Tabiiy fanlar



Yüklə 236,86 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü236,86 Kb.
#138487
  1   2   3
WRQacZm4FaO2WfDm475


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TABIIY FANLAR
fakulteti
Kimyo yo’nalishi 210-21-guruh


MAVZU: Gidroliz turlari


Bajardi: Murodova Noila
Qabul qildi, ilmiy raxbar: Inatova Maxsuda
Jizzax- 2022 yil
-1-

A.QОDIRIY NОMIDAGI


JIZZAХ DAVLAT PЕDAGОGIKA INSTITUTI
Tabiiy fanlar fakul’tеti
“Kimyo va uni o’qitish mеtоdikasi” kafеdrasi
“Tasdiqlayman”
Kafеdra mudiri “ 20 yil.

KURS ISHIGA TОPSHIRIQ


Talaba 1.Ishning mavzusi:

2.Ishni tоpshirish muddati: 3.Mavzu bo’yicha dastlabki ma’lumоtlar bеruvchi adabiyotlar ro’yхati:










  1. Ishni maqsadi va hal qiladigan masalalar:








  1. Grafik qismi matеriallari ro’yхati: _






  1. Maslahatchi:

Bo’limlar

Maslahatchi F.I.O

Topshiriq berdi

Topshiriq qabul qilindi





























































Kimyo yo'nalishi - guruh talabasi
ning
_
_ mavzusidagi KURS ISHIGA

TAQRIZ


Ushbu kurs ishining kirish qismida







Asosiy adabiyotlar sharxida









Eksperimental qismda









Xulosalar keltirilgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va internet ma’lumotlardan foydalanilgan.


Kurs ishini himoyaga tavsiya etaman. Taqrizchi:



REJA


KIRISH
    1. BOB. TUZLAR GIDROLIZI


    1. Tuzlar gidrolizi haqida tushuncha.
    2. Tuzlar gidrolizining turlari.


    3. Gidrolizning mohiyati.



    1. BOB. EKSPERIMENTAL QISM


    1. Gidroliz muvozanatining siljishi
    2. Gidrolizlanish konstantasi


    3. Gidrolizlanish darajasi
    4. Gidrolizning ahamiyati.





    1. BOB. XULOSA
    1. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


I BOB. TUZLAR GIDROLIZI
1.1 Tuzlar gidrolizi haqida tushuncha


Tuzlar kuchli elektrolitlar, suvli eritmalarda ular butunlay va qaytarib bo'lmaydigan tarzda ajraladi. Bu shuni anglatadiki, suvli eritmalarda tuzlar, faqat ularning gidratlangan ionlari mavjud
Natriy xloridning elektrolitik dissotsiatsiyasi Dissotsiatsiya tenglamasi:
NaCl → Na+ +Cl
Natriy xlorid Na+ kationlaridan iborat (ular kuchli NaOH asosiga mos keladi) va Cl- anionlari (ular kuchli HCl kislotasiga mos keladi). Agar tuz kuchli kislota va kuchli asosdan hosil bo'lsa, unda erishi gidratlangan ionlarning eritmaga o'tishi bilan cheklanadi. Olingan eritmada natriy kationlari, xlorid anionlari va suv mavjud bo’ladi. Bunday eritmaning reaktsiyasi muhiti neytraldir. Shunday qilib, eritmalarda NaCl, Na2SO4, KBr, CaCl2 va boshqalar kabi kuchli asos va kuchli kislotadan tashkil topgan tuzlar neytral muhitli bo’ladi.( pH = 7.)
Agar tuzda kuchsiz asos yoki kuchsiz kislotaga mos keladigan ionlar mavjud bo'lsa, eritma jarayoni emas faqat tuz ionlarining eritmaga o'tishi bilan chegaralanadi. Tuz anionlari suv molekulalari bilan o'zaro ta'sirlashib kuchsiz kislotalar va gidroksid ionlari molekulalarni hosil qiladi, buning natijasida tuz eritmasi olinadi (ishqori reaktsiya). Ushbu hodisaning misoli odatiy sovundir eritma, unda OH- ionlarining mavjudligi rangi o'zgarishini bildiradi ko'rsatkich:

Indikatorni sovun eritmasi bilan bo'yash

Organik kimyo kursidan yuqori yog'li kislotalarning natriy va kaliy tuzlari - palmitik va stearik, masalan, C17H35COONa (natriy stearati), S15N31COOK (kaliy palmitat) sovunning asosi ekanligini bilasiz. Karboksilik kislotalar kuchsiz elektrolitlardir suvli eritmada oz miqdorda dissotsilanadi. Natijada sovunning erishi, kuchsiz kislotaning anionlari eritma ichiga o'tadi. Suv bilan o'zaro ta'sir qilish natijasida ular va gidroksid ionlari kuchsiz kislota molekulalarini hosil qiladi. Stearin kislotasi anionining reaksiya tenglamasi:


C17H35COO + Н2О ⇄ C17H35COОН + ОН
Suvning stearin kislotasi anionlari bilan o'zaro ta'siri natijasida, kislota molekulalarining shakllanishiga olib keladi, suv gidroksid ionlari "o’tadi", natijada natriy stearat eritmasi muhiti ishqoriy holga keladi, bu amalda kuzatiladi.
An'anaviy sovun eritmasi misolidan foydalanib, biz tuz gidrolizi - tuz ionlari va suv molekulalari o'rtasidagi ion almashinuvi reaktsiyalari bilan uchrashdik, buning natijasida tuz eritmasi muhitining reaktsiyasi neytraldan farq qilishi mumkin.
Haqiqatdan, stearin kislotasi bu holatda eritmada kuchsiz elektrolit hosil bo'lishi natriy stearatining gidrolizlanishiga olib keladi.
Suvning vodorod va gidroksil ionlariga dissosilanishi juda muhim hodisa – tuzlar gidroliziga sabab bo’ladi.
Keng ma’noda olganda gidrolizlanish bu turli moddalar va suv orasida sodir bo’ladigan almashinib parchalanadigan reaksiyadir.Bunday ta’rif organik birikmalarning murakkab efirlari, yog’lar, uglevodlar, oqsillarning gidrolizlanishiga va noorganik moddalar: tuzlar, karbidlar, galogenlar, metalmaslarning galogenidlari va boshqalarning gidrolizlanishiga ham taaluqlidir.

-6-


Umuman biror moddaga suv ta’sir ettirilganda, shu moddaning tarkibiy qismlari suvning tarkibiy qismlari bilan birikishiga olib boradigan har qanday reaksiya gidroliz deb ataladi.Agar erituvchi suvdan boshqa modda (spirt,benzol,atseton,ammiak…) bo’lsa,bunday reaksiyalar solvoliz deyiladi.

Gidroliz so’zi yunoncha “gidro”-suv, “lizis”-parchalayman degan ma’noni bildiradi.


Gidroliz reaksiyalarini quydagicha umumiy tenglama bilan ifodalash mumkin: Kat An +H2O↔Kat OH+H An
Tuz+suv↔asos+kislota
Tenglamadan ko’rinib turibdiki tuz suvda eriganda u suv molekulalari bilan reaksiyaga kirishib yomon dissotsialanuvchi modda hosil qiladi, ya’ni gidroliz reaksiyasi natijasida eritmadagi [OH-] va [H+] ionlarning miqdori keskin o’zgaradi. Aniqrog’i gidroliz natijasida eritmaning pH qiymati o’zgaradi va bu o’zgarish har qanday tuz gidrolizining mexanizmi tushunishda, gidroliz tenglamasini tuzishda, gidroliz reksiyalaridan amaliyotda foydalanishda asosiy ko’rsatgich hisoblanadi.
Masalan: Fosfor(III)xlorid PCl3 suv bilan o’zaro ta’rir etib, fosfit kislota H3PO3 bilan xlorid kislotani HCl hosil qiladi:

PCl3 + 3H2O = P(OH)3 + 3HCl P(OH)3 = H3PO3


Ma’lumki, kislotalarni asoslar bilan neytrallanib tuzlar hosil qilish mumkin. Demak, normal tuzlarning, kislota molekulasidagi hamma vodorod atomlarining metallga butunlay almashinishidan hosil bo’lgan tuzlarning eritmalari neytral reaksiyaga ega bo’lishi kerak deb o’ylash tabiiydir. Biroq bu fikr, kuchli kislota bilan kuchli asosdan hosil bo’lgan tuzlar to’g’risidagina o’rinli bo’la oladi. Kuchsiz kislota bilan kuchli asosdan yoki buning aksicha, kuchli kislota bilan kuchsiz asoslardan hosil bo’lgan tuzlar suvda eriganda, neytral reaksiya bera olmaydi. Masalan: temir (III)- xlorid FeCl3 eritmasi, bizga ma’lumki, vodorod ionlari (gidroksoniy ionlari) borligini ko’rsatuvchi kislotali reasiyani nomoyon qiladi; natriy gipoxlorid NaClO eritmasi gidroksil ionlariga xos bo’lgan ishqoriy reaksiyaga ega; kaliy sianid KCN ( kuchsiz sianid kislota HCN tuzi ) eritmasi ham ishqoriy reaksiya beradi va hokazo.


-7-


Bu hodisalarga eritilgan tuz ionlari bilan suv ionlarining o’zaro ta’sir qilishi sabab bo’ladi deb tushintirish mumkin. Ularning o’zaro ta’siri natijasida ortiqcha vodorod va gidroksil ionlari hosil bo’ladi. Suvda vodorod va gidroksil ionlarining konsentratsiyasi juda kam bo’lsa ham bu ionlar suvning dissosilanmagan bir talay molekulalari bilan muvozanatda turadi. Suv ionlaridan birortasining tuz ionlari bilan bog’lanishi muvozanatni buzib suvning boshqa molekulalarini dissosialanishiga va eritmada suvning boshqa ioni nisbatan ko’proq to’planishiga sabab bo’ladi, buning natijasida eritma kislotali yoki ishqoriy reaksiyaga ega bo’lib qoladi.


Tuz ionlari bilan suv ionlari orasida bo’ladigan va odatda suvdagi vodorod va gidroksil ionlari konsentratsiyasining o’zgarishi bilan birga boradigan o’zaro ta’sir tuzlar gidrolizi deb ataladi.

  • Gidrolizning asosiy sababi kam dissosialangan moddalar ( molekula yoki ionlar) hosil bo’lishidir.




    1. Tuzlar gidrolizining turlari

Gidroliz tuzni hosil qilgan kislota va asoslarning kuchiga qarab turlicha borishi mumkin.


Gidrolizning eng tipik hollarini ko’rib chiqaylik.

      1. Kuchli asos(LiOH, NaOH, KOH, RbOH, CsOH, Ca(OH)2, Ba(OH)2) bilan kuchli kislota (HCl, HBr, HJ, HClO4, HNO3, H2SO4) hosil bo’lgan tuz.

Gidrolizga uchramaydi.
2.Kuchsiz kislota(HCN, H2S, HNO3, H2SO3, H3PO4, H2CO3, HF, H2SiO3 va organik kislotalar) bilan kuchli asosdan hosil bo’lgan tuz.
Natriy asetat CH3COONa bunga misol bo’la oladi. Hamma tipik tuzlar singarii, natriy asetat ham suvda eriganda Na+ va CH3COO- ionlariga batamoom dissosialanadi. Nazariy jihatdan qaraganda, bu ionlar suv ionlari bilan birikib, ekvivalent miqdorda o’yuvchi natriy va sirka kislota hosil qilishi mumkin edi; Biroq o’yuvchi natriy kuchli asos bo’lganidan, natriy ionlari suvning gidroksil ionlari bilan mutlaqo birikmaydi. Buning
aksicha sirka kislota juda kuchsiz kislota bo’lganidan CH3COO- ionlari eritmada


-8-


suvning vodorod ionlari bilan uchrashganda ular bilan darhol birikadi va CH3COOH molekulalarini hosil qiladi. Eritmada vodorod ionlarining kamayishi suv molekulalari bilan uning ionlari o’rtasidagi muvozanatni buzadi va suvning dissosialanishiga sabab bo’ladi; yangi vodorod ionlari hosil bo’ladi, bular ham, o’z navbatida, asetat- ionlar bilan birikib sirka kislota molekulalariga aynaladi va hokazo, shu bilan bir vaqtda eritmada gidroksil ionlarining soni ortadi.
Biroq reaksiya shu yo’nalishda uzoq davom etmaydi. Suvning ion ko’paytmasi
[H] . [OH] = 10 -14 o’zgarmas kattalik bo’lganidan, gidroksil ionlari to’plangan sari vodorod ionlarining konsentratsiyasi kamaya boradi va tez orada shu qadar ozayib ketadiki bu ionlarning CH3COO- ionlari bilan birikishi uchun imkoniyat qolmaydi. Shu vaqtda suv molekulalari bilan uning ionlari o’rtasida ham, sirka kislota CH3COOH molekulalari bilan H+ va CH3COO- ionlari o’rtasida ham yangi muvozanat qaror topadi va gidroksil ionlarining to’planish protsessi to’xtaydi.

Shunday qilib natriy asetat suv bilan o’zaro ta’sir qilganda quyidagi rekasiya sodir bo’ladi:
CH3COONa + H2O ↔ CH3COOH + NaOH
Yoki ionli tenglamasi:
CH3COO- + Na+ + HOH ↔ CH3COOH + Na+ + OH-
Qisqa ion shaklda:
CH3COO- + HOH ↔ CH3COOH+ OH-
Bu reaksiya muvozanati chapga tomon kuchli darajada siljigan bo’lsa ham ionli tenglamaning ko’rsatishiga ko’ra reasiyaning provardida eritmada gidroksil ionlari birmuncha ortiq to’planadi va natriy asetat eritmasi ishqoriy reaksiyaga ega bo’ladi. Tasvirlangan ana shu misolda bir negizli kuchsiz kislota tuzi gidrolizlanadi. Ko’p negizli kuchsiz kislotalardan hosil bo’lgan tuzlarning gidrolizida, odatda, erkin

-9-



3

3

3
kislotalar emas, balki, nordon tuzlar yoki, aniqroq aytganda, nordon tuzlarning anionlari hosil bo’ladi. Masalan: soda Na2CO3 suvda eriganda, CO 2- ionlari ham CH3COO- ionlari singari suvning vodorod ionlari bilan bog’lanadi; biroq bunda kuchsiz karbanat kislota H2CO3 molekulalari emas balki, HCO - ionlari hosil bo’ladi. HCO - ionlarining ko’proq hosil bo’lishiga sabab, bu ionlarning H2CO3 molekulalariga qaraganda ancha qiyin dissosialanishidir.

Gidroliz quyidagi tenglama bo’yicha boradi:


Na2CO3 + H2O ↔ NaHCO3 + NaOH
Yoki ionshaklda yozilsa bunday bo’ladi;

3
2Na+ + CO 2- + HOH ↔ Na+ + HCO- + Na+ + OH-
Qisqa ion shakilda :
CO32- + HOH ↔ HCO- + OH-

Bu reaksiya natijasida natriy asetatning gidrolizida bo’lganidek, eritmada ortiqcha gidroksil ionlari paydo bo’ladi, shu sababdan soda eritmasi ham ishqoriy reaksiyaga ega.


Masalan:
Na3PO4 + H2O = Na2HPO4 + NaOH
3Na+ + PO43- + H2O = 2Na+ HPO42- + Na+ + OH- PO43- + H2O = HPO42- + OH-
Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuz gidrolizlanganda nordon tuz va ishqor hosil bo’ladi:

Na2HPO4 + H2O = NaH2PO4 + NaOH HPO42- + H2O = H2PO4- + OH-


Eritmada erkin holda ishqor yig’ilib qolgani uchun gidroliz kuchsiz kislota hosil bo’lguncha davom etmaydi.


3. Kuchli kislota bilan kuchsiz asos(NH4OH, Mg(OH)2,, Cu(OH)2, Fe(OH)2 Fe(OH)3, Co(OH)2, Ni(OH)2, Al(OH) 3 , Cr(OH)3 , Mn(OH)2, Zn(OH)2, Pb(OH)2, Sn(OH)2, Sb(OH)3, Bi(OH)3) dan hosil bo’lgan tuz.
Bu hol avvalgi holga o’xshaydi ammo farqi shundaki, bunday tuzlarning kationlari suvning gidroksil ionlari bilan birikadi, anionlari esa erkin holda qoladi. Gidroliz mahsuloti, odatda, gidroksi tuz yoki gidroksi tuzning kationlari bo’ladi. Masalan, CuCl2 – kuchsiz asos, ya’ni Cu(OH)2 kuchli kislota xlorid

-10-


kislotadan hosil bo’lgan tuz suvda eriganda Cu2- ionlari gidroksil ionlari bilan birikib, yo mis (II) gidroksid molekulalarini yoki mis CuOH- ionlari Cu(OH)2 molekulalariga qaraganda qiyinroq dissosialanishidan, CuCl2 gidrolizida birinchi navbatda ana shu ionlar hosil bo’ladi.
Sodir bo’ladigan reaksiya quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
CuCl2 + H2O ↔ CuOHCl +HCl Yoki ionli shaklda yozilsa bunday bo’ladi:
Cu + H2O ↔ CuOH- + H+
Bu reaksiya natijasida eritmada vodorod ionlari to’planganidan, kuchli kislota va kuchsiz asoslardan hosil bo’lgan tuzlarning eritmalari kislotali eritmaga ega bo’ladi.



Yüklə 236,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə