Tadbirkorlik va boshqaruv


O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq foydaning bir qator ko’rsatkichlari aniqlanishi va baholanishi kerak



Yüklə 139,78 Kb.
səhifə8/15
tarix03.04.2023
ölçüsü139,78 Kb.
#104076
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
MOLIYAVIY KURS ISHI

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq foydaning bir qator ko’rsatkichlari aniqlanishi va baholanishi kerak: mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda, asosiy faoliyat foydasi, umumxo’jalik foydasi, soliqqa tortilgungacha bo’lgan foyda va sof foyda.
Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy holatini tahlil qilish yordamida moliyaviy ko’rsatkichlartizimi asosida uning umumiy moliyaviy holati, moliyaviy barqarorligi va to’lovga qodirligi aniqlanadi va kompleks baholanadi. Bunda mazkur ko’rsatkichlarning haqiqiy darajasi, har bir ko’rsatkich uchun belgilangan me’yori bilan qiyosiy darajasi va yuz bergan o’zgarishlar aniqlanadi va shu tahlil natijalari asosida faoliyat moliyaviy holatini yaxshilash chora-tadbirlari ko’riladi.
Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati
Bozor iqtisodiyotiga о‘tish xо‘jalik yuritishning oqilona yо‘llarini qidirib topishni talab qiladi. Bu esa materiallar va hom ashyoni tejab-tergab sarflashni, dastgohlar va uskunalardan yaxshiroq foydalanishni, xodimlar ish unumdorligini oshirishni, mahsulot birligiga tо‘g‘ri keladigan xarajatlarni pasaytirishni, pirovardida, korxona rentabelliligini va foydaliligini oshirishni kо‘zda tutadi.
Kо‘rsatib о‘tilgan omillarning barchasi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga erishish tushunchasiga birlashadi. Korxona xо‘jalik faoliyatining yakuniy natijasi (foyda)ni unga erishishga sarflangan resurslar bilan taqqoslash ishlab chiqarishning samaradorligini aks ettiradi. Samaradorlikning oshishi xarajatlar birligiga tо‘g‘ri kela­digan iqtisodiy natijalarning kо‘payishi bilan ifodalanadi. Samaradorlik xо‘jalik yuritish mexanizmining takomillashganlik darajasidan, biznesni tо‘g‘ri yо‘nalishda olib borilayotganligidan darak beradi.
Samaradorlikning ta’rifi asosida ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi va hajmi yotadi. Xarajatlar – bu korxonaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini amalga oshirishda zarur bо‘lgan omillar (sarmoyalar, mehnat resurslari, tabiiy resurslar, tadbirkorlik faoliyati) uchun sarf­langan mablag‘larning pulda aks ettirilishidir. Ular mahsu­lot tannarxi kо‘rsatkichida namoyon bо‘lib, barcha moddiy xarajatlar, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, mehnatga haq tо‘lash xarajatlarining puldagi ifodasidir.
Ishlab chiqarishning barcha xarajatlarini ikki guruhga: doimiy va о‘zgaruvchan xarajatlarga bо‘lish mumkin. Doimiy xarajatlarga mikdori ishlab chiqarish hajmi о‘zgarishi bi­lan ham о‘zgarmaydigan xarajatlar kiradi. Ular korxona mahsulot ishlab chiqarmagan holda ham tо‘lanishi kerak. Ularga amortizatsiya chegirmalari, binolar va uskunalarning ijarasi, sug‘urta badallari, boshqaruv xodimlarining ish haqlari va boshqalar kiradi.
О‘zgaruvchan xarajatlar deb, umumiy mikdori bevosita ishlab chiqarish va sotish hajmlariga kiritilgan, shuningdek, mah-sulotlarning bir necha turlarini ishlab chiqarish va so­tish bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlar tushuniladi. Bularga xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i va elektr energiyasi, ishchilar mehnatiga haq tо‘lash va boshqa xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining bunday bо‘linishi korxonalar faoliyati samaradorligining har xil kо‘rsatkichlarini aniqlash uchun zarurdir.
Ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash uslubi umumiy xarajatlar va ularning ayrim turlarini xо‘jalik faoliyati­ning natijalari bilan taqqoslashdan iboratdir. Buning uchun turli xil kо‘rsatkichlardan foydalaniladi. Bu kо‘rsatkichlarning belgilangan tasnifi mavjud emas. Har bir korxona iqtisodiyotini о‘rganuvchi ularni о‘zicha, u yoki bu kо‘rsatkichlarning ahamiyatini ta’kidlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda yoki korxona ishi natijalarini har tomonlama baholagan holda guruhlarga ajratadi.
Barcha kо‘rsatkichlarni quyidagi uchta guruxga birlashtirish maqsadga muvofiqdir:

  1. xо‘jalik faoliyatini umumlashtiruvchi kо‘rsatkichlar;

  2. resurslarning ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi kо‘rsatkichlari;

  3. moliyaviy faoliyatni baholovchi kо‘rsatkichlar.

Yüklə 139,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə