Ta’lim tugrisida


M.Behbudiyning ta’lim-tarbiya sohasidagi xizmatlari



Yüklə 250,14 Kb.
səhifə36/59
tarix06.08.2023
ölçüsü250,14 Kb.
#120383
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59
Ta’lim tugrisida-fayllar.org

M.Behbudiyning ta’lim-tarbiya sohasidagi xizmatlari.

Mahmudxoʻja Behbudiy adabiyot, tarix, huquq va maorif qatori siyosatshunoslik bilan ham jiddiy shugʻullandi. Gazeta-jurnallar orqali jahonda sodir boʻlayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealar bilan yaqindan tanishib bordi. U Makkaga, muqaddas Haj amallarini ado etish uchun borishga chogʻlanarkan, arab tilini mukammal oʻrganadi; islom tarixi va nazariyasi bilan jiddiy shugʻullanadi. U 1899 yili Hajga borib, u yerdan muftiy unvoniga, yaʼni, musulmonlarda oliy lavozimli ruhoniy: shariat qonunlarini talqin qiluvchi, shariat va huquq masalalari yuzasidan hukm chiqaruvchi, fatvo beruvchi lavozimli ulamo rutbasiga ega boʻlib qaytdi. Haj ziyoratidan soʻng Misr va Istanbulda boʻldi. Bu yerda davom etayotgan islohotlar uning dunyoqarashida burilish yasadi. Soʻngra Qozon va Ufa shaharlarida boʻlib, Yevropa madaniyati bilan ham qiziqdi. Oʻsha davrda Qozon va Orenburgda chiqadigan jurnal va gazetalar bilan hamkorlik qilib, ularda qator maqolalarini chop ettirdi. Maktab, maorif va madaniyat masalalari, maʼrifatparvarlik gʻoyalarining targʻiboti ushbu maqolalar magʻzini tashkil etgan edi.


Qrim-tatar allomasi Ismoil Gʻaspirali (Gasprinskiy) va u bosh muharrirligidagi “Tarjimon” gazetasi Mahmudxoʻja Behbudiyning buyuk maʼrifatchi va oʻzbek jadidchilik harakati rahbarlaridan biri boʻlib yetishishida muhim ahamiyat kasb etdi.
1912-1913 yillarda Behbudiy Samarqandda “Samarqand” gazetasi va “Oina” jurnaliga asos soladi. 1914 yilda yana Turkiya, Misrga borib, u yerdan muhim kitoblar, oʻquv qoʻllanmalarini olib keladi, yangi usuldagi maktab dasturi ustida ishlashga kirishadi. Biroq u turli xil toʻsiqlarga uchraydi; “jadidlar rahnamosi”, “dahriy” degan tahdidlar bilan faoliyatiga chek qoʻymoqchi boʻlishadi.
Shunga qaramay, u sobit iroda bilan maorif, taʼlim-tarbiya ishlarini amalga oshirishga kirishadi; maʼrifatparvar sifatida xalq hurmatiga sazovor boʻladi. U bir nechta Sharq va Gʻarb tillarini bilgan yuksak madaniyat sohibi boʻlishi barobarida umuminsoniy qadriyatlarning tolmas targʻibotchisi ham edi.
Behbudiy oʻzbek va fors-tojik tillarida oʻnlab asarlar, ikki yuzdan ortiq maqolalar yaratgan. Jumladan, “Muntaxabi jugʻrofiyai umumiy” (“Qisqacha umumiy jugʻrofiya”, 1903), “Kitob-ul-atfol” (“Bolalar uchun kitob”, 1904), “Muxtasari tarixi islom” (“Islomning qisqacha tarixi”,
1904), “Amaliyoti islom” (1905), “Russiyaning qisqacha jugʻrofiyasi” (1908) kabi darsliklar va kitoblar yozgan.



        1. Yüklə 250,14 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə