayrim ishlarni bajarish qiyin yoki butunlay iloji edi.
Eramizdan avvalgi 27-asrda Misr piramidalarini qurishda ulardan keng foydalahilgan. Balandligi qariyb 150 metr boʻlgan piramidalar massasi 2-30 tonnagacha boʻlgan prizmatik toshlardan qad koʻtargan.
Eramizdan avvalgi 22-asrda qadimgi Xitoy va Xindistonda foydalanilgan richagli mexanizmlarni xozirgi qulochli kranlarning dastlabki namunasi deyishimiz mumkin (1-rasm).
Eramizdan avvalgi 7-asrda bloklar paydo boʻldi.
YKT mashinalarini takomillashib borishida rus mexaniklarini ham mexnati katta boʻlgan.11-asrda Nijniy Novgorodda sofiya cherkovini qurishda,1677-yili Kremldagi 130 tonnalik qoʻng`iroqni oʻrnatishda,1769-yili polispastlardan foydalanilgan.
1872-yilga kelib, Rossiyada mashinasozlik nazariyasiga asos solgan olim “Mashinalar xaqida ommaviy leksiyalar” (1859 yil ) va “Koʻtarish mashinalari kursi” (1872 yil) nomli asarlar muallifi professor I.A.Vishnegradskiy sohaga oid birinchi kitobni yozdi.
Oʻzbekistonda yuk koʻtarish-tashish mashinalarini ishlab chiqarish 1950-yillardan keyin boshlandi. 1960-yillarda Andijon mashinasozlik zavodi da universal yuklagichlar. Andijon “Kommunar” zavodida paxtani buntga koʻtarishda ishlatiladigan lentali transportyor (konveyer) lar ishlab chiqarila boshlagan.1980-yilda Samarqand shahrida liftlar ishlab chiqarish zavodi ish boshlagan.
Xozirgi kunda “Andijonmash” OAJ da Angren koʻmir konida koʻmirni shaxtadan omborlarga tashiydigan lentali konveyerlar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarilmoqda.

      1. Oddiy qoʻl qurollarini rivojlanish tarixi.

  1. Richag. Og`ir jismni yaqin masofaga siljitish va uncha baland boʻlmagan masofaga koʻtarish.

  2. Qoʻl zambar. Uncha og`ir boʻlmagan jismlarni tashiah uchun.

  3. Xavozalar. Tuproq, loy va shunga oʻxshash boshqa yuklarni yuqoriga koʻtarish uchun.

Gildiraklar paydo boʻlgandan soʻng yanada murakkabroq qurollar paydo boʻldi.

  1. Charxpalaklar. Suvni ariqdan yuqoriga koʻtarish ushun.

  2. G`altak koʻtargichlar. Xavozalar orniga yuklarni yuqoriga koʻtarish uchun.

  3. Galtak zambar. Tuproq, g`isht va shunga oʻxshash narsalarni tashish uchun.

Yuqoridagi ish qurollari tajribalar natijasida yildan yilga takomillashib bordi va oddiy qurollar mexanizmlarga va undan mashinalarga aylana borib, xozirgi vaqtdagi konstruktsiyalarga ega boʻlgan mashinalar koʻrinishini oldi.
1.2. Xalq xoʻjaligidagi axamiyati.
Koʻtarish-tashish mashinalarining xalq xoʻjaligi (sanoat, transport, qurilish, qishloq xoʻjaligi) va kundalik turmushdagi axamiyati juda beqiyos. Ularni toʻg`ri tanlash ishlab chiqarishning normal ish faoliyati va yuqori ish unumdorligini ta`minlaydi.
Koʻtarish- tashish mashinalari qoʻl bilan koʻtarib boʻlmaydigan og`ir yoki yirik yuklarni balandlikka koʻtarish, ma`lum bir masofalarga tashish imkonini beradi. Koʻtarish- tashish mashinalarini sanoat, qurulish, transport va boshqa sohalarga tatbiq etish ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashva avtomatlashtirsh imkoniyatini beradi va uni uzluksiz ishlashini ta`minlaydi.
Pirovard natijada ishlab chiqarishning qaysi sohasida boʻlmasin samaradorligi oshadi, bajarilayotgan ishning sifati yaxshilanadi.
Xozirgi vaqtda sanoat, transport, qishloq xoʻjaligi korxonalari va qurulish maydonlarini koʻtarish tashish mashinalarisiz tasavvur qilish qiyin.




  1. Yüklə 2,1 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə