Tadbirkorlik



Yüklə 9,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/236
tarix23.05.2023
ölçüsü9,01 Mb.
#112330
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   236
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

Tavakkallik
darajasi
bo‘yicha
guruhlar
Sarmoya va operatsiya turlari
Tavakkallik
darajasi, foizda
I
1. Kassa va unga tenglashtirilgan 
mablag‘lar
0,5
2. Markaziy bankdagi vakillik va zaxira 
hisob varaqlaridagi mablagiar
0
II
1. Davlatning qimmatli qog‘ozlari
10
2. Mahalliy hokimiyat organlarining 
qimmatli qog‘ozlari
20
3. Binolar, inshootlar va boshqa asosiy 
vositalar
25
31


III
1. Boshqa banklarga berilgan kreditlar
25
2. Qisqa muddatli ssudalar
30
3. Faktoring operatsiyalari
50
IV
1. Uzoq muddatli ssudalar
50
2. Lizing operatsiyalari
60
V
1. Bank tomonidan sotib olingan 
qimmatli qog‘ozlar
70
2. Bankka berilgan boshqa ishtirok 
etish huquqlari
80
VI
1. Ssudalar bo‘yicha to io v muddati 
cho‘zilib ketgan qarzlar
100
(Manba: Chjen V. A. va boshqalar. Pul va moliya bozorlari. - Т.: Iqtisodiyot 
va huquq dunyosi, 1996. 291- bet).
2. 4. TADBIRKORLIKNING IJTIMOIY-IQTISODIY
AHAMIYATI
Tadbirkorlik jam iyatda ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mav­
jud muammolarni hal qilishda va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotida katta rol o‘ynaydi. U ishlab chiqarish, ish bajarish, xiz­
mat ko‘rsatish sohalarida yangi ish o ‘rinlari yaratib, aholini ish bilan 
ta’minlash va ishsizlikni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Rivojlangan mamlakatlarda ham, O ‘zbekistonda ham har yili yara- 
tilayotgan yangi ish o ‘rinlarining yarmidan ortig'i kichik va xususiy 
tadbirkorlikka to‘g ‘ri keladi. Demak, tadbirkorlik aholining ish bilan 
bandligi, mehnat va iqtisodiy faolligining o ‘sishi va buning natijasida 
uning daromadlarining oshishiga katta hissa qo‘shadi. Bu jarayonning 
ikki oqibatini e’tiborga olish lozim: bir tomondan, aholining moddiy 
va ma’naviy ehtiyojlarining o‘sishi, kengayishi bo‘lsa, ikkinchi tomon­
dan, ularni to ‘laroq qondirish imkoniyatlarining yaratilishidir. Bu piro- 
vard natijada aholi hayotini yaxshilash, turmush darajasini ko‘tarish, 
farovonligini oshirishni ta’minlaydi. Tadbirkorlikning rivojlanishi bilan 
uning mazkur sohadagi roli ortib boradi.
Tadbirkorlarning m a’lum qismi oyoqqa turib, yanada rivojlanishi 
oqibatida ular mulkdorlarga aylanadilar. Bu esa jam iyatda yangicha
32


likrlaydigan, harakat qiladigan yangi avlod-tadbirkorlar, mulkdorlar 
tabaqasining shakllanishiga olib keladi. Bunday shaxslar davlatning ij­
timoiy tayanchi va iqtisodiy taraqqiyot manbayi hisoblanadi.
Tadbirkorlik subyektlari kadrlar tayyorlash va ularning malakasini 
oshirishda ham ishtirok etadilar. Shuning bilan birga tadbirkorlarning 
o‘zlari ham doimiy izlanishda, mahalliy va xorijiy hamkasabalari, ham- 
korlari, turli soha vakillari bilan muloqotda bo‘lib, tajriba ortirib, o‘z 
kasbiy, madaniy, m a’naviy saviyalarini oshirib boradilar. Tadbirkorlik 
inson qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga yaxshi imkoniyatlar yaratadi va 
uni rag‘batlantiradi. Shunday qilib, tadbirkorlik insonlarning o ‘zini o ‘zi 
anglashiga ko'maklashadi, dunyoqarashini kengaytiradi, o ‘zgartiradi 
va natijada jamiyatning ijtimoiy-madaniy darajasining o ‘sishiga olib 
keladi.
Tadbirkorlar qishloqlarda, mahallalarda ishlab chiqarish, savdo, 
umumiy ovqatlanish va boshqa xizmat ko‘rsatish korxonalari barpo 
etib, qishloq infratuzilmasini rivojlantirib, qishloqlar, mahallalar qi- 
yofasini o‘zgartirib yuboradilar. Bundan tashqari, tadbirkorlik ijtimoiy 
sohada keng kirib bormoqda: xususiy va boshqa tashkiliy-huquqiy 
shakllarda bolalar bog’chalari, mehribonlik uylari, nogironlar uchun 
inventarlar ishlab chiqarish va ularga xizmatlar ko‘rsatish, sogiiqni 
saqlash va sog‘lomlashtirish, o'quv va boshqa ijtimoiy soha muassa- 
salari tashkil etish va ularni rivojlantirish, uy-joylar qurish va ularni 
ta ’mirlash, aholini ichimlik suvi va gaz bilan ta’minlash ishlari bilan 
bevosita shug‘ullanib, ijtimoiy muammolarni yechishga katta hissa 
qo‘shadi. Tadbirkorlik subyektlari xayriya ishlari da ham faol qatnashib, 
ijtimoiy soha muassasalari, nogironlar, kam ta’minlangan oilalar, ijti­
moiy himoyaga muhtoj kishilarga yordam ko‘rsatishda ham muhim 
o‘rin egallaydi.
Tadbirkorlik subyektlari mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) 
yaratib, mamlakat ichki bozorini to‘ldiradilar. Natijada bozorda taklif 
miqdor, sifat, assortiment jihatidan yaxshilanadi, xaridorlar uchun tan­
lash va talabni qondirish imkoniyatlari kengayadi. Bu borada tadbir­
korlik muvofiqlashtirish vazifasini bajarish, talab bilan taklifni o'zaro 
muvofiqlashtirish, narxlarni barqarorlashtirish, bozorda muvozanat 
o ‘matish va uni ushlab turish, mavjud ehtiyojni kengaytirish va to‘laroq 
qondirishga xizmat qiladi. Shuning bilan birga tadbirkorlik bozor iqti-
33


sodiyoti sharoitida raqobatning shakllanishi, rivojlanishida va mahsu­
lot sifati va raqobatbardoshligini ko‘tarish, ishlab chiqarish xarajatlari 
va mahsulot tannarxini pasaytirish, faoliyat samaradorligini oshirishda 
muhim rol o'ynaydi.
Mamlakatda importni qisqartirish va eksportni kengaytirishda tad­
birkorlik subyektlarining roli ortib bormoqda. Ular, bir tomondan, im­
port o ‘mini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarib, valutaning tashqariga 
chiqib ketishini qisqartirish va mamlakat iqtisodiy-moliyaviy mustaqil- 
ligini mustahkamlash, ikkinchi tomondan esa, eksportbop mahsulotlar 
chiqarish, ularni tashqi bozorlarda sotib, mamlakat eksport salohiyatini 
к о 'tar ish va valuta tushumlarini oshirishda ham salmoqli oVrin egal- 
laydilar.
Xususiy tadbirkorlik subyektlari, fermer xo‘jaliklari davlat buyurt- 
masini bajarishda ham ishtirok etadilar. M a’lumki, 0 ‘zbekistonda dav­
lat buyurtmasi bo‘yicha paxta va g ‘alla yetishtirishda fermer xo‘jaliklari 
yetakchilik qiladilar. Bundan tashqari, kichik va o ‘rta korxonalar yirik 
korxonalarning ayrim buyurtmasini ham bajarib, ularni to‘ldiradilar. 
Yirik korxonalar ommaviy mahsulotni katta miqdorda ishlab chiqar- 
ishga moslashganliklari tufayli asosiy mahsulotning ayrim detallari
ehtiyot qismlari, boshqa qo‘shimcha narsalami kichik seriyalarda ish­
lab chiqarish ular uchun ortiqcha tashvish hisoblanadi. Yirik korxona­
lar uchun shunday narsalami o‘zlari ishlab chiqargandan ko‘ra, ularni 
boshqa korxonalardan olgan m a’qul. Shu boisdan ular o‘zlarining ishlab 
chiqarishlari uchun kerakli ayrim narsalami ishlab chiqarish va yetkazib 
berishni, asosan, kichik va o‘rta korxonalarga topshiradilar. Bu borada 
0 ‘zbekistonda rivojlangan va qo‘llab-quvvatlanayotgan kasanachilik 
ham muhim rol o ‘ynaydi, Shuning uchun kichik va o‘rta korxonalar 
yirik korxonalar va, umuman, iqtisodiyot tarmoqlarini o ‘zaro bog‘lab, 
butun iqtisodiyotni yaxlit bir tizim darajasiga ko‘tarishda katta ahami- 
yat kasb etadilar. Kichik, o‘rta, xususiy tadbirkorlik subyektlarining ana 
shu vazifasi e’tiborga olinib, respublikada mahalliylashtirish dasturla- 
rini amalga oshirishda ularga keng o‘rin berilgan.
Tadbirkorlikning innovatsion vazifasi XX asr o‘rtalarida shakllanib, 
hozirgi kunda uning roli ortib bormoqda. Tadbirkorlikning bu vazifasi 
mamlakatlaming innovatsion (axborot-industrial) taraqqiyot davrga 
kirishi bilan boshlanib, ishlab chiqarishda fan-texnika yutuqlari va
34


axborot rolining ortib borishida namoyon bo‘ladi. Innovatsiya baza- 
sining shakllanishi va kengayishi tashkiliy-xo‘jalik novatorligi va shu 
yo‘nalishda tadbirkorlikning rivojlanishi bilan bog‘liq.
Tadbirkorlikning yaratuvchilik vazifasi ham jam iyat ijtimoiy-iqti­
sodiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi. Uning bu vazifasi yangi qiymat 
va yangi bozorlar yaratish, yangi qiyofadagi inson - tadbirkorlar, mulk- 
dorlami shall antirishda namoyon bo‘ladi. Tadbirkorlar mamlakatda mil­
liy mahsulot yaratadilar va milliy boylikni ko‘paytiradilar. Rivojlangan 
mamlakatlarda ishlab chiqariladigan yalpi ichki mahsulotning qariyb 
yarmi, ayrim mamlakatlarda esa undan ham ko‘prog‘i kichik biznesga 
to‘g ‘ri keladi. 0 ‘zbekistonda yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotda 
kichik va о ‘rta tadbirkorlik subyektlarining hissasi hozirgi kunda 48 
foizdan oshdi va u yildan-yilga о‘sib bormoqda.
Tadbirkorlik subyektlari yangi taklif yaratish, mavjud taklifni ken- 
gaytirish, uni yangicha uyg‘unlikda taqdim etish y o ii bilan mavjud 
ehtiyojni boyitish, yangilarini yuzaga chiqarish va mavjud bozorni 
modifikatsiya qilish, yangilarini shakllantirish, jozibador bozorlami 
topish va o‘zlashtirish - bularning hammasi tadbirkorlikning yaratuv­
chilik yo‘nalishlari hisoblanadi.
Tadbirkorlik ishlab chiqarishni qayta qurish, ishlab chiqarish omillari 
(mehnat, mehnat qurollari, mehnat predmetlari)ni yangicha uyg‘unlikda 
birlashtirish va tashkil etish, ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab 
chiqarish munosabatlarini samaraliroq muvofiqlashtirish orqali ishlab 
chiqarishni sifat jihatidan yangi, yuqori bosqichga ko‘tarishga katta his­
sa qo‘shadi. Bu esa ishlab chiqarishni amalga oshirish va rivojlantirish 
uchun yangi, qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularni ro‘yobga chiqa­
rish esa mavjud quvvatlarning unumdorligini oshirishni, qo‘shimcha 
mahsulot ishlab chiqarish va samaradorlikning o ‘sishini ta’minlaydi.
Tadbirkorlik shu paytgacha ishlatilmay kelgan aholi jam g‘armalari, 
mahalliy resurslar, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar, xorijiy in- 
vestitsiyalami ijtimoiy-iqtisodiy jarayonga faol jalb etib, ishlab chiqa­
rishni kengaytirish, milliy mahsulot va boylikni ko‘paytirishga olib 
keladi.
Tadbirkorlik nafaqat shaxsiy daromad manbayi, balki davlat uchun 
ham salmoqli daromad manbayi boTib xizmat qiladi. Davlat budjeti 
tushumlarining anchagina qismi tadbirkorlik sektoriga to‘g‘ri keladi.
35


Demak, tadbirkorlik budjetni to 4ldirib, davlatning kuch-qudratini 
oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini mablag‘ bilan ta’minlashda 
ham katta rol o'ynaydi.
Shunday qilib, tadbirkorlik aholi turmushi va farovonligini yaxshi­
lash, uning madaniy-ma’naviy yuksalishi, mamlakat ishlab chiqarish, 
eksport, iqtisodiy salohiyatini ko‘tarish, mustaqilligini mustahkamlash, 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 9,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə