Tadbirkorlik va boshqaruv


Korxonaning yalpi daromadi



Yüklə 139,78 Kb.
səhifə10/15
tarix03.04.2023
ölçüsü139,78 Kb.
#104076
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
MOLIYAVIY KURS ISHI

Korxonaning yalpi daromadi – mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumdan moddiy xarajatlarni chiqarib tashlagandan keyin ish haqi va foydani о‘z ichiga oluvchi korxona sof mahsulotlaridan iboratdir.
Bozor munosabatlari sharoitida korxona eng katta foyda olishga erisha olmasa, tovarlarni sotish va xizmatlar kо‘rsatish bozorida о‘z mavqeini mustahkam ushlab turish, raqobat sharoitida о‘zining ishlab chiqarishini dinamik rivojlanishini ta’minlashga imkon beruvchi foyda hajmini olishga harakat qilishi kerak.
Umumxо‘jalik faoliyatidan olinadigan foyda (zarar) quyidagi algebraik summa tarzida hisoblanadi:
Asosiy faoliyatdan foyda + dividendlar va foizlar bо‘yicha daromadlar +;- investitsiyalar va qimmatbaho qog‘ozlarni qayta baholashdan keladigan daromadlar (zararlar) - minus foiz­lar bо‘yicha xarajatlar +;- boshqa moliyaviy fa­oliyatdan daromadlar (zararlar).
Soliq tо‘langunga qadar foyda umumxо‘jalik faoliyati­dan foyda va favqulodda foydalar va zararlar saldosining algebraik summasi sifatida aniqlanadi.
Soliq tо‘langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda daromad soliqlarini chiqarib tashlash bilan soliqlar tо‘langunga qadar foyda va minus hali hech qayerda hisobga olinmagan boshqa soliqlar va tо‘lovlardan iborat bо‘ladi. Quyidagi 9-jadvalda korxona foyda olishining tahlili berilgan.
Asosiy faoliyatdan olinadigan foyda (zarar) va uni о‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili (ming sо‘m). 9-jadval

Kо‘rsatkichlar

Haqiqatda

Farqi
(+;-)

Foyda hajmiga ta’siri

О‘tgan yil uchun

Hisobot yil uchun

Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda

26399

26704

+305

+305

Davriy xarajatlar

10341

11553

+ 1212

-1212

Boshqa daromadlar

5452

6089

+637

+637

Boshqa zararlar

24310

25774

+ 1464

-1464

Asosiy faoliyatdan foyda (zarar)

-2400

-4534

2134

x

Jadval ma’lumotlarining kо‘rsatishicha, korxonada asosiy faoliyat bо‘yicha о‘tgan yili 2400 ming sо‘m, hisobot yilida esa 4534 ming sо‘m zararga yо‘l qо‘yilgan, ya’ni zararlarning о‘sishi yiliga 2134 ming sо‘mni tashkil qilgan. Bu zararlarga boshqa xarajatlarning 1464 ming sо‘mga va davriy xarajatlarning 1212 ming sо‘mga kо‘payishi natijasida yо‘l qо‘yilgan. Shuning bilan birga sotishdan yalpi foydani 305 ming sо‘mga, boshqa daromadlarni 637 ming sо‘mga о‘sishi hisobiga korxona asosiy faoliyatidan 942 (305+637) ming sо‘m foyda olgan. Ammo foydaning bu mikdori zararni qoplash uchun yetarli emas.
Korxona ish faoliyatining samaradorlik darajasini baholash uchun olingan natija (yalpi daromad, foyda) xarajatlar yoki foydalanilgan resurslar bilan taqqoslaniladi. Foy­da va xarajatlarni tenglashtirish rentabellikni yoki aniqrog‘i rentabellik meyorini bildiradi.
Amaliyotda rentabellik meyorini о‘lchashning ikki variantidan foydalaniladi. Bu foydaning korxonaning joriy sarf-xarajatlari (tannarx)ga yoki avanslashgan qо‘yilmalar (asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablag‘lar)ga nisbatidir. Ikkala о‘lchov varianti ham bir-biri bilan avans­lashgan qо‘yilmalar oboroti tezligi kо‘rsatkichi bilan bog‘langan:

Yüklə 139,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə