Reja: Kirish. Yuk koʻtarish va tashish mashinalarining rivojlanish tarixi va xalq xoʻjaligidagi axamiyati



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə5/7
tarix28.11.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#133846
1   2   3   4   5   6   7
Reja Kirish. Yuk ko tarish va tashish mashinalarining rivojlani

Chorpoya kranlar. Chorpoya kranlar metro qurilishida, omborlarda, elektr stantsiyalarida va sanoat inshootlarida ishlatiladi. Chorpoya kranlar umumiy va montaj ishlariga moʻljallangan boʻladi. Umumiy ishlarga moʻljallangan kranlar oʻzining uncha katta boʻlmagan yuk koʻtaruvchanligi (50,0 t) va oralig`i kattaligi (4 m gacha) bilan xarakterlanadi.
1.8-rasmda. Umumiy ishlarga moʻljallangan chorpoya kran keltirilgan.



Chorpoya kran koʻprik 2, unga birlashtirilgan toʻrt oyoqli ikkita tayanch yuradigan turtta aravacha va yuk aravacha 3 dan iborat.
Kran koʻprigi payvand konstruktsiyali panjara bilan oʻrab qoʻyilgan fermadan iborat. Fermalar tayanchlarga oʻrnatilgan. Ular tayanchlarga uzel 4 bilan qattiq biriktirilgan. Har qaysi tayanch panjarali payvand konstruktsiyali ikkita oyoq 8 dan iborat boʻlib, oyoqlar pastda va yuqorida yaxlit kesimli balka 9 lar yordamida birlashtirilgan.
Minorali kranlar. Qishloq xoʻjalik va gidrotexnik inshootlar qurishda, turar-joy va sanoat binolarini qurishda, konstruktsiyalar va texnologik jihozlarni montaj qilishda va qurilish montaj ishlarini olib borishda minorali kranlardan keng foydalaniladi.
Kran minorasining konstruktsiyasi boʻyicha: minorasi aylanadigan (KB-1602, KB-503) va minorasi aylanmaydigan (KB-674, KB-572) turga boʻlinadi.
Oʻrnatish usuliga qarab, minorli kranlar koʻchma, statsionar va oʻzi yuradigan turlarga boʻlinadi.



1.9-rasm. Minorasi aylanmaydigan minorali kran.
Ushbu kran xarakatlantirish mexanizmi 1, peshtoq 2, minora 3, boshqarish kabinasi 4, burish mexanizmi 5, posangi 7 qoʻyiladigan konsol 6 yuk kutarish mexanizmi 8, strelani koʻtaruvchi mexanizmi 9, ogolovka 10, strela polispasti 11, strela 12, yukli aravacha 13, yurish aravachasi 14 va yurish qismi 15 dan tshkil topadi.



1.10-rasm. Minorasi aylanadigan minorali kran.
Kran xarakatlantirish mexanizmi, yurish aravachasi 2, yurish ramasi 3, minora 4, boshqarish kabinasi 5, strela 6, ilgak osmasi 7, burish mexanizmi 8, yuk koʻtarish mexanizmi 9, tayanch burilish qurilmasi 10, burilish platformasi 11, strela qulochini oʻzgartirish mexanizmi 12, strela polispasti 13 va posangi 14 kiradi.
Minorali kranlarda ilgak qulochi ikki usulda oʻzgartiriladi.
1) aravachani strela ustida щarakatlantirib.
2) strelani koʻtarib-tushirish bilan.
Oʻz-oʻzini koʻtaruvchi kranlar koʻp qavatli va baland binolarni qurishda qoʻllaniladi. Yuk koʻtaruvchanligi 3,0…5,0 t gacha, qulochini uzunligi 22 m va undan ham katta boʻladi.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə