Talabalari uchun darslik


xromosomalardagi genlarning joylashish tartibi va o ‘rni o ‘zgaradi



Yüklə 35,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/268
tarix23.12.2023
ölçüsü35,12 Kb.
#154969
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   268
Genetika (A.G\'ofurov, S.Fayzullayev)

xromosomalardagi genlarning joylashish tartibi va o ‘rni o ‘zgaradi.
Paxinemaning oxirgi bosqichida va keyingi bosqich 
diplonemada
kon'yugatsiyalashgan gomologik xromosomalaming bir-biridan ajralishi
yuz beradi. Gomologik xromosomalar odatda uchki qismi bilan bir-biridan
ajrala boshlaydi va natijada X ga o ‘xshash shakllari hosil bo‘ladi. Bu
holat 
xiazma 
deyiladi. Xiazmalar soni gomologik xromosoma uchlarini
harakatlanishi tufayli asta-sekin kamayadi. Profaza I ning oxiigi bosqichi
bo‘lgan 
diakinezda 
gomologik xromosomalar spirallashishi hisobiga
qisqarib, yo‘g‘onlashadi. Bivalentlar soni gaploidga aylanadi. Bu bosqichda
yadrochalar va yadro qobig‘i yo‘qoladi.
Metafaza I 
da xromosomalar o ‘z sentromerlari bilan birgalikda
ekvatorda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab joylashadi. 
Anafaza I 
da gomologik
xromosomalar xromatidalarga ajralgan holda qarama-qarshi qutblarga
tarqaladi. Oqibatda qiz hujayralaming yadrosida xromosomalar soni teng
ikki hissaga kamayadi. Har bir juftdagi ota va ona xromosomalari istalgan
qutblarga teng imkoniyatlarda tarqalishi mumkin.
Reduksion bo‘linishning keyingi fazasi 
telofaza I 
bo‘lib, u qisqa vaqt
davom etadi. Bu bosqichda xromatinlaming despirallashishi, yadro qobigfci
hosil bo‘ladi. 
Telofaza I 
dan so‘ng doima ham sitokinez уа’ш sitoplazmaning
bo‘linishi ro‘y beravermaydi. Ba’zan bu jarayon meyozning ikkinchi
bo‘linishidan so‘ng amalga oshadi.
Profaza
iPa\inema 
Diplonem 
Diakinez 
Metafaza II
Metafaza
Anafaza ^
A
Anafaza

Yüklə 35,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə