Reja: Kirish. Yuk koʻtarish va tashish mashinalarining rivojlanish tarixi va xalq xoʻjaligidagi axamiyati



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə2/7
tarix28.11.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#133846
1   2   3   4   5   6   7
Reja Kirish. Yuk ko tarish va tashish mashinalarining rivojlani

YKT mashinalari tasnifi.



Yuk koʻtarish mashinalari yukni vertikal yoʻnalishda yuqoriga koʻtarish va tushirish uchun moʻljallangan. Xozirgi vaqtda foydalanilayotgan koʻtarish-tashish mashinalarining turlari juda kop va xilma-xildir.
Ular bajaradigan vazifasi, xizmat koʻrsatadigan maydonining konfiguratsiyasiga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:
1. Yukni uncha katta boʻlmagan balandlikka koʻtarish, pastga tushirish uchun ishlatiladigan domkratlar.
2. Yukni koʻtarish tushirish va toʻg`ri yoʻnalish boʻyicha surish uchun ishlatiladigan chig`irlar (lebedkalar).
3. Yuk va passajirlarni vertikal yoʻnalish boʻyicha balandlikka koʻtarish uchun ishlatiladigan koʻtargichlar va liftlar.
4. Xizmat koʻrsatadigan maydon konfiguratsiyasiga kran osti yoʻlining uzunligi va yoʻnalishga щamda ilgakning qulochiga bog`liq boʻlgan minorali kranlar.
5. Yukni oʻz aylana doirasida yoki shu aylananing bir qismida surishni ta`minlaydigan qoʻzg`almas strelali kranlar.
6. Toʻg`ri toʻrtburchak maydonlarga xizmat koʻrsatadigan koʻprik kranlar.
7. Turli konfiguratsiyali maydonlarga xizmat koʻrsatadigan oʻziyurar kranlar.
Shuningdek koʻtarish- tashish mashinalarini yuritmasi, xarakatni uzatish va tuzilishi boʻyicha klassifikatsiya qilish mumkin.
KTM lari yuritmasi boʻyicha dastaki va mashinali turlarga boʻlinadi.
Dastaki mashinalar qoʻl kuchi bilan, mashina yuritmalilari esa elektr va ichki yoʻnuv dvigateli kuchi xisobiga ishlaydi. Xarakatlar motor va qoʻldan ish bajaruvchi qicmga mexanik, gidravlik, pnevmatik va elektromagnit usullar bilan uzatiladi.
KTM lari tuzilishi boʻyicha oddiy va murakkab mashinalarga boʻlinadi.Oddiy mashinalarga domkrat, labedka, tal va bitta relsda yuruvchi aravalar, murakkab mashinalarga esa yuklagich, koʻtargich va kranlar kiradi.


3.YKT turlari va vazifalari.


3.1. Oddiy yuk koʻtarish qurilmalari.
Domkratlar. Yukni uncha katta boʻlmagan balandlikka (1-metrgacha) koʻtarish va pastga tushirish uchun moʻljallangan mexanizmlar domkratlar deyiladi. Ular odatda ta`mirlash va montaj ishlarida ishlatiladi. Domkratlarning yuritmasi dastaki yoki mashinali boʻlishi mumkin. Xarakatni uzatish boʻyicha mexanik (vintli, rijag-reykali, tishli reykaki), gidravlik va pnevmatik turlarga boʻlinadi. Konstruktiv tuzilishiga koʻra domkratlar vintli, reykali va gidravlik boʻladi. Vintli domkrat umumiy koʻrinishi 1.1-rasmda keltirilgan.

1.1-rasm. Vintli domkrat.
1 – gorizontal vint; 2 – vint dastagi; 3 – vertikal vint; 4 – gayka;
5 – kallak; 6 – dastak; 7 – korpus; 8 – treshyotka; 9 – kulachok;10 – treshyotka.
Vintli domkratlarning yuk koʻtaruvchanligi 20,0 tonnagacha va koʻtarish balandligi 0,5 m gacha boʻladi. Vintli domkratlarda rezbaning oʻz-oʻzidan tormozlanish xususiyati щisobiga koʻtarilgan yuk kerakli balandlikda ushlab turiladi. Oʻz-oʻzidan toʻxtash vint chizig`ining koʻtarilish burchagi  ishqalanish burchagi  dan kichik boʻlganda yuzaga keladi. Vintli domkratlarning foydali ish koeffitsienti 0,3…0,4 dan oshmaydi.
Vintli domkratlar korpus, toʻgri burchak rezbali vint, qoʻzg`lmas gayka koʻtaruvchi golovka va dastakdan iborat. Dastakni oʻng yoki chapga aylantirib yukni koʻtarish yoki tushirish mumkin.
Trashetka vintli domkratlarda xrapoboy gildirakvintga shponka orqali biriktirilgan. Ikki tishli cobachka dastakka maxkamlangan boʻlib uning tishlari xrapovikni paziga u yoki bu tomondan tushiriladi.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə