Tadbirkorlik va boshqaruv


Kichik korxonalarning xо‘jalik faoliyatini umumlashtiruvchi kо‘rsatkichlar



Yüklə 139,78 Kb.
səhifə9/15
tarix03.04.2023
ölçüsü139,78 Kb.
#104076
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
MOLIYAVIY KURS ISHI

Kichik korxonalarning xо‘jalik faoliyatini umumlashtiruvchi kо‘rsatkichlar.


Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish korxona faoliyatining oxirgi natijasi qisoblanadi. Kichik korxonalar uchun sotilgan (haridorlarga ortib jо‘natilgan va ular tomonidan haq tо‘langan) mahsulot hajmi pul tushumini ta’minlashga, ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa zaruriy sarflarning о‘rnini qoplashga imkon beradi. Bundan tashqari, pul tushumining tarkibida foyda ham mavjud bо‘ladi. Undan korxona tomonidan ishlab chiqarishni kengaytirish, moddiy rag‘batlantirish fondlarini yaratish, davlat byud-jeti oldidagi majburiyatlarni bajarish uchun foydalaniladi. Iste’molchi mahsulot sotilishi natijasida ishlab chiqarish vositalari yoki iste’mol mollari kо‘rinishidagi zaruriy mahsulotni oladi.
Korxonalar mahsulotlarini sotishda ayrim kamchiliklarga ham yо‘l qо‘yadi. Xususan, ayrim hollarda sotish rejasini oshirib bajarish bilan birga mahsulotlarning ayrim turlarini xaridorlarga belgilangan muddatlarda yetkazib berish rejasi bajaril-maganlik hollari uchraydi. Bu korxonaning о‘ziga (u penyalar va jarimalar tо‘laydi)
yetkazib berish bо‘yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishini hisobga olish bilan tahlil qilinadi. Bunda bitta haridorga yetkazib berish rejasining oshirib bajari­lishi boshqa haridorlarga yetkazib berish rejasining bajarilmaganligiga sabab bо‘lganligi hisobga olinadi. Shuning uchun shartnoma majburiyatlari rejasini bajarilishi 100% dan oshib ketmasligi kerak.
Sotish hajmi tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va uni о‘z vaqtida sotishga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liqdir. Tovar mahsuloti mahsulotni sotish kо‘rsatkichlarida sotilmagan mahsulotlarning о‘zgaruvchan qoldiqlarining о‘zgarishi bilan aks ettiriladi. Mahsulotlar sotilishining bir maromdaligini ta’minlash uchun korxonalar tayyor mahsulot-larning zarur hajmiga ega bо‘lishlari kerak. Ammo amaliyotda sotilmagan mahsulotlarning haqiqiy qoldiqlari meyoriy qoldiqlardan ancha oshib ketish hollari ham uchraydi. Bu hisobot davrida mahsulotning sotilish hajmini ancha kamayishiga olib keladi. Mahsulot sifatining yetarlicha yuqori bо‘lmasligi, mahsulotlarni bir maromda ishlab chiqarilmasligi, korxona mahsulotlarni ortib jо‘natish uchun transport bilan yetarlicha ta’minlanmaganligi va boshqalar bunday vaziyatning sabablari bо‘lib hisoblanadi.
Mahsulotni sotish aniq iste’molchi tomonidan buyumlarning ayrim turlari kо‘rinishida amalga oshiriladi. Yetka­zib beruvchilar va haridorlar mahsulot yetkazib berish tо‘g‘risida shartnoma tuzadilar. Unda buyumlarning rо‘yxati, miqdori, yetkazib berish muddatlari va boshqa shartlar kо‘zda tutiladi. Ularning bajarilishi tahlili 7-jadvalda keltirilgan.
Jadvaldan kо‘rinishicha, sotilgan mahsulotlarning hajmi rejaga nisbatan 71 ming sо‘mga yoki 0,5% ga oshgan. Bunga tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish rejasini 228 ming sо‘mga yoki 1,6% ga oshirib bajarilganligi sabab bо‘lgan. Ammo tovar mahsulotlarining rejadan ortiq ishlab chiqarilishi tо‘liq. darajada sotilmagan.
Sotilgan mahsulotlarning о‘tuvchi qoldiqlari rejalashtirilganga kо‘ra 157 ming sо‘mga о‘sgan, bu sotish hajmini shu summaga pasaytirgan.
7-jadval.Mahsulotlarni sotish rejasi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi tahlili(ming sо‘m)

Kо‘rsatkichlar

Reja bо‘yicha

Haqiqatda

Farqi
(+; -)

Rejaning baja­rili­shi, % da

So­tish hajmiga ta’siri

Mahsulotlarning amaldagi narxlarda sotilish hajmi

14520

14321

+71

100,5




Tovar mahsuloti

14265

14493

+228

101,6

228

Sotilmagan mahsulotlar qoldiqlarining о‘zgarishi

+ 15

+ 172

+ 157




-157

Xaridorlarga mahsulotlar yetkazib berish bо‘yicha shart-nomalarning bajari­lishi

14250

14010

-240

98,3




Sotilmagan mahsulotlar qoldiqlarining о‘sishi mahsulotlarni sotish hajmini kо‘payishining foydalanilmagan rezervlaridan iborat bо‘ladi. Mahsulotlarni sotish rejasining 0,5% oshirib bajarilishiga qaramasdan, korxona mahsulotlarni yetkazib berish bо‘yicha shartnoma majburiyatlarini 240 ming sо‘mga yoki 1,7% ga kamroq bajargan, bu korxona ishining salbiy kо‘rsatkichlaridan biridir.
Bozor sharoitlarida mahsulot sifatining yaxshilanishi tobora katta ahamiyat kasb etadi. Mahsulotning sifati deganda uning foydalanish uchun yaroqlilik darajasini belgilovchi xususiyatlar majmui tushuniladi. Mahsulotning belgilangan turlari attestatsiyadan о‘tkaziladi va ularning sifati ikki nav – oliy va birinchi navga bо‘linadi. Sifatning oliy naviga, sifat parametrlariga asoslangan, oliy ilmiy-texnik yutuqlar darajasiga mos keluvchi mahsulotlar kiradi. Bunday mahsulotlarning sifat parametrlari amaldagi standartlarga mos kelishi kerak. Mahsulot sifatini harakterlovchi kо‘rsatkichlardan biri oliy navli mahsulotlar hajmining umumiy ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmiga nisbatan salmog‘idir (8-jadval).
Jadvaldan kо‘rinishicha, korxonada hisobot yilida о‘tgan yilga va rejaga nisbatan ishlab chiqarilgan mahsulotlar si­fatini yaxshilanishi kuzatilgan, ya’ni sifatning oliy navini tovar mahsulotining umumiy hajmiga nisbatan salmog‘i о‘tgan yilga nisbatan 5% ga, rejaga nisbatan 0,8% ga oshgan.
Mahsulotning sifatiga uni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarning sifati, belgilangan texnologik jarayonga aniq rioya qilinishi,
ishchilarning malakasi, mahsulot sifatini yaxshilaganlik uchun moddiy rag‘batlantirish, tayyor mahsulotlarni saqlash, tashish va boshqalar ta’sir qiladi. Mahsulotning tannarxi kichik korxonalar ishining tejamliligini ta’riflovchi eng muhim kо‘rsatkichlardan biridir. Mahsulot tannarxining pasayishi korxona rivojlanishining eng muhim omili hisoblanadi.
Oliy navli mahsulotlar ishlab chiqarish bо‘yicha reja bajarilishi tahlili. 8- jadval

Kо‘rsatkichlar



О‘tgan yil

Hisobot yili

О‘zgarish

reja bо‘yicha

haqiqatda

о‘tgan yil­ga nisba­tan

rejaga nis­batan

Tovar mahsuloti

14006

14265

14495

+489

+230

Shu jumladan oliy navli mahsulotlar

2831

3459

3663

+832

+204

Oliy navli mahsulotlarning umu­miy mahsulotlar hajmiga nisbatan salmog‘i, %

20,2

24,4

25,2

+5

+0,8

Mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning tannarxi deganda bevosita mahsu­lotlarni tayyorlash va ishlarni bajarish, ishlab chiqarish sharoitlarini yaxshilash va uni takomillashtirish jarayonida foydalaniladigan resurslarning barcha turlari: asosiy fondlar, tabiiy xom ashyo va sanoat xom ashyosi, materiallar, yonilg‘i va energiya, mehnatning pul shaklida aks ettirilgan xarajatlari tushuniladi. Mahsulot tannarxiga kiritilgan xarajatlarning tarkibi, ularni moddalar bо‘yicha tasniflash davlat standarti tomonidan, kalkulyatsiyalash usullari esa korxonaning о‘zi tomonidan belgilanadi.
Mahsulotning tannarxi korxonaning ishlab chiqarish va muomala xarajatlaridan iborat bо‘ladi, xarajatlar va daromad-larni tenglashtirish, ya’ni о‘z xarajatlarini о‘zi qoplashi bozor mexanizmining asosiy xususiyatlaridan biridir.
Tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va kо‘rsatilgan xiz­matlarning sotilishi korxona faoliyati moliyaviy natijalarini aniqlashga imkon beradi.
Hisobot davrida haridorlarga ortib jо‘natilmagan mahsulotning qiymati va firma ichidagi oborot sotish hajmiga kiritilmaydi.
Mahsulotning sotilishidan tushgan tushum – korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar, kо‘rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan pul mablag‘larining hajmidir. Bu korxona xarajatlarini qoplash va daromadlarni shakllantirish mablag‘larining asosiy manbaidir.
Asosiy mahsulotni sotishdan tushgan tushumdan tashqari, korxona boshqa sotishlardan hamda sotishdan tashqari operatsiyalardan tushumlar olishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati jarayonida moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni aks ettiruvchi foyda korxona faoliyatining eng muhim umumlashtirilgan kо‘rsatkichi hisoblanadi.
Tadbirkor hamma vaqt foyda olishni maksad qilib qо‘yadi, ammo hamma vaqt ham foyda ololmaydi. Agar tushum tannarxga teng bо‘lsa, unda faqat mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining о‘rnini qoplashga erishiladi. Tushumdan oshib ketuvchi xarajatlarda korxona salbiy moliyaviy natija kо‘radi, bu uni murakkab moliyaviy ahvolga solib qо‘yadi, bankrotlik ham istisno emas.
Mahsulotlarni sotishdan olingan foy­da (zarar) qо‘shimcha qiymat solig‘i va aksizsiz mahsulot sotishdan tushgan tushum va mahsulotlarning tannarxiga kiritilgan ishlab chiqarish va so­tish xarajatlari о‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Keltirilgan ta’rifdan foyda korxonaning о‘z mahsulotlari (ishlari, xizmatlari)ni talab va taklif asosida vujudga kelgan narxlar bо‘yicha sotishdan hosil bо‘lgan yalpi daromad hajmiga bog‘liqligi ma’lum bо‘ladi.

Yüklə 139,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə