Tadbirkorlik va boshqaruv



Yüklə 139,78 Kb.
səhifə4/15
tarix03.04.2023
ölçüsü139,78 Kb.
#104076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
MOLIYAVIY KURS ISHI

Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
Tayanch so’zlar. Asosiy faoliyat, Moliyaviy faoliyat, buxgalteriya, foyda tahlili, hisobot, daromad, foyda, zarar, xarajatlar, korxona,
Faoliyatning asosiy turlari.
Aqliy harakatlar-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni xam uz ichiga oladi. Bunday harakatlar kuyidagi kurinishlarda bulishi mumkin. Pertseptiv-ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning okibatida atrofdagi predmetlar va xodisalar tugrisida yaxlit obraz shakllanadi; Mnemik faoliyat-narsa va xodisalarning moxiyati va mazmuniga alokador materialning eslab kolinishi, esga tushirilishi xamda esda saklab turilishi bilan bog’liq murakkab faoliyat turi; fikrlash faoliyati–akl, faxm farosat vositasida turli xil muammolar, masalalalar va jumboklarni yechishga qaratilgan faoliyat;
Imijiativ - (imidj-obraz suzidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida xozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va hayolda tiklashni takozo etadi.
Inson shaxsining shakllanishi o’yin, ta’lim, mehnat, sport va boshqa faoliyatning turlarida amalga oshadi. Faollik tufayli faoliyatni amalga oshirish jarayoni yuzaga keladi, xulq-atvor, muomala vositasida ehtiyoj, istak, ijtimoiy talablar qondiriladi, turli xususiyatli axborotlar o’zlashtirilishi natijasida shaxs tarkib topa boshlaydi.
Faoliyat — kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning oʻzini oʻzi maqsadga muvofiq tarzda oʻzgartirish usuli, inson borligʻining muhim xususiyatlaridan biri. Faqat faoliyat zamiridagina inson mohiyati namoyon boʻlishi, jamiyatning, har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi taʼminlanishi mumkin. Inson va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, faoliyat shakllari, asosan, quyidagicha turkumlashtiriladi: moddiy faoliyat (insonning oʻz xavfsizligi taʼminlanishi, oziqovqat, kiyimkechakka boʻlgan dastlabki ehtiyojlarining qondirilishi va mehnat qurollari orqali tashqi tabiatning oʻzgartirilishi); ijtimoiysiyosiy faoliyat (ijtimoiy munosabatlarga, ijtimoiy hayotga taʼsir koʻrsatish); maʼnaviy faoliyat (ilmfan, sanʼat, din, badiiy ijod va boshqa sohalardagi faoliyat.).
Inson faoliyati shakllari, turlari, avvalo, mehnat taqsimoti, odamlar, jamiyat ehtiyojining oʻsishi jarayonida oʻzgarib, rivojlanib boradi. Faoliyat elementlarini insonlar, inson ehtiyojlari va manfaatlari, faoliyat predmeti, motivlari, faoliyatning maqsadlari, amalga oshirish yoʻllari, vositalari va usullari tashkil etadi. Faoliyat muayyan yaxlit jarayon sifatida oʻzida mavjud olamni, ijtimoiy borliqni, amaliyotni oʻzgartirish va tushuntirish dasturi hamda undan kelib chiqadigan harakatlar majmuini mujassamlashtiradi.
Keyingi davrlarda faoliyat funksiyalarining murakkablashuvi, turlarining ortishi va chuqurlashishi kuzatilib, u ilmiy, amaliy, ijtimoiy ahamiyatga molik masalaga aylandi. Shu bois, faoliyat bir qancha fanlar: psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya, iqtisodiy nazariya, huquqshunoslik, xususan, falsafaning ham maxsus tadqiqot obʼyekti sanaladi.
Erkin iqtisodiyot sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilganligi bois har bir xo`jalik yurituvchi sub'еkt ko`proq foyda olishga intiladi. Binobarin, foyda miqdorida jamiyatning korxona jamoasining va har bir xodimning manfaatlari o`z ifodasini topadi. Shu bois foyda iqtisodiy katеgoriya bo`lib u o`zida ishlab chiqarish va taqsimot orqali tovar - pul munosabatlarini aks ettiradi. Xo`jalik yurituvchi sub'еktning olgan foydasa qancha ko`p bo`lsa, har bir xodimni shuncha ko`p rag`batlantirishga, korxonani har tomonlama kеngaytirishga, takror ishlab chiqarish fondlari mablag`ini ko`paytirishga imkoniyati tug`iladi. Bundan jamiyat ham manfaatdor, zеro korxonaning olgan foydasi qancha ko`p bo`lsa foydadan davlat byudjеtiga to`lanadigan soliq ham shuncha ko`p bo`ladi. Shu bois erkin iqtisodiyot sharoitida foyda olishning axamyati bеqiyos darajada oshganligini ko`rishimiz mumkin. Iqtisodiyotimizning barcha sohalaridagi o`sish sur'atlari o`z navbatida foyda hajmini ham barqaror tarzda ko`payishiga olib kеldi.



Yüklə 139,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə