Talabalarini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va


-o‘quv savoli. Tuzilmalar shaxsiy tarkibini zilziladan oldin harakat



Yüklə 162,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix24.12.2023
ölçüsü162,5 Kb.
#160384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
2-MAVZU

2-o‘quv savoli. Tuzilmalar shaxsiy tarkibini zilziladan oldin harakat 
qilishga tayyorlash 
Ma’lumki, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan 
fuqarolar turli vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatishadi. Favqulodda 
vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga 
(keyingi o‘rinlarda – FVDT) kiruvchi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya 
hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari, xodimlari, ishchi va 
xizmatchilari hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy 
xizmatchilari FVDTning aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli 
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha yillik asosiy tadbirlar rejasiga 
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘i tomonidan 
o‘tkaziladigan yig‘inlar va o‘quv mashqlarida, shuningdek 3 yilda bir marta jamlash 
rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi 
akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutining malaka oshirish va qayta 
tayyorlash o‘quv kurslarida, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar 
vazirligi akademiyasi huzuridagi Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish 
markazida, Hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hayot faoliyati xavfsizligi 
o‘quv markazlarining malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida amalga 
oshiriladi. Bundan tashqari, tashkilotlarning xodimlari, ishchi va xizmatchilari 
hamda harbiy xizmatchilar - doimiy ravishda tayyorlash dasturlariga muvofiq, 
xizmat va ishdan ajralmagan holda, xizmat va ish joylarida tashkil etiladigan ob’yekt 
o‘quv mashg‘ulotlarida tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. 
Mazkur mashg‘ulotlarda kuchli zilzilalar oqibatida yuzaga kelishi mumkin 
ikkilamchi tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan 
muxofazalanishga o‘rgatiladi. Xususan, aholi turar-joy binolari, ijtimoiy 
ob’yektlarda va tashkilotlar tasarrufidagi bino va inshootlarda kuchli zilzila 
oqibatida binolarning qulashi bilan bog‘liq, shuningdek iqtisodiy o‘ta muhim va 
toifalangan ob’yektlarda, energetika va kommunal tizimlarda avariya, yong‘in va 
portlashlar bilan bog‘liq ikkilamchi favqulodda vaziyatlar shular jumlasidandir. 
Yirik favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish borasidagi ilg‘or xorij 
tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ularning oldini olish chorasini ko‘rish va bunga erishish, 
sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etishga qaraganda iqtisodiy jihatdan tejamli va 
samarali hisoblanadi. Shu boisdan, respublikada aholi va hududlarning seysmik 
xavfsizligini ta’minlash maqsadida, zilziladan oldin FVDT funksional xizmatlari 
tomonidan kuchli zilzilalarning muddatli prognozlariga muvofiq zilziladan oldin 
tegishli chora-tadbirlar kompleksi rejalashtirilishi va amalga oshirilishi muhim 
ahamiyat kasb etadi. 



Ta’kidlash kerakki, Favqulodda vaziyatlar Akademiyasi huzuridagi Fuqaro 
muhofazasi institutida tinglovchilarni tayyorlash quyidagi guruhlarga taqsimlangan 
holda olib boriladi: 
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri favqulodda 
vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hududiy komissiyasi raislari 
o‘rinbosarlari, komissiya a’zolari. 
2.
Tuman 
va 
shaharlar 
favqulodda 
vaziyatlarni 
oldini 
olish
va bartaraf etish hududiy komissiyasi raislari, ularning o‘rinbosarlari. 
3.
Vazirliklar, 
kompaniyalar, 
konsernlar, 
uyushmalar, 
banklar
va boshqa idoralar fuqaro muhofazasi boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari. 
4.
Toifalangan ob’yektlar rahbarlari va fuqaro muhofazasi bo‘yicha 
mutaxassislari. 
5.
Evakuatsiya komissiyasi raislari, ularning o‘rinbosarlari. 
6.
Oliy ta’lim muassasalarining “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani pedagog 
xodimlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy Hayot faoliyati xavfsizligi 
o‘quv markazlari o‘qituvchilari. 
7.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot 
ob’yektlari faoliyatining barqarorligini oshirish komissiyasi raislari va ularning 
o‘rinbosarlari. 
8.
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining fuqaro muhofazasi 
bo‘yicha mutaxassislari, ishlab chiqarish-iqtisodiyot ob’yektlari fuqaro muhofazasi 
mutaxassislari va xodimlari. 
9.
O‘zbekiston Respublikasi vazirlik, idora, tashkilot va muassasalar, 
mahalliy hokimiyat organlarining safarbarlik ishlari bo‘yicha mas’ul rahbar va 
xodimlari. 
Shuni alohida qayd etish kerakki, Institutda tinglovchilarga quyidagi 
mavzularda mashg‘ulotlar o‘tishda favqulodda vaziyatlar qatorida kuchli zilzila va 
uning ikkilamchi oqibatlari, undan muxofazalashi masalalariga qisqacha to‘xtalib 
o‘tiladi: “Favqulodda vaziyatlar va ularning tasnifi”; “Aholi va hududlarni 
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish”; “Aholi va hududlarni favqulodda 
vaziyatlardan muhofaza qilishni tashkil etish”. 
Bundan tashqari, Institut Favqulodda vaziyatlar simulyatsiya markazida 
zilzilani sun’iy simulyatsiya qilib beruvchi maxsus qurilma mavjud bo‘lib, ushbu 
qurilma yordamida sodir bo‘lgan turli xil zilzilalar simulyatsiya qilinadi va zilzilada 
qanday amaliy harakat qilish lozimligi videofil’mlar orqali hamda amalda ko‘rsatib 
beriladi. Ushbu markazda zilzila tarixi muzeyi, eksponatlar zali, psixologik 
tayyorgarlik xonasi, tibbiy yordam xonalari mavjud bo‘lib, bu joylarda tinglovchilar 
zilzilaning kelib chiqish sabablari, sodir bo‘lgan zilzilalar va ularning oqibatlari, 
jarohatlanishlarda yordam ko‘rsatish turlari va boshqalar haqida to‘liq ma’lumotlar 
va taassurotlarga ega bo‘lishadi. 
Institutda tahsil olayotgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band 
bo‘lgan fuqarolarni zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga 
tayyorlash tizimi samaradorligini yanada oshirish maqsadida, zilziladan oldin, 
zilzila paytida va zilziladan keyin to‘g‘ri harakat qilish qoidalari hamda zilzila 



oqibatlarini bartaraf etish masalalari quyidagi mavzularda nazariy jihatdan o‘quv 
savoli sifatida atroflicha yoritib berilishi mumkin:
-“Evakuatsiya organlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish”;
- “Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro 
muhofazasi tadbirlarini rejalashtirish”;
- “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tartibi”;
- “Iqtisodiyot ob’yektlari faoliyatining favqulodda vaziyatlar sharoitida 
barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari” va hokazo. 
Institut o‘quv dasturiga kiritilgan, ushbu mavzular doirasida zilziladan oldin, 
zilzila vaqtida va zilziladan keyin amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar va 
tadbirlar haqida to‘liq tushuncha berish mumkin. Xususan, evakuatsiya 
organlarining faoliyatini tashkil etishga oid mavzuga zilzilada evakuatsiya 
tadbirlarini amalga oshirishni, fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtirish 
mavzusiga zilziladan oldin rejalashtirish mumkin bo‘lgan tadbirlarni, aholini 
tayyorlash mavzusiga aholining zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyingi 
harakatlarni kiritish mumkin. Buning uchun zilzilaga oid barcha ma’lumotlarni o‘z 
ichiga olgan darslik ishlab chiqilishi lozim. 
Joylarda Hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining Hayot faoliyati 
xavfsizligi o‘quv markazlarida kuchli zilzila va uning oqibatlari haqida bilim berish 
uchun quyidagi mavzularda mashg‘ulotlar olib boriladi: 
“Tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish”; 
“Geologik xavfli jarayonlar”;
“Aholi va hududlarni tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza 
qilishni tashkil etish”.
“Favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilganda va sodir bo‘lganda aholini 
ko‘chirish tadbirlarini tashkillashtirish”; 
“Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni 
bartaraf etishga tayyorlash”. 
Ushbu mavzularda zilzilaga oid o‘quv savollari kiritilgan. Biroq, ta’kidlash 
kerakki, joylardagi hududiy o‘quv markazlarida Fuqaro muhofazasi institutidagi 
kabi zilzilani simulyatsiya qilib beruvchi qurilmalar mavjud emas. talab etiladi.
Kelgusida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan 
fuqarolarni kuchli zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarga tayyorlash tizimini 
takomillashtirish bo‘yicha quyidagilar tavsiya etiladi: 
1.
Fuqaro muhofazasi institutida zilzila va uning ikkilamchi oqibatlariga oid 
barcha 
ma’lumotlarni 
jamlagan 
darslik 
ishlab 
chiqish.
Ushbu darslik yordamida rejalashtirish, evakuatsiya, barqarorlikni ta’minlash, 
ta’minot, xabar berish, muhandislik-texnik tadbirlar va boshqa mavzularini zilzila 
bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda ushbu tadbirlarni amalga oshirishga oid 
mavzular bilan to‘ldirish mumkin.
2.
Aholini zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga 
tayyorlashda 
simulyatsiya 
markazining 
o‘rni 
kattaligini 
hisobga
olib joylardagi o‘quv markazlarini ko‘chma mobil’ zilzilani simulyatsiya qilish 
qurilmalari ta’minlash.



3.
Ishlab 
chiqarish 
va 
xizmat 
ko‘rsatish 
sohasida 
band
bo‘lgan 
fuqarolarni 
ish 
joylarida 
zilziladan 
oldin, 
zilzila 
vaqtida
va zilziladan keyin to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha nazariy va amaliy o‘quv 
mashg‘ulotlari o‘tkazish. 

Yüklə 162,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə