Tadbirkorlik va boshqaruv



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/18
tarix10.07.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#119474
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


16 
II BOB.IJTIMOIY-IQTISODIY EHTIYOJLAR VA UNING
QONDIRILISHI 
2.1 Vaqtni tejash qonuni. Mehnat unumdorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar
Ishlab chiqarish jarayonida moddiy ne’matlar hajmining to’xtovsiz oshib 
borishini, aytib o’tganimizdek, kishilar ehtiyojining cheksizligi taqozo etadi. Ishlab 
chiqarish hajmini oshirish yo’llaridan biri mehnat unumdorligini oshirish 
hisoblanadi. Mehnat unumdorligi belgilangan vaqt birligida yaratilgan mahsulot 
miqdori bilan ifodalansa, keng ma’noda mehnat unumdorligi vaqtni tejash qonuni 
bilan o’lchanadi. Vaqtni tejash qonuni ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim asosiy va 
ichki mantiqini aks ettiruvchi iqtisodiy qonundir. Har qanday tejash texnika va 
texnologiyalardagi, xodimlar kasb mahorati va boshqarishni tashkil etishdagi 
ko’pgina ijobiy o’zgarishlar pirovardida ish vaqtni tejashga olib keladi. Mahsulot 
iste’mol qiymati, uskunalar quvvati va mustahkamligi, asboblarning aniqlik darajasi 
va xizmat muddati, oziq-ovqatlarning to’yimlilik darajasi, kiyim-kechaklar, 
poyafzallar va hokazolar sifatining oshishi ham pirovardida vaqtni tejashda 
ifodalanadi. 
Yuksakroq mehnat unumdorligiga va ish vaqtini tejashga erishish ayni vaqtda 
ham jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti darajasining o’sib 
borayotganligidan dalolat beradi, ham uning boyligi, xilma-xil moddiy va ma’naviy 
ne’matlar, xizmat bilan ta’minlash mezonini ko’rsatadi. Mehnat unumdorligiga 
ta’sir qiluvchi eng muhim omil jonli mehnatdir. Marjinalistlar (J.Sey, F.Bastiya — 
Fransiya) mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar: mehnat, er va kapital 
miqdori deb biladilar. Bu omillar bir xil ta’sir o’tkazadi, deb hisoblaydilar. 
Ular qiymat uchta omil olingan daromad asosida tashkil topadi deb hisoblaganlar. 
Daromad ish haqi, tadbirkorlik daromadi, foiz va rentadan tashkil topadi deb 
tushuntirganlar. XIX asr o’rtalarida mehnat qiymat nazariyasi yaratilgan. Bu 
nazariyaga asosan qiymat 
manfaatdorligi (bozorda) vaqtincha, doimiy 
manfaatdorlik esa (tabiiy) bo’ladi. 
Tabiiy manfaatdorlikka qiymat manfaatdorligi doimo intiladi. Bozor qiymati 
talab va taklif orqali ifodalanadi. Talab doimiy ravishda bozor qiymatiga bog’liq 


bo’ladi. 
Tabiiy qiymat qayta ishlab chiqarish bilan to’ldirish mumkin bo’lgan va 
to’ldirish mumkin bo’lmagan qiymatga bo’linadi. Tabiiy manfaatdorlik ishlab 
chiqarish va muamala harajatlariga bog’liq. Bularga asoslangan holda ishlab 
chiqarish xarajatlari ish haqi, foydadan tashkil topib u sarf qilingan mehnatga 
bog’liq deb hisoblanadi. 
Shunday qilib mehnat qiymat nazariyasi sinfiy nazariya bo’lib o’rtacha narx 
darajasi ishlab chiqarish xarajatlaridan kelib chiqadi. Talab shu narx asosida kelib 
chiqadi. Sinfiy mehnat qiymat nazariyasi ayrim qarama-qarshiliklarga ega. 
Bular quyidagilardan iborat: 
- har qanday jamiyat ishlab chiqarish jarayonini cheksiz ravishda rivojlantira 
olmaydi. Uning sababi ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan omillar 
cheklanganligidir. Bu o’z navbatida ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasiga 
asoslanganda u ham cheksiz emas; 
- tovarlarga bo’lgan talablarni o’rganishni ta’minlovchi omillar o’rganilmagan; 
- sinfiy qiymat nazariyasi qiymatni mohiyatini to’liq ochib beraolmagan. 
Yangi iqtisodiy konsepsiya vakillari me’yoriy naflilik nazariyasini ilgari 
surmoqdalar. Bu nazariyaga asosan mahsulot naflilik chegarasiga ega. Faraz 
qilamizki, bir iste’mol tovarini naflilik chegarisi borki u insonni iste’mol talabani 
qondiradi, 
undan 
ortig’ini 
esa 
naflilik 
darajasi 
past 
bo’ladi. 
Ishlab chiqarish jarayonining o’zi yuqorida aytib o’tilgan omillarning o’zaro 
bog’liqligini taqozo etadi. Ayrim olingan omil hech qachon mahsulot omili 
imkoniyatini bermaydi. Ular o’zaro aloqada bo’lganda bir-birini o’rnini 
bosgandagina ko’zda tutilgan maqsadga erishiladi. Omillarning o’zaro bog’liqlikda 
ifodalanishiga ishlab chiqarish funksiyasi deyiladi. Ishlab chiqarish funksiyasi 
mikroiqtisodiy 
darajada 
quyidagicha 
ifodalanadi: 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə