Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish


Talabalar mustaqil ishini baholash



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix28.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
алижанов захидов мустакил иш курсатма

Talabalar mustaqil ishini baholash. 
TMI natijalari amaldagi “Oliy ta’lim 
muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi toʻgʻrisidagi 
Nizom”ga asosan baholab boriladi.

 
MA’RUZA VA SEMINAR MASHGʻULOTLARIDA OʻTILADIGAN 
MAVZULAR 
Oliy oʻquv yutlarida talabalarning oʻqishini tashkil qilishning asosiy shakli - 
ma’ruza hisoblanadi. Ma’ruza - lotinchadan - oʻqish - oliy maktabda oʻqitishning 
bir turi; bunda oʻqituvchi oʻquv materialini ogʻzaki bayon qilib beradi. Ma’ruzada 
asosan nazariy materiallar; fizika kursining asosiy gʻoyalari, tushunchalari, 
qonunlari, nazariyalari va amaliy masalalari bayon qilinadi. Demak ma’ruzada 
muhokama qilinuvchi masalalarni toʻgʻri tanlash, ularni tizimli tushuntirish, ularni 
oʻqitishning boshqa shakllari orqali rivojlanishini va mustahkamlanishini 
ta’minlash, har bir oʻqituvchi - ma’ruzachining vazifasidir. 
Fan dasturiga asosan ma’ruzada quyidagi mavzular oʻtiladi: 
ta’lim tizimiga oid qarorlar, farmoyishlar, Milliy dasturning maqsadi, 
vazifalari va uni roʻyobga chiqarish bosqichlari. Kadrlar tayyorlashning milliy 


15 
modeli. Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari. Hozirgi 
davrda oʻqtuvchilik kasbi va uning jamiyatda tutgan oʻrni; 
fanning maqsadi va vazifasi. Fizika fanini oʻqitish metodikasining paydo 
boʻlishi va rivojlanishi. Fizika fanini oʻqitish texnologiyalari va vositalari.
Fanning mutaxassis tayyorlashda tutgan oʻrni. Fanlararo bogʻlanish. Fan sifatida 
uning ilmiy tekshirish metodlari. Fizikani tabiiy va gumanitar fanlar bilan 
boglanishi; 
fizika oʻqitish metodikasining asosiy masalalari, ilmiy, ta’lim-tarbiyaviy 
dunyoqarashlari. Umumiy oʻrta ta’lim tizimida fizika oʻqitish metodikasi. Umumiy 
oʻrta ta’lim maktablari va mutaxassislashtirilgan maktablarda fizika oʻqitishning 
asosiy maqsadlari; 
fliy ta’lim tizimida fizika fanini oʻqitishning mazmuni va vazifazari. Oliy 
oʻquv yurtlarida umumiy fizika kursi boʻyicha talabalarning oʻquv ishlarini 
tashkillashtirish. Fizika oʻqitishda ma’ruzaning roli; 
fizika masalalarini klassifikatsiyalash. Fizikaviy masalalarni turli usullarda 
yechish metodikasi. Fizika fanini oʻqitish metodikasi boʻyicha amaliy 
mashgʻulotlar va seminarlar; 
namoyish tajribalarini tayyorlash va kursatish metodikasi va texnikasi. 
Oʻquv eksperimentlari, laboratoriya praktikum ishlarini oʻtkazish usullari va 
texnikasi; 
fizika oʻquv mavzulariga pedagogik texnologiyalarni qoʻllash usullari; 
fizika oʻquv mavzulariga axborot texnologiyalarni qoʻllash usullari. Fizikani 
oʻqitishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish; 
oʻqitishning asosiy formasi-dars. Dars turlari va tuzilishlari, yangi materialni 
oʻrganish, bilimni shakllantirish, bilimlarni chuqurlashtirish va umumlashtirish, 
bilimlarni tekshirish va baxolash; 
fizikani umumiy oʻrta ta’lim bosqichlarida oʻqitish metodikasi; 
fizika boʻlimi mavzularini oʻqitish uslublari. Fizikadan oʻquv materialini 
rejalashtirishga qoʻyiladigan uslubiy talablar. Turli darslarga oʻqituvchining 


16 
tayyorgarligi, 
reja-konspekt 
tuzish, 
seminar 
va 
konferensiya 
darslarini 
rejalashtirish; 
fizikadan fakul’tativ va maxsus kurslarni tashkil etish va oʻrgatish uslublari; 
oliy oʻquv yurtlarida ma’ruza, laboratoriya, amaliy va seminar 
mashgʻulotlarini tashkil qilish usullari. Fizika oʻqitishda oʻquvchilarni mustaqil 
ishlarga oʻrgatish; 
oʻquvchi bilimlarini tekshirish va baxolash kriteriyalari. bilimlarni ogʻzaki. 
yozma tarzda va laboratoriya ishi natijalarini tekshirib baxolashda reyting tizimi. 
Muallimlik amaliyotini oʻtkazish uslubi va texnikasi. 
Ma’ruza mashgʻulotini oʻtkazilishiga va talablarning oʻzlashtirishiga qarab 
quyidagi 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə