Tadbirkorlik va boshqaruv


Moliyaviy natija ko’rsatkichlari



Yüklə 139,78 Kb.
səhifə5/15
tarix03.04.2023
ölçüsü139,78 Kb.
#104076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
MOLIYAVIY KURS ISHI

Moliyaviy natija ko’rsatkichlari
Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijasi shu faoliyatdan ko’rilgan foyda yoki zarar hisoblanadi. Uni tahlil qilishdan maqsad ko’rilgan joyda (zarar) ning miqdori va darajasi, o’zgarishi va uning sabablarini aniqlab, foydani oshirish chora-tadbirlarini belgilashdan iborat.
Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijasini aniqlash va baholash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999- yil 5- fevralda tasdiqlangan "Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida Nizom" asosida amalga oshiriladi. Mazkur Nizomga muvofiq tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijasi foydaning quyidagi ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi (7- rasmga qarang).



7-rasm. Moliyaviy natija ko’rsatkichlari





              1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (YF):

YF= Msst - Michtn,
bu yerda: Msst - mahsulotning sotishdan tushgan sof tushum;
Michtn - mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
Mahsulot sotishdan tushgan sof tushum mahsulot sotishdan olingan yalpi tushumdan qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i va bojxona bojini chiqarib tashlash yo’li bilan aniqlanadi. Mahsulotni ishlab chiqa­rish tannarxi esa mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar yig’indisi bo’lib hisoblanadi(2-rasm).
2. Asosiy faoliyatdan ko’rilgan foyda (Aff):
Aff=Yf- Dx + Afbd - Afbx.
Bu yerda: Dx - davr xarajatlari;
Afbd - asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar,
Afbx - asosiy faoliyat boshqa xarajatlari va zararlari;
Davr xarajatlariga bevosita ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar kiradi: boshqaruv (mahmuriy) xarajatlari. mahsulotni sotish xarajatlari. umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar (operatsion xarajatlar).




Yüklə 139,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə