Reja: Kirish. Yuk koʻtarish va tashish mashinalarining rivojlanish tarixi va xalq xoʻjaligidagi axamiyati



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə6/7
tarix28.11.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#133846
1   2   3   4   5   6   7
Reja Kirish. Yuk ko tarish va tashish mashinalarining rivojlani

3.3.Koʻtargichlar.
Koʻtargichlar yoki liftlar yuklar va odamlarni maxsus kabinalarda vertikal yoʻnalish boʻylab koʻtarish uchun ishlatiladi.
Ular bir qator belgilari boʻyicha tavsiflanadi.
a) passajirlar (odamlar) tashiydigan liftlar.
Passajir liftlar asosan ma`muriy-ijtimoiy va turar-joy binolarida qoʻllaniladi yoki maxsus vazifalarni bajaradi (masalan kasalxonalarda). Passajir tashiydigan liftlar xarakat tezligiga qarab uch guruщga boʻlinadi.
- sekin yuruvchi – Vq 0,65 m/s;
- tez yuruvchi – Vq 1 m/s;
- tezkor – Vq 1,4-5,6 m/s.
b) Yuk-passajir tashiydigan liftlar. Yuk-passajir tashiydigan liftlar turar joy binolarida va ma`muriy tashkilotlarda ishlatiladi.
v) Yuk tashuvchi liftlar yuklarni, materiallarni, asbob-uskunalarni tashish uchun ishlatiladi.
Ular uch guruhga boʻlinadi:
- yuk-passajir liftlarning qonun qoidalariga javob beradigan kuzatuvchi nazoratida ishlaydigan yuk tashuvchi liftlar;
- kuzatuvchisiz va tashqi tomondan boshqariladigan yukli liftlar;
- muxayan texnik vazifa boʻyicha loyihalangan (vokzal, kutubxona, magazin, garaj) maxsus ishlarni bajaruvchi liftlar.
3.4.Yuklagichlar ( Yuklash-tushirish mashinalari).
Yukni changallash, gorizontal va vertical yoʻnalishlar boyicha siljitish, taxlash, transport vositalari ( vagon, avtomobil va boshqa ) ga yuklash va undan tushirish ishlariga moʻljallangan mashinalar – yuklagichlar deyiladi.
Yuklagichlar xalq xoʻjaligining hamma sohalarining ish maydonlarida, omborlarda, stansiyalarda keng qoʻllaniladi.
Yuklagichlar yuritmasi boʻyicha ikki turga boʻlinadi;

  1. Elekrtyuklagichlar – elektr toki bilan ishlaydigan.

  2. Avtoyuklagichlar – ichki yonuv dvigateli bilan ishlaydigan.

Yuklagichlar changalining tuzilishi boʻyicha ikki turga boʻlinadi:

  1. Changakli – donali yuklar uchun;

  2. Kovshli – sochiluvchan uyma yuklar uchun;

Yuklagichlar changakni harakat olishi boʻyicha ikki xil boʻladi:

  1. Mexanik – sep zanjir bilan;

  2. Gidravlik – suyuqlik bilan;

Elekrtyuklagichlarning yuk koʻtarish qobiliyati 0,5 – 5,0 tonna, yuk koʻtarish balandligi 2,5 metr.
Avtoyuklagichlarning yuk koʻtarish qobiliyati 10 tonnagacha, yuk koʻtarish balandligi 4 metrgacha boʻladi.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə