4 amaliy ish tokarlik-vint qirqishish stanogini rezbali va konus sirtlarni yo‘nishga sozlash ishdan maqsad



Yüklə 262,54 Kb.
səhifə1/6
tarix09.10.2023
ölçüsü262,54 Kb.
#126390
  1   2   3   4   5   6
1-amaliy 1


4 - AMALIY ISH


TOKARLIK-VINT QIRQISHISH STANOGINI REZBALI VA KONUS SIRTLARNI YO‘NISHGA SOZLASH


Ishdan maqsad: tokarlik-vintqirqish stanogini rezbali va konus sirtlarga har xil usullarda yo‘nishga sozlash parametrlarini hisoblashni o‘rganish.



  1. Rezbalarni kesish



Nazariy qism



    1. Qadami stanok jadvalida keltirilgan rezbalarni kesish

Shpindelning aylanishlar chastotasi bilan yuritish vintining aylanishlar chastotasini bog’lovchi uzatishlar nisbatini kerakli qiymatini o‘rnatish, surish yuritmasi mexanizmlarida tishli g’ildiraklarni kerakli ilashish kombinatsiyasini tanlash bilan amalga oshiriladi. Ilashish dastaklar yordamida, ularni kesiladigan rezba turi va qadamiga mos holatga o‘rnatish bilan o‘zgartiriladi.


Rezba turlari stanok panelida joylashtirilgan jadvalda, odatda, shartli belgilanadi. 20-rasmda 16K20 stanogida kesiladigan rezbalarning shartli belgilari keltirilgan. Jadvallarda ko‘rsatilgan rezbalar (surishlar) surish gitarasida almashma g’ildiraklarni o‘rnatish bilan olinishi mumkin, ularning tishlari soni jadvalda ko‘rsatilgan (16K20 stanogidagi bu g’ildiraklarning tishlari soni quyida keltirilgan).





20-rasm. 16K20 stanogida kesiladigan rezbalarning jadvaldagi shartli belgilari: I – metrik rezba; II – modulli rezba; III – dyuymli rezba; IV - pitchli rezba

    1. Qadami stanok jadvalida ko‘rsatilmagan rezbalarni kesish

Qadami stanok jadvalida ko‘rsatilmagan rezbalar surishlar qutisi mexanizmlaridan foydalanib kesiladi, bunda gitarada boshqa almashma g’ildiraklarni o‘rnatish kerak bo‘ladi, ularning uzatish nisbati quyidagi formulalar bo‘yicha hisoblanadi:


metrik rezbalar uchun:

dyuymli rezbalar uchun:



bu erda n – dyuym (2,54 mm) dagi rezba nitkalari soni, dyuymli rezbaning qadami td quyidagi ifoda bo‘yicha hisoblab topilishi mumkin:





modulli rezbalar uchun:



bu erda m – rezba moduli, modulli rezbaning qadami - tm= π*m [mm];


pitchli rezbalar uchun:



Pitchli rezba qadami diametral pitch P bilan beriladi, uning metrik sistemdagi ifodasi quyidagicha bo‘ladi.





Pitch – modulga teskari bo‘lgan, dyuymlarda ifodalangan kattalik.


K, L, M, N – gitaraning doimiy ishtirok etuvchi almashma g’ildiraklari.

Yüklə 262,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə