Ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo’yiladigan talablar slayd



Yüklə 19,43 Kb.
səhifə2/8
tarix30.12.2023
ölçüsü19,43 Kb.
#164774
1   2   3   4   5   6   7   8
Talabalar bilimini nazorat qilish usullari

Bahoni amalda egallangan bilim, ko’nikma va malakalar bi-lan davlat ta’lim standartiga ko’ra o’zlashtirilishi belgilangan bilim, ko’nikma va malakalar umumiy hajmi o’rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta’riflash)dan ta’lim darajasining miqdoriy mazmuni kelib chiqadi. O’zlashti-rish (ta’lim samaradorligi) ko’rsatkichi B’A/T*100% nisbat asosida hisoblanadi. Bunda:

B – o’zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi;

A – amalda o’zlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi;

T – o’zlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning to’liq hajmi.

Hisobga olish va uning o’ziga xosliklari.

O’qituvchi o’qitish bilan bir vaqtda talabalarning o’rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga xarakat qilishini va uni amalda qo’llash malakalarini egallashini hisob-ga olib borishi kerak. Hisobga olish – bu o’qitishning muayyan bir davrida o’quvchilar va o’qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosa-lash.

Hisobga olish natijasida o’qituvchi ham, talaba ham o’zlarining keyingi bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi. O’zlashtirishni hisobga olish talabalarning bilish faoliyatini rag’batlantirib, ma’lum bir harakatlarni bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi. SHuningdek, o’zlashtirishni hisobga olish o’qituvchining faoliyatni ham tashkil etadi. O’qitish metodlari va shakllarining tabora takomillashuvi natijasida baho o’qituvchining pedagogik mahorati ko’rsatkichiga aylanmoqda va o’qituvchining o’z malakasini oshirib borishida muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.

Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari

Xolislik (ob’ektivlik)  tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagog-ning barcha ta’lim oluvchilarga do’stona munosabati hamda bilim, malakalarni baholashning aniq ko’rinishda belgilangan mezonlaridan iborat. Tizimlilik (sistemalilik)  tamoyilining talabi shundan iboratki, tashhislash nazoratini ta’lim jarayoni-ning barcha bosqichlarida – bilimlarni boshlang’ich idrok etishdan to amalda qo’llashgacha bo’lgan bosqichlarida olib borish kerak.


Yüklə 19,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə