Tabiiy fanlar


rasm-Baqa skeletining umumiy tuzulishi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə4/13
tarix04.06.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#115406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
amfibiyalar biologiyasi (1)

5 rasm-Baqa skeletining umumiy tuzulishi.


Umurtqa pog‘onasi bo‘yin, tana, dumg‘aza va dum umurtqalariga bo‘linadi.O’qskeleti o’z navbatida 4 ta bo’limdan tashkil topgan: bo’yin, tana, dumg’oza va dum bo’limlari. Bo‘yin bo‘limi faqat bitta umurtqadan iborat bo‘lib, unda ko‘ndalang o‘simtalari va qo‘shiluv chuqurchasi bo‘ladi va shu chuqurchalar yordamida bosh skeletiga birikadi. Tana umurtqalari yettita bo‘ladi. Bularning xar biridan bir juftdan ustki yoylar ko‘ndalang va qo‘shiluv o‘simtalari chiqadi. Tana umurtqalarining oldingi tomoni ichiga botib kirgan, orqa tomoni esa bo‘rtib chiqqan, ya’ni protsel tipda bo‘ladi. Qobirg‘alari yo‘q. Dumg‘aza bo‘limida faqat bitta umurtqa bor. Uning ko‘ndalang o‘simtasiga chanoq suyagi birikadi. Dum umurtqalari biri-biriga qo‘shilib dum suyakchasi- urostilni xosil qiladi.


6– rasm. Baqaning o‘q sleti va chanog‘i:


1-bo‘yin qismi (bitta umurtqa); II- tana qismi; III- chanoq qismi; IV-urostil. 1-tanasining uchinchi umurtqasidagi o‘simta; 2-shu umurtqaning oldingi qismidagi o‘simta; 3-birinchi bo‘yin umurtqasidagi birikish yuzasi;


Bosh skeleti. Miya qutisining ko‘p qismi tog‘ay xolicha qolib ketadi. Ensa qismida faqat ikkita yon ensa suyaklari bo‘ladi. Eshitish bo‘limida bir juft quloq suyaklari taraqqiy etadi. Ko‘z kosasining oldingi qismida toq ponasimon - xidlov suyagi bo‘ladi. Miya qutisining qoplovchi suyaklariga bir-biriga qo‘shilib ketgan tepa, peshona suyagi, burun suyagi bosh skeletining keyingi tomonidan o‘rab turuvchi tangacha suyaklari va miya qutisining tagini xosil qilgan parasfenoid va juft dimog‘ suyaklari kiradi. (7-rasmda)
Visseral skeletining tanglay va qanotsimon suyaklari xam bosh skeleti tagini xosil qilishda ishtirok etadi. Ustki jag‘ funksiyasini suyakli baliqlardagidek jag‘ oraliq va ustki jag‘ suyaklari bajaradi. Pastki jag‘ mekkel tog‘aydan iborat bo‘lib, uni ustidan tish va burchak suyaklari yopib turadi. Jag‘ yoyining pastki elementi- gioid jabra yoylari bilan birga qo‘shilib, til osti plastinkasi va uning shoxlarini xosil qiladi. Juft oyoqlar skeleti o’zining tuzulishi hamda funksiyasiga ko’ra baliqlarning juft suzgich qanotlari skeletidan keskin farq qiladi.Amfibialarni erkin oyoqlar skeleti quruqlikda yashovchi umurtqali xayvonlarning oyoq skeletiga o‘xshash tipik besh barmoqli oyoqlar kabi tuzilgan. Bu skelet murakkab richag pininsipida tuzulgan bo’lib, uchida tipik beshta barmoq bo’ladi.

7-rasm Baqaning bosh skeleti: I—yukoridan ko‘rinishi; II—pastdan ko‘rinishi:


1- yon ensa suyagi; 2-peshona (tepa) suyagi; 3- burun suyagi; 4- jag‘lararo suyak 5-quloq oldi suyagi; 5-tangachasimon suyak; 7-parasfenoid; 8- soshnik 9- tanglay suyagi; 10- kanotsimon suyak ; 11- xidlash ponasimon suyagi;
12-jag‘ning ustki qismi; 13- jag‘ kvadrat suyagi; 14-ko‘rish nervi chiqadigan teshik 15- uchlamchi nerv teshigi.
Bu skelet murakkab richag pininsipida tuzulgan bo’lib, uchida tipik beshta barmoq bo’ladi. Oldingi va keying oyoqlar 3 - ta asosiy bo’limdan tashkil topgan, shu bo’limlarning distal tomondagisi, o’z navbatida, yana 3 – ta kenja bo’limga bo’linadi.(1-jadval) Yelka kamari yoy shaklida, uchi qorin tomonga qaratilgan. Yoyning xar qaysi tomoni kurak ustki tog‘ayi, kurak suyagi korakoid va uning oldida joylashgan prokaroid suyaklaridan tashkil topgan. (8-rasm) Yoyning o‘rta sida to‘sh suyagi, to‘sh oldi suyagi bo‘lib bularning uchlari tog‘ay xolicha qoladi. To‘sh oldi va kurak o‘rtasida ingichka o‘mrov suyagi bor.




8-rasm. Baqa yelka kamarining oldindan ko‘rinishi.
1-to‘sh suyagi; 2— ko‘krak suyagining togayli orqa qismi; 3- korakoid; 4- korakoid ustida joylashgan o‘mrov suyagi; 5— ko‘krak oldi kismi; 6-kuragi; 7-yelka va shonaning qo‘shilish joyi chuqurchasi (toq nuqtalar bilan kursatilgan)

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə