Ta’lim muassasalarida va o’zbek oilalarida bolalar ma’naviyatini shakllantirishda kitobxonlikning o’rni



Yüklə 226,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix07.01.2023
ölçüsü226,92 Kb.
#98305
1   2   3   4
ta-lim-muassasalarida-va-o-zbek-oilalarida-bolalar-ma-naviyatini-shakllantirishda-kitobxonlikning-o-rni

Tadqiqot metodologiyasi (Research Metodology). 
Kitobxonlik ma’daniyatini 
oshirish va kitob o’qish - bu muammolarni bartaraf etish uchun asosiy vositadir. Bola 
dunyoni anglashi uchun olib boradigan birinchi qadamlar kitobdir. Bu esa oilada 
kitobxonlik asosida amalga oshiriladi. Bola uchun, oilaviy birgalikda kitob o’qish 
alohida ahamiyatga ega, bu nafaqat oilaviy yaxshi an’ana, bu donolik va hayotda juda 
katta saboq bo’lib, ko’p funksiyalarini amalga oshiradi. 

Birinchidan, kattalarning o’qishini tinglab, bola faol o’ylaydi, voqealar 
haqida taxmin qiladi, o’z tajribasini boshqalar tajribasi bilan solishtiradi, o’zini kitob 
qahramon o’rniga qo’yib ko’radi. 

Ikkinchidan, ota-onalar o’qiyotganda, bola fantaziya qiladi, rang-barang 
tasvirlarni, kitobdagi voqealar davomiyligini tasavvur qiladi, kitob qahramonlari 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
798


yashaydigan dunyoni hayolan ko’z oldiga keltiradi, endigina kitob o’qishni o’rgangan 
bola qachon va qanday o’qiydi, bu jarayonga u juda ko’p kuch sarflaydi. Kitob 
ichidagi tasvirlarni to’laqonli yaratish va matnni idrok etish orqali qiziqishi ortadi, 
bolani hissiy jihatdan bog’laydi. Shu bilan birga, fantaziyaning rivojlanishi bu ijodkor 
shaxsni shakllantirish yo’lidagi eng muhim omildir. Buning uchun bola albatta 
kitobni ovoz chiqarib o’qishi kerak. 

Uchinchidan, kattalar tomonidan kitob o’qiyotganda, bola tinglashni 
o’rganadi. Birovning gapini bo’lmaslik, semantik urg’ularni farqlash, turli 
intonatsiyalarni eshitish shular jumlasidandir. Bundan tashqari, eshitish xotirasi 
shakllanadi, bola yaxshi yodlashni boshlaydi. 

To’rtinchidan, oilaviy kitobxonlik bu birgalikdagi o’yin-kulgi va eng muhimi 
muloqot shakllanish jarayonidir. Ota-onalar va bolalar umumiy manfaat va umumiy 
sababga ko’ra muloqot qiladilar. Bu esa xulq-atvor bilan birga bolaga to’liq e’tibor 
berishni anglatadi. Loyiha doirasida o’tkazilgan so’rovnomadagi "Siz kim bilan va 
nimalarni o’qishni hohlaysiz?" nomli savolga bir yoshdan o’n yoshgacha bo’lgan 
bolalar ko’pchiligi ota-onalari bilan muloqot qilishni xohlashadi: birgalikda onam 
(dadam) bilan ertak o’qish, ular bilan birgalikda qahramonlar haqida suhbatlashish, 
qahramonlarning quvonchi, tashvishi, qayg’usini birgalikda bo’lishish, o’z ona tili 
so’zlarining go’zalligi va ma’nosini ochib beradi deb hisoblashdi. 
Ma’lumki, har bir oila o’ziga xos an’anaga, boy ijodiy-intellektual boylikka ham 
ega. Ana shu ma’naviy-madaniy boylikni o’rganish, undan jamiyat taraqqiyotida 
foydalanish, kelgusi avlodlarga yetkazish uchun ham bilim va tafakkur manbai 
kitobxonlikni oilada va maktabdan boshlamoq zarur. Lekin bu muammo 
O.Sharofuddinov ta’kidlaganidek, Keng ma’nodagi kitobxonlik masalasi faqat 
chaqiriqlar - u da’vat bilan, xitob-u shiorlar bilan hal bo’ladigan masala emas... 
ma’naviyat masalalariga juda katta ahamiyat berayotgan, uni har bir fuqaro qalbiga 
yetkazish tadbirlarini juda jiddiy o’ylayotgan jamiyat bu yo’ldagi dasturiga 
kitobxonlik dasturini ham qo’shib qo’ymasa bo’lmaydi.
Olim buni bejiz ta’kidlamaydi. Chunki, bolalarni kitob vositasida tarbiyalash 
juda qiyin jarayon. Ana shu jarayonda o’qilayotgan kitoblardagi barcha hodisa-
voqealar ota-ona, oilaning boshqa a’zolari va bolalar uchun tushunarli bo’lishi, 
bolalarda insoniy fazilatlarni tarbiyalashi, bilim berishi, ezgulikni his etishga 
yo’llashi zarur. Ana shu taqdirdagina kitobxonlik o’quvchi ma’naviyatini 
shakllantirishga yordam beradi. Bunda ota-onaning ma’naviy dunyosi, xulq-odobi, 
orzu-umidlari, hayotiy tajribasi, an’analari, kasbi katta yordam beradi. Chunki, kitob 
bolani dunyoni anglab olishi bilan bir qatorda ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, 
uning xarakterini tarkib topdiradi, hayot va turmush ziddiyatlarini qanday qilib 
yechish yo’llarini tushunib yetadi. Bu hislatlarni egallab olgan har bir bola yuksak 
ma’naviyatli shaxs bo’lib yetishadi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
799


Kitobning inson hayoti, kishilik jamiyati ma’naviy taraqqiyotidagi beqiyos o’rni 
qadimdan ma’lum. U dunyoni tanish, bilim berish bilan birga go’zallikka muhabbat 
uyg’otish, undan zavqlanish, yovuzlikdan nafratlanish tuyg’usini paydo qiladi. 
Bolalar kitobxonligini tashkil qilishda ota-onalar zimmasiga nihoyatda murakkab va 
mas’uliyatli vazifa yuklanadi. Buning uchun ota-onalarning o’zi ham yuksak gandga 
ega bo’lishlari kerak. 
Shunday qilib, ma’naviyatning tarkibiy tizimini quyidagilar tashkil qiladi: 

axloqiy qarashlar; 

diniy qarashlar; 

badiiy qarashlar; 

falsafiy qarashlar; 

siyosiy qarashlar; 

huquqiy qarashlar; 

ilmiy qarashlar. 
Bularning barchasi kitob mutolaasi asosida amalga oshadi.
Tahlil va natijalar (Analysis and results). 
Oilada va ta’lim muassasalarda kitob 
vositasida bolalar ma’naviy shakllantirish quyidagi prinsiplar asosida olib borish 
samarali natijalar berishiga tadqiqotlar jarayonida ishonch hosil qildik.
- bolalarning yoshi va tayyorgarlik darajasiga mos kitoblarni tanlash;
- oilada va ta’lim muassasalarda kitob zahirasini hosil qilish;
- oilada va ta’lim muassasalarda bolalarning kitob o’qishini kuzatish va kitob 
o’qishni tizimli tashkil etish;
- kitob o’qishda ibrat-namuna ko’rsatish;
- oilada va ta’lim muassasalarda o’quvchilarda kitobga mehr uyg’otish va 
kitoblarni avaylab asrash ko’nikmasini hosil qilish;
- kitob o’qishning samarali metod va usullaridan foydalanish;
- o’qilgan kitoblarni hisobga olib borish va ular haqidagi fikrlarni aniqlab 
borish;
- kitob o’qishni bosqichma-bosqich olib borish;
- bolalarni o’qigan kitoblari yuzasidan fikr yurita olishga o’rgatish;
- o’quvchini kitob o’qishga majbur qilish emas, ularda xohish - istak uyg’otish 
dan iboratdir. 
Xulosa 
va 
takliflar. 
O’zbekistonda 
bolalarning 
aqliy 
rivojlanish 
imkoniyatlaridan to’laroq foydalanishga, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot talabiga 
muvofiq bolalar tarbiyasi ro’lini oshirishga yo’naltirilgan bir qancha tadqiqodlar olib 
borilmoqda. Bolalar tarbiyasida bola shaxsiyatini, uning boshqalar bilan o’zaro ijobiy 
munosabatini shakllantirish, axloqiy tasavvurlarni rivojlantirish, vatanparvarlik 
hissiyotlarini uyg’otishga alohida e’tibor beriladi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
800


Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror 
toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual 
salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga 
muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda 
beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor 
qaratilmoqda.
Bolalarni oilada mehnatga o’rgatish, ularni estetik tarbiyasi ham muhim 
vazifalardandir. Bolalarning aqliy, ruhiy va axloqiy diniy tarbiyasi, ma’naviy yuksak 
qilib tarbiyalashning asosi bu bilimdadir. Yosh avlodni bilimli, ma’rifatli va 
madaniyatli qilib tarbiyalash muommolari esa bevosita kitob va kitobxonlik 
masalalarining qay darajaga ko’tarilgani bilan bog’liqdir.
Kitobxonlik madaniyati juda keng ma’nodagi tushuncha bo’lib, kitobga qiziqish 
va uni sevish, adabiyot bilan kengroq tanishib, kitob bilan ishlash haqidagi maxsus 
bilimlarga ega bo’lish, shuningdek kitobdan to’la ravishda foydalana bilishda yordam 
beruvchi ko’nikmalardan iborat.
Kitobxonlik madaniyati kitobxonga o’qiyotgan asarini to’laqonli tushunish
undan badiiy-estetik zavq olish, yozuvchi fikri, asar g’oyasini anglash va baholay 
olish, bundan tashqari kitob va kutubxonadan foydalanish, ma’lumotnomadan o’zini 
qiziqtirgan yoki zarur masalalarga doir kitoblarni topib olish va undan foydalanish 
yo’llarini o’rgatadi.Kitob tanlash, uni tez o’qish, o’qilgan kitoblarni boshqalarga 
tavsiya etish, avaylab saqlash ham kitobxonlik madaniyatining tarkibiy qismlariga 
kiradi.

Yüklə 226,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə