Talab va taklif funksiyalari


talab — bu pul bilan taʼminlangan ehtiyojdir



Yüklə 98,23 Kb.
səhifə2/2
tarix24.12.2023
ölçüsü98,23 Kb.
#160273
1   2
Talab va taklif asoslari

talab — bu pul bilan taʼminlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan taʼminlanmasa, u "xohish""istak" boʻlib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi, chunki narx oʻzgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham oʻzgaradi. Shu bogʻliqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha taʼrif berish mumkin: maʼlum vaqt oraligʻida, narxlarning mavjud darajasida isteʼmolchilarning tovar va xizmatlar maʼlum turlarini sotib olishga qodir boʻlgan ehtiyoji.
Maʼlum vaqt oraligʻidagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan maʼlum turdagi tovar va xizmatlarning DAROMAD VA FOYDA olish maqsadida bozorga chiqarilgan miqdoriga taklif deyiladi. Narx oʻzgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham oʻzgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi.
Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini koʻrsatadi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. 1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki bobda ga’irgan edik. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo’lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko’rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat ʻul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu ʻul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi ʻul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo’lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi, chunki narx o’zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o’zgaradi. Shu bog’liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig’ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyoji talab deyiladi. Boshqacha qilib aytganda talab – ʻul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.
Talablar turlicha bo’lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo’lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo’lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko’’chilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi.
Hozirda iqtisodiy adabiyotlarda talabning turli ko’rinishlari ajratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish omillariga talab (ishlab chiqarish talabi) va iste’mol buyumlariga talab (aholi talabi) farqlanadi.
Shuningdek, haqiqiy (tovar va xizmatlarga haqiqatda namoyon bo’luvchi), qondirilgan (haqiqiy talabning bozorda tovar va xizmat sotib olish orqali qondirilgan qismi) va qondirilmagan (haqiqiy talabning bozorda zarur tovarlarning yo’qligi yoki ular assortimenti va sifatining xaridor talabiga javob bermasligi sababli qondirilmagan qismi) talablar farqlanadi. Qondirilmagan talab turli shakllarda namoyon bo’lishi mumkin: yashirin, joriy, harakatchan, to’’langan talab.
Tovarga bo’lgan talab ko’’lab omillar, masalan, reklamadan foydalanish, moda va didlar, afzal ko’rish, atrof-muhit, tovarlarni qo’lga kiritish imkoniyati, daromad miqdori, naflilik, o’zaro o’rinbosar tovarlar narxi, aholi soni, kelgusidagi narxlarning o’zgarishi va boshqalarning ta’sirida o’zgarishi mumkin. Shunga ko’ra, ekzogen va endogen talab farqlanadi. Ekzogen talab – bu davlat yoki erkin bozor tizimidan tashqaridagi qandaydir kuchning aralashuvi natijasida o’zgargan talab. Endogen yoki ichki talab – bu jamiyatda mavjud bo’lgan omillar ta’sirida jamiyat ichida tarkib to’gan talab.
Taklif va talabni iqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish, juda ko‘p va keng muammolarni hal qilishda universal vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bunday muammolarga quyidagilar kirishi mumkin: jahondagi iqtisodiy sharoitlar o‘zgarishining mahsulot ishlab chiqarishga va uning samaradorligiga ta’siri; narxlarni nazorat qilish bo‘yicha davlat tomonidan ko‘riladigan chora-tadbirlarni baholash; iqtisodiy rag‘batlantirish va minimal ish haqini belgilash; soliqlarning, subsidiyalarning, importga qo‘yiladigan poshlinaning, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar faoliyatining chegaralashlarning umumiy iqtisodiyotga ta’siri va hokazo.
Talab va taklif orqali bozor mexanizmini o‘rganish, ularning grafiklarini tahlil qilishdan boshlandi. Ma’lumki, davlatning aralashuvisiz, talab va taklif muvozanat holatga keladi va unga asosan tovarning bozor narxi o‘rnatiladi hamda muvozanatni ta’minlaydigan mahsulotning umumiy hajmi o‘rnatiladi. Lekin, qanday qilib, narx va mahsulot hajmi talab va taklifning ba’zi bir xarakteristikalari bilan bog‘langan? Qanday qilib ular vaqt bo‘yicha o‘zgaradi va qanday qilib ularga umumiy iqtisodiy faollik, ish haqi xarajatlari ta’sir qiladi? Nima uchun talab va taklif bozorlar (raqobatlashgan, monopol, oligopol va boshqa) bo‘yicha farq qiladi? Nima uchun ba’zi bir bozorlarda tovarlar tanqis va hokazo savollarga javob berish uchun talab va taklifning diagrammasini qarashdan boshlaymiz (2-rasm).

Ordinata o‘qi bo‘yicha bir birlik mahsulotning narxi ko‘rsatilgan (so‘mda). Absissa o‘qi bo‘yicha berilgan vaqt oralig‘ida talab qilingan va taklif qilingan mahsulot hajmi ko‘rsatilgan. Taklif chizig‘i (supply) qancha miqdorda va qanaqa ishlab chiqarish narxida tovarning bozorda sotilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Taklif chizig‘i qancha yuqoriga ko‘tarilsa, shuncha narx yuqori bo‘ladi va shunga ko‘p firmalar mahsulot ishlab chiqarib, sotish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


YUqori narx, mavjud firmalarga ishlab chiqarishni kengaytirishga da’vat etadi, bozorga yangi firmalarni o‘z mahsuloti bilan kirib kelishini ta’minlaydi, ular ishlab chiqargan yuqori xarajatli rentabel bo‘lmagan mahsulotlari yuqori narxda rentabel bo‘ladi. Bunday holda, firmalar ishlab chiqarishning kengayishi qisqa vaqt oralig‘ida intensiv bo‘lsa, uzoq muddatda esa ekstensiv amalga oshiriladi.
Talab chizig‘i (Demand) iste’molchilarning berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olish mumkinligini bildiradi. Talab chizig‘ining pastga ketishi, iste’molchilarning narx qancha past bo‘lsa, ular shuncha ko‘p mahsulot sotib olishini anglatadi. Past narxlar, xaridorlarga yanada ko‘proq miqdorda tovarlar sotib olishiga hamda ilgari sotib olaolmayotgan iste’molchilarga esa hozir u tovarni sotib olishga imkon yaratadi.
Bu ikki egri chiziq talab va taklifning muvozanat nuqtasida kesishadi. Muvozanat bozor tizimining shunday holatini bildiradiki, bu holatda talab va taklif bir-biriga teng bo‘ladi. Muvozanat nuqta muvozanat narxni va muvozanat mahsulot miqdorini bildiradi. narx muvozanat narx bo‘lganda, taklif qilinadigan va talab qilinadigan tovar miqdori bir-biriga teng bo‘ladi . Bu nuqtada tovar tanqisligi ham, ortiqcha tovar ham bo‘lmaydi. Bozor sharoitlarini o‘zgarishi talab va taklif muvozanatini buzilishiga olib keladi, lekin bozorda, o‘z o‘zidan avtomatik ravishda, muvozanatni tiklash tendensiyasi mavjud.
Bunday holatni tushunish uchun quyidagi ikki holni qaraymiz:
Faraz qilaylik, narx muvozanat narxdan yuqori bo‘lsin ya’ni (2-rasm). Bu holda ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar sotib olishi mumkin bo‘lgan miqdordan ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishga harakat qiladi. Natijada ortiqcha mahsulot to‘plana boshlaydi, mahsulot to‘planishini kamaytirish yoki ularni sotish uchun ishlab chiqaruvchilar narxini kamaytirishi lozim bo‘ladi. Bu holda narx pasayadi, mahsulotga talab esa o‘sadi, bu o‘z navbatida taklif qilinadigan mahsulotning miqdorini kamayishiga olib keladi, bunday holning takroran davom etishi toki muvozanat narx o‘rnatilguncha davom etadi.
Agar boshlang‘ich narx, masalan muvozanat narx dan past bo‘lganda, yuqoridagiga teskari holat yuzaga keladi. bo‘lganda, tovar tanqisligi rivojlana boshlaydi, nima uchun deganda narxda iste’molchilar qancha miqdorda tovar xohlasa, shuncha miqdorda sotib olaolmaydi. Talab va taklif grafigidan ko‘rinib turibdiki, narx bo‘lganda talab ga teng bo‘lsa, taklif ga teng, ya’ni , talab qondirilmaydi. Bunday holat narxning o‘sishiga olib keladi. SHunday qilib, iste’molchilar mavjud tovarlarni sotib olish uchun bir-biri bilan raqobatlasha boshlaydi, ishlab chiqaruvchilar bunga narxni oshirish bilan va ishlab chiqarishni kengaytirish bilan javob beradi. Natijada narx yana o‘zining muvozanat holatiga ga erishadi. Bu erda biz har bir narxga ma’lum miqdorda mahsulot to‘g‘ri keladi va sotiladi hamda u yagona deb faraz qilamiz. Bu faraz, bozor erkin raqobatlashgan bo‘lgandagina ma’noga ega bo‘ladi, qachonki bunday bozorda sotuvchi va xaridor bozor narxiga ta’sir qila olmaydi. Agar taklif yagona ishlab chiqaruvchi (monopolist) tomonidan belgilansa, narx bilan, taklif qilinadigan mahsulot miqdori o‘rtasidagi moslik bir qiymatli bo‘la olmaydi. Nima uchun deganda, monopolist talabning o‘zgarishiga qarab, narxni o‘z foydasiga moslashtirib o‘zgartirishi mumkin. SHu sababli biz talab va taklif chizig‘ini chizganimizda, oshkor emas ravishda, bozor erkin raqobatlashgan deb faraz qilamiz.
Talab va taklif chiziqlari, raqobatlashgan ishlab chiqaruvchilarga berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotishi mumkinligini va iste’molchilarga esa berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olishini ko‘rsatib beradi. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, talab bilan taklif narxdan tashqari boshqa sharoitlarga ham bog‘liqdir. Masalan, ishlab chiqaruvchining qancha miqdorda mahsulot sotishi uning narxidan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga (ish haqi, xom ashyo narxi) ham bog‘liqdir. Tovarga bo‘lgan talab esa iste’molchining byudjetiga (daromadiga) va boshqa omillarga bog‘liqdir. SHu sababli biz talab va

taklif egri chiziqlarining, ish haqi stavkasi, kapital xarajatlar va daromadlar o‘zgarganda qanday o‘zgarishini qarab chiqamiz


Taklif chizig‘i dan boshlaymiz. 3-rasmdan ko‘rinib turibdiki? narx bo‘lganda, ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot miqdori ga teng. Endi faraz qilaylik, xom ashyo narxi kamaydi, demak, bir birlik mahsulot xarajati kamayadi. Bu taklifga qanday ta’sir qilishi mumkin?
Xom ashyo narxining kamayishi, mahsulotga bo‘lgan xarajatning kamayishiga olib keladi, xarajatning kamayishi esa, ishlab chiqarish samarasini oshiradi va ko‘proq foyda olishga olib keladi. Bu o‘z navbatida ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag‘batlantiradi va ilgari rentabel bo‘lmagan firmalar uchun bozorga o‘z tovarlari bilan kirib kelishga imkoniyat yaratadi. Demak, agar bozorda tovar narxi o‘zgarmasa, ya’ni saqlanib qolsa, ilgaridagiga nisbatan, bozordagi mahsulot taklifi oshadi, natijada taklif egri chizig‘i unga siljiydi. narxga birlik emas mahsulot miqdori to‘g‘ri keladi. Mahsulot ishlab chiqarishning oshishi, bu erda narxga bog‘liq emas, shu sababli taklif egri chizig‘i butunlay o‘ngga, ga siljiydi (3-rasm). Taklif egri chizig‘ining bunday o‘zgarishiga, ya’ni narxga bog‘liq bo‘lmagan holdagi o‘zgarishiga taklif o‘zgarishi deyiladi. O‘zgarmas taklif egri chizig‘idagi biror nuqtadan pastga yoki yuqoriga qarab harakat qilishga taklif miqdorining o‘zgarishi deyiladi.
Xom ashyo narxi pasayishining taklif egri chizig‘iga boshqacha ta’sirini, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori o‘zgarmaganda kuzatish mumkin. Haqiqatdan ham, o‘zgarmaganda, uni ishlab ishlab chiqarish uchun ketgan xarajat kamayadi (xom ashyo narxi pasaygani uchun), demak, tovar narxi ham kamayadi, ya’ni uning narxi dan ga o‘zgaradi. Bu o‘zgarish ishlab chiqarilgan tovar miqdoriga bog‘liq emas. Natijada, taklif egri chizig‘i o‘ngga siljiydi. Umuman olganda, xom ashyo narxi o‘zgarishining taklif chizig‘iga ta’sirini o‘rganishda, yuqorida keltirilgan ikki hol ham xususiy hollardan bo‘lib, eng chetki holatlarni anglatadi. Haqiqatda esa, xom ashyo xarajatlari kamayganda narx ham, tovar miqdori ham o‘zgarishi mumkin. Bu o‘zgarishlar yangi taklif egri chizig‘ining talab chizig‘i bilan muvozanatga kelishi bilan bog‘liqdir (4-rasm).
4-rasmda taklif chizig‘i dan ga siljigan, muvozanat nuqta dan ga tushgan, umumiy ishlab chiqarish hajmi dan gacha oshgan. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari qancha kam bo‘lsa, u shuncha mahsulot narxini pasaytirishga va mahsulotni ko‘proq sotishga olib keladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, fan texnika taraqqiyoti asosida boshqarishni takomillashtirish natijasida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, iqtisodiy o‘sishning muhim harakatlantiruvchi kuchidir.
Endi, iste’molchilar daromadini oshishining talabga ta’sirini o‘rganish uchun, quyidagi 5-rasmni qaraymiz.
Ma’lumki, iste’molchilar daromadi yuqori bo‘lsa, ular tovarlarni sotib olish uchun ko‘proq pul ajratadi. Agar bozor narxi o‘zgarmas bo‘lganda iste’mol qilinadigan mahsulot miqdori, masalan dan ga o‘sishini kuzatish mumkin. Bu siljish bozor narxi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar amalga oshadi, shuning uchun talab chizig‘i o‘ngga qarab siljiydi. Rasmda bu siljish dan ga siljishi kabi akslantiradi.
Ikkinchi tomondan, iste’molchining real daromadi oshsa, u miqdordagi tovarni yuqoriroq narxda, masalan, narxda ham sotib oladi, ya’ni daromadi oshmaganda tovarni narxda sotib olsa, real daromadi oshsa, u shu miqdordagi tovarni narxda sotib oladi. Bu holatda ham talab chizig‘i o‘ngga siljiydi.
Umuman olganda, daromad oshganda narx ham, sotib olinadigan tovar miqdori ham o‘zgarmay qolmaydi. YAngi narx va yangi tovar miqdori natijada talab va taklifning muvozanatligiga olib keladi (6-rasm).
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, iste’molchilar yuqori narxni to‘lashi mumkin, firmalar esa, daromadi oshgani uchun ko‘proq, ya’ni miqdorda mahsulot ishlab chiqarishadi.
Talabga bir-birini o‘rnini bosadigan tovarlar narxlarining o‘zgarishi ham ta’sir qiladi. Masalan, mis bilan alyuminiy bir-biri o‘rnini bosadigan tovarlar hisoblanadi, nima uchun deganda, ishlab chiqarishda ulardan biri ikkinchisini almashtirishi mumkin. Agar alyuminiy narxi oshsa, misga bo‘lgan talab oshadi. Boshqa tomondan benzin avtomobilga nisbatan to‘ldiruvchi tovar bo‘ladi, ya’ni ular birgalikda ishlatiladi. Demak, benzin narxining kamayishi yoki oshishi avtomobilga bo‘lgan talabni oshiradi yoki kamaytiradi. SHu sababli, bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlardan birining narxini oshishi yoki to‘ldiruvchi tovarlardan birining narxini kamayishi ham talab chizig‘ini o‘ngga siljishga olib keladi.


Taklif o‘zgargandagi yangi muvozanat.


Ko‘pgina bozorlarda bir vaqtning o‘zida ham talab, ham taklif egri chiziqlari o‘zgarib turadi. Iqtisodiy o‘sish yuqori bo‘lganda iste’molchilar daromadi yuqori bo‘ladi, aks holda daromadlar ham kamayadi. Ba’zi bir tovarlarga bo‘lgan talab ham vaqt bo‘yicha o‘zgaradi, masalan, mavsumlar bo‘yicha tovarlarga talab; bir-birini o‘rnini bosadigan tovarlardan birining narxini o‘zgarishi; did va modaning o‘zgarishiga qarab talabning o‘zgarishi. Xuddi shunday, vaqt bo‘yicha ish haqi, xom ashyo narxi, kapital mablag‘ qo‘yishlar ham o‘zgaradi, natijada bu o‘zgarishlar taklifga jiddiy ta’sir qiladi.
Taklif va talab egri chiziqlari bunday o‘zgarishlar oqibatini tahlil qilishga yordam beradi. 7-rasmda ham talab, ham taklif chiziqlarining o‘ngga siljishlari keltirilgan. Bu siljishlar, narxni dan ga oshishiga va tovar ishlab chiqarishni esa, dan ga oshishiga olib keladi. Talab va taklifdagi o‘zgarishlarning miqdori va yo‘nalishlarini oldindan aytib berish uchun, talab bilan taklifning narxdan va boshqa parametrlardan bog‘langanligini miqdoriy jihatdan ifodalamoq kerak.
Zamonaviy iqtisodiy nazariyaning aniqroq bo‘lishi, u o‘rganadigan iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy munosabatlarini o‘rganish uchun matematik instrumentdan kengroq foydalanishni taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda iqtisodchilar iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishda model tushunchasidan keng foydalanmoqdalar.
Model deganda, iqtisodiy jarayonning sxemasi, loyihasi, matematik formulalar bilan ifodalanishi tushuniladi. Bu erda kengroq ishlatiladigan modellardan biri iqtisodiy-matematik modellardir. Iqtisodiy matematik modellar, iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy munosabatlarini funksiya, tenglama, tengsizliklar orqali ifodalaydi.
Funksiya - bu matematik tushuncha bo‘lib, bog‘liq o‘zgaruvchi bilan erkin o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi miqdoriy bog‘liqlikni ifodalaydi.
Agar funksiya bitta bog‘liq o‘zgaruvchi bilan, bitta erkin o‘zgaruvchi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalasa, unga bir o‘zgaruvchili funksiya deyiladi va u quyidagicha yoziladi:

Agar funksiyada erkin o‘zgaruvchilar soni -ta bo‘lsa, , u holda o‘zgaruvchili funksiyani olamiz:

Bir o‘zgaruvchili funksiyaga misol sifatida narxga bog‘liq bo‘lgan talab funksiyasini qarash mumkin:

bu erda: - talab miqdori; - bir birlik mahsulot narxi.
Talab funksiyasi mahsulot narxi bo‘lganda, iste’molchi qancha maksimal miqdorda mahsulot sotib olishi mumkinligini ko‘rsatadi. Narx oshganda, talab miqdori kamayadi. Masalan, o‘quvchi daftariga bo‘lgan talab va daftar narxi o‘rtasidagi bog‘liqlik quyidagi jadvalda berilgan.


Bitta daftar narxi, so‘m ( )

10

20

30

Talab, (dona)

18

12

6

Bu jadvaldagi talab bilan narx o‘rtasidagi bog‘liqlik, teskari bog‘liqlikdir. Nima uchun deganda, narx (argument) o‘sishi bilan talab miqdori (funksiya qiymati) kamayib boradi.


Jadvaldagi bog‘liqlik grafik ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin (8-rasm):

Talab va narx o‘rtasidagi bog‘liqlik grafigi.

Jadvaldagi talab bilan narx o‘rtasidagi bog‘liqlik analitik, ya’ni funksiya shaklida berilganda u quyidagicha yoziladi:
,
yoki talab funksiyasiga teskari funksiya

ko‘rinishida yoziladi.
Ushbu funksiyalardagi va lardan biriga, uning jadvaldagi qiymatlarini qo‘ysak, mos holda ikkinchisining qiymatini aniqlaymiz. Umuman olganda, chiziqli bir o‘zgaruvchili talab funksiyasi quyidagicha yoziladi:

bu erda va , va parametrlar statistik ma’lumotlar asosida hisoblanadi.
CHiziqli talab funksiyasining grafigi quyidagi tartibda aniqlanadi. Narx bo‘lganda, talab bo‘ladi . Narx ga teng bo‘lganda, talab bo‘ladi. Olingan qiymatlar grafikda ifodalanib, talab chizig‘i grafigini olamiz: talab funksiyasi chiziqli bo‘lgani uchun, narx noldan gacha o‘zgarganda, talab ning qiymati to‘g‘ri chizig‘i ustida yotadi (9-rasm).


CHiziqli talab grafigi.
Endi yuqorida keltirilgan talab funksiyasi grafigini chizamiz (10-rasm).

Talab funksiyasining grafigi.


bo‘lganda, talab qiymati ga teng (grafikda u nuqta bilan belgilangan). Tovar narxi ga teng bo‘lganda, talab miqdori ga teng bo‘ladi (grafikda bu nuqta).
nuqta bilan nuqtani tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziq berilgan funksiya uchun talab chizig‘ini beradi.
Ko‘p o‘zgaruvchili talab funksiyasi, talab miqdorini unga ta’sir qiluvchi bir necha omillar asosida aniqlaydi.
Misol tariqasida non bozori modelini qanday aniqlanishini qaraymiz. Ma’lumki, nonga bo‘lgan talab, nonning narxi ga va iste’molchining daromadi ga bog‘liqdir va bu bog‘liqlik quyidagicha ifodalanadi.
. (1)
Bu holda ko‘p o‘zgaruvchili talab funksiyasi ikki o‘zgaruvchidan: non narxi va iste’molchi daromadi dan bog‘liq.
Non pishiruvchilar tomonidan taklif qilinadigan non miqdori nonning narxi dan va unning narxi ga bog‘liq, deb qaraylik. U holda taklif funksiyasi
, (2)
ko‘rinishda yoziladi.
Non bozoridagi nonga talab va taklifning bir-biriga teng bo‘lishi sharti
(3)
bo‘ladi. (1), (2) va (3) munosabatlar non bozori modelini beradi.
Misol. Nonga bo‘lgan ikki omilli talab funksiyasi berilgan:

Bu funksiya orqali berilgan non narxi va iste’molchi daromadida nonga talab qancha ekanligini aniqlash mumkin. Agar non narxi =20 so‘m, daromad 250 so‘m bo‘lsa, nonga talab
bo‘ladi.
Agar iste’molchi daromadi o‘zgarmas bo‘lib, =250 so‘mga teng bo‘lsa, u holda bir omilli nonga talab funksiyasini olamiz:
,
yoki non narxi bo‘lib, o‘zgarmas bo‘lsa, biz daromadga bog‘liq nonga talab funksiyasini olamiz.
.
Talabga narxdan boshqa barcha ta’sir qiluvchi omillarni hisobga oladigan bo‘lsak, ko‘p omilli talab funksiyasi quyidagicha yoziladi;

bu erda - talab; - daromad; - iste’molchi didi; - kutish; - o‘rnini bosuvchi tovarlar narxi; - komplektga kiruvchi tovarlar narxi; - xaridorlar soni; - boshqa omillar.
SHunday qilib, ko‘p omilli talab funksiyasi yordamida, talab miqdorining unga ta’sir qiluvchi omillar (yoki bir qator omillar ta’siri o‘zgarmas bo‘lganda qolgan omillar) ta’siri bo‘yicha o‘zgarish qonuniyatlarini tahlil qilish mumkin.
Talab qonuni bo‘yicha narxdan boshqa omillar ta’siri o‘zgarmaganda, narxning o‘sishi bilan talab miqdori kamayib boradi (ya’ni, o‘smaydi).
Bozor talabi chizig‘ini aniqlash uchun, birinchi navbatda statistik ma’lumotlar va iste’molchi didi hamda odatiga ko‘ra, alohida xaridorning talab funksiyasi aniqlandi va undan keyin ushbu individual talab chiziqlari gorizontal qo‘shiladi.
Bir o‘zgaruvchili taklif funksiyasi quyidagi ko‘rinishda yoziladi:
,
bu erda - tovarga bo‘lgan talab miqdori;
- bitta tovar narxi.
Taklif funksiyasi bir birlik tovar narxi bo‘lganda tovar sotuvchilar maksimal darajada qancha miqdorda tovar taklif qilishini ko‘rsatadi. Uning grafigi, talab funksiyasi grafigiday aniqlanadi.
Masalan, chiziqli taklif funksiyasi berilgan bo‘lsin:
,
bu taklif funksiyasi tovar narxiga bog‘liq bo‘lib, bu bog‘liqlik musbatdir, ya’ni narx (argument) o‘sishi taklifning (funksiyaning) o‘sishiga olib keladi. Taklif funksiyasi o‘suvchidir. Taklif funksiyasi grafigi talab funksiyasi grafigi kabi aniqlanadi.
Taklifning taklif chizig‘i bo‘yicha o‘zgarishiga, taklif miqdorining o‘zgarishi deyiladi. Taklif miqdorining o‘zgarishi, ya’ni taklifning taklif chizig‘i bo‘yicha o‘zgarishi, faqat narx ta’siri ostida bo‘ladi. Narxdan boshqa taklifga ta’sir qiluvchi omillar taklif chizig‘ini unga pastga yoki chapga-yuqoriga siljitadi. Taklif chizig‘ining o‘zini o‘ngga yoki chapga siljishiga taklifning o‘zgarishi deyiladi.
Taklifmiqdorinarxdantashqariboshqaomillargahambog‘liqdir:

  • Ishlabchiqarishtexnologiyasi, (texnologiyadarajasiningo‘sishi, taklifchizig‘inio‘nggasiljitadi, nimauchundeganda, yangitexnologiyaishlabchiqarishxarajatlarinikamaytiradivaishlabchiqaruvchiberilgannarxdako‘proqmahsulotishlabchiqarishimkoniyatigaegabo‘ladi);

  • Resurslarnarxi (resurslarnarxioshganda, ishlabchiqarishxarajatlarioshadi, natijadaberilgannarxdaishlabchiqaruvchikamroqmahsulotishlabchiqarib, taklifqiladi, natijadataklifchizig‘ichapgasiljiydi, resurslarnarxikamayganda, yuqoridagiholatningaksibo‘ladi, ya’nitaklifoshadi, natijadataklifchizig‘io‘nggasiljiydi);

  • Ushbumahsulotniishlabchiqaruvchilarsonioshganda (ishlabchiqaruvchilarsoniningoshishi, umumiytaklifchizig‘inio‘nggasiljitadi);

  • Soliqlarvadotatsiyalar (soliqningortishinatijasida, taklifqilinadiganmahsulotmiqdorikamayadi, shusabablitaklifchizig‘ichapgasiljiydi; dotatsiyaberilgandayuqoridaginingaksibo‘ladi, ya’nitaklifchizig‘io‘nggasiljiydi).

Ko‘pomillitakliffunksiyasiquyidagiko‘rinishdabo‘ladi.
Yüklə 98,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə