Ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo’yiladigan talablar slayd


Ko’rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo barcha ta’lim oluvchilarni aynan bir hil mezonlar bo’yicha ochiq sinovdan o’tkazishni



Yüklə 19,43 Kb.
səhifə3/8
tarix30.12.2023
ölçüsü19,43 Kb.
#164774
1   2   3   4   5   6   7   8
Talabalar bilimini nazorat qilish usullari

Ko’rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo barcha ta’lim oluvchilarni aynan bir hil mezonlar bo’yicha ochiq sinovdan o’tkazishni

anglatadi. Bo'lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ta'lim oluvchilarning bilimlarini nazorat qilish o'ta muhimdir. To'g'ri tashkil etilgan ta'lim jarayonida egallanishi lozim bo'lgan nazariy materiallar bo'yicha olinayotgan bilimlarni yanada mukammallashtirish va eng asosiysi ta'lim oluvchilarning intellektual salohiyatlarini yuksaltirish uchun turli vositalarni tanlash imkoni vujudga keladi.

O'qituvchi nazorati va ta'lim oluvchilar faoliyatini baholashning uyg'unligi

O'zbekisiton Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirii-gining 2010-yil 25-avgustdagi 333-sonli buyrug'i bilan tasdiqlan-gan «Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g'rsida»gi Nizomda shunday deb ta'kidlanadi: «Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta'lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o'zlashtirishida bo'shliqlar hosil bo'lishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.

Shkalalash - aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. Reyting nazoratida ta'lim oluvchilarning o'quv faoliyatini nazorat qilishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydaianilmoqda. Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzallikiari ko'zga tashlanadi. Ular quyidagilardir,:

• nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi; • nazariy va amaliy bilim darajasini obyektiv sharoitda aniqlash imkonining mavjudligi; • bir vaqtning o'zida ko'p sonli ta'lim oluvchilar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi; • bilim natijalarining ta'lim beruvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi; • barcha ta'lim oluvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar beri- lib, ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi.



Yüklə 19,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə