Ta’lim muassasalarida va o’zbek oilalarida bolalar ma’naviyatini shakllantirishda kitobxonlikning o’rni



Yüklə 226,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix07.01.2023
ölçüsü226,92 Kb.
#98305
1   2   3   4
ta-lim-muassasalarida-va-o-zbek-oilalarida-bolalar-ma-naviyatini-shakllantirishda-kitobxonlikning-o-rni


Keywords: 
personality, book, reading, ethics, culture, spirituality, society, 
virtue, development. 
KIRISH 
Bugungi kunda oilada bolalarning kitobxonlik ma’daniyatini rivojlantirish 
dunyoning ko’plab mamlakatlari uchun dolzarb ustuvor vazifa bo’lib qolmoqda, 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
796


chunki kitobxonlik boshqa barcha sohalarni o’rganish uchun asos bo’lib, har bir 
davlatlarda iqtisodiy farovonlikka erishish kitobxonlik ko’nikmalari bilan 
chambarchas bog’liq, deb yoritiladi (YUNESKO, 2005). Respublikamizda bugungi 
kunda juda katta islohotlar olib borilmoqda. Bolalarga singdirilgan bilim va 
qadriyatlar uning kelgusidagi hayotini belgilab berishi sababli barkamol shaxsni 
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
O’zbek xalqi azaldan kitobxon xalq bo’lgan. Ajdodlarimiz kitob mutoalasi bilan 
muntazam shug’ullanganlar. Bolalarda juda yoshlikdan boshlab kitobxonlik 
madaniyati 
ko’nikmalari 
shakllantirilgan. 
O’tmishda 
bolalarda kitobxonlik 
madaniyatini shakllantirish ota-onalar, enagalar, murabbiylar zimmasida bo’lgan. 
Ko’pgina ziyoli, ma’rifatli oilalarda juda katta miqdordagi kitoblar saqlangan. Yirik 
kutubxonalar olimlar va zadogonlar ixtiyorida bo’lgan. Madrasalarda ham kitob 
mutolaasi bilan toliblar izchil shug’ullanishgan. Bugungi kunda mana shu muqaddas 
meros va qadriyatga sadoqat sifatida oilalarda o’quvchilarda kitobxonlik 
madaniyatini shakllantirish ehtiyoji vujudga kelmoqda.
Bugungi kunda faxrlanib, moddiy meros borasida ham, ma’naviy meros 
borasida ham dunyoning sanoqli mamlakatlarigina bizning davlatimiz bilan bellasha 
olishi mumkin deb, baralla ayta olamiz. Asrlar osha qanday yutuq va marralarga 
erishgan bo’lsak, albatta, buning zamirida halqimizni kitobga bo’lgan mehr va 
mutolaaga bo’lgan ishtiyoqi mujassam bo’lgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3271 sonli 
“Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi 
va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora 
tadbirlar dasturi to’g’risida”gi qarori bunga yaqqol misol qilishimiz mumkin.Ushbu 
qaror doirasida kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, 
kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha 
kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. 
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review). 
Kitobxonlik 
madaniyati-shaxsning o’z kuch-quvvati, imkoniyatlari, qiziqishlarini kitob o’qishga 
safarbar qilishining muayyan darajasidir. O’quvchilarda o’z o’quv faoliyatlari 
davomida kitob o’qish, uni tahlil qilish va mazkur asar haqidagi o’z fikrlarini bayon 
etish kabi ko’nikmalar shakllanadi. Kitobxonlik madaniyati mazkur sohada 
o’quvchining yetukligini ham ifodalaydi. Kitobxonlik madaniyati - rivojlangan 
tamaddunlar davrida butun insoniyatga xos bo’lgan ma’rifiy-ta’limiy hodisadir. U 
ta’lim-tarbiya natijasida bolalarda hosil qilinadigan ko’nikmalar, qiziqishlar, ijodiy 
imkoniyatlarni ham ifodalaydi.
Yosh avlod ma’naviyatini shakllantirishda ular ongi va qalbiga milliy istiqlol 
g’oyasini singdirish asosida o’z Vataniga, xalqiga mehr-muhabbat va sadoqat 
tuyg’ularini paydo qilish, o’zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
797


ruhida tarbiyalash, ular ongi, dunyoqarashi, tafakkurini o’zgartirish, mamlakatimizda 
sodir bo’layotgan islohotlarning mohiyatini anglab olishiga erishish muhimdir. 
Bularning barchasidan yosh avlodni ba’zan yot ta’sirlarga berilib ketishidan saqlash, 
iymonli, e’tiqodli, dunyoqarashi keng qilib tarbiyalash zaruriyati kelib chiqadi. 
Bunday avlod, albatta, dastavval oila muhitida tarbiyalanadi. 
Demak, 
har 
qanday 
davlatning 
kelajagi 
yosh 
avlodning 
qanday 
tarbiyalanganligiga bog’liq, chunki, kelajak ularning qo’lida bo’ladi. Yosh avlod 
tarbiyasining samaradorligi uni qanchalik erta boshlanishi bilan uzviy bog’iqdir.
Ayniqsa, bugungi kunda yosh avlodni ma’naviy-axloqiy barkamol etib 
tarbiyalashni 
davrning 
o’zi 
taqozo 
etmoqda. 
Shunday 
ekan, 
mustaqil 
respublikamizning kelgusi taraqqiyoti, uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy 
rivojlanishi hozirgi davrda hayotga qadam qo’yayotgan yosh avlodga, ularning 
kamolotiga bevosita bogliqdir. Demak, jamiyat istiqboli ham, halqimiz istiqloli ham 
har tomonlama yetuk, komil insonlarni tarbiyalab voyaga yetkazishni taqozo etadi. 
Kitobxonlikka mehr uyg’otish bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatiga ega 
bo’lgan jarayondir. Shuning uchun ham Respublikamizda ushbu jarayonga katta 
ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa bolalarga atalmish vaqtni matbuot, bolalar kitobi, 
kitobxonlikka mehr uyg’otish ta’lim tarbiya berishda juda katta ahamiyat va o’rinni 
egallaydi. 
Bobolarimiz butun ro’yi olamni, Yerni xam, samoni xam bilim bilan, tafakkur 
va kitob bilan zabt etgan. Seryulduz osmon Mirzo Ulug’bek bobomizning duraxshon 
kutubxonasiga o’xshaydi. Termiziylardan Buxoriylargacha, Ibn Sinolaru Beruniylar
Ulug’beklaru Farg’oniy va Xorazmiy bobolargacha jaxonni aqlu zakovat, ilmu 
xikmat bilan egallagan buyuk jaxongirlar bo’lgan.
Buyuk adabiyot namoyondalari kitobga tafakkurning tolmas qanoti, deb ta’rif 
berganlarida, u inson ma’naviy olamini boyitishini nazarda tutganlar. Kitob Vatanga 
muxabbat, yurtga sadoqat, odamlarga mexr-oqibat tuyg’ularini kamol toptirishning 
eng yaxshi vositasi sifatida qadrlanadi. 

Yüklə 226,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə