Ta’lim tugrisida


Ilmiy-pedagogik qarashlari



Yüklə 250,14 Kb.
səhifə19/59
tarix06.08.2023
ölçüsü250,14 Kb.
#120383
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59
Ta’lim tugrisida-fayllar.org

Ilmiy-pedagogik qarashlari:
• Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlami yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo‘ladi.
• Beruniy ta’limotiga ko‘ra inson kamolotida uch narsa muhim rol’ o'ynaydi: l.Irsiyat. 2.Muhit. 3.Tarbiya.
• Beruniyning ilmiy bilimlami egallash yo‘llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham doizarbdir. U o‘kuvchiga bilim berishda:
- o‘quvchini zeriktirmaslik;
- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni
o‘rgatavermaslik;
- uzviylik, izchillik;
- yangi mavzulami qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etish va
xokazoga e’tibor berish kerakligini uqtiradi.
35. 1917-1990 yillardaO‘zbekisgondaxalkta’limi
1917 - 20 yillarda Turkistonda maorif yangi tizimining tashkil etilishi va pedagogik fikrlar. 1917 - 1990 yillar davri haqida gapirganda Prezidentimizning quyidagi fikrlarini keltirib o`tish avvalo o`rinlidir:
" ...bundan 130 yil muqaddam xalqimiz milliy mustaqilligini va tarixiy davlatchiligini yo`qotib, mustamlaka asoratiga tushib qolgan edi. Shu davr mobaynida ajdodlarimiz, millatimiz mashaqqatli sinov va kurash yo`llarini bosib o`tdi. Bobolarimiz chor Rossiyasining zulmini beadad tortgan bo`lsa, otalarimiz Oktabr tuntarishini, Grajdanlar urushini, quloqlashtirish kompaniyasi, Stalin qatog`onlarini, Ikkinchi jahon muxorabasining azobu - uqubatlarini, tahlikali elliginchi va nihoyat "desantchilar zulmi" nomini olgan saksoninchi yillar voqealarini bevosita boshidan kechirdi. Biz - nisbatan yosh avlod esa "rivojlangan sotsializm" deb atalgan davrni ham ko`rdik, kommunistik mafkuraning hukmron tazyiki ostida ham yashadik. Bu mafkura zulm va zo`ravonlikka, g`irromlik va soxtakorlikka asoslanganini yaxshi bilamiz. Shu sababli ham u halokatga uchradi".[1]
Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek mana shu mustamlakachilik siyosati zulm va asoratlari ta’lim - tarbiya, milliy o`zlikni anglash sohalarimizga ham o`z ta’sirini ko`rsatdi.
Sobiq Sho`ro tuzumi davrida pedagogika fani butunlay boshqacha negizda shakllantirildi. Bu sobiq sovet pedagogikasining ajralmas qismi edi. Rus pedagogikasidan rus olimlari yozgan darsliklardan foydalanildi. Natijada o`zbek pedagogikasi markscha - lenincha nazariya doirasida shakllangan soxta fanga aylanib ketdi.
Oktabr tuntarishidan so`ng 3 ta xonlik o`rniga yangi yo`nalishdagi mafkuraga asoslangan Turkiston Muxtor Jumhuriyati, Buxoro va Xiva Xalq Respublikalari tashkil topdi.
Maktablardagi o`quv - tarbiya ishlari mazmuni tuzum maqsadi asosida o`zgardi. Din va Qur’oni Karimga e’tibor umuman taqiqlandi. 1918 - 20 yillarda yangi siyosat asosida o`quv reja va dasturlari tuzildi, dars va tadbirlar shu asosida o`tkazildi. Tarix darslarida voqealar buzib talqin etildi. Adabiyot darslarida esa rus yozuvchilarini o`rgatishga e’tibor qaratildi. Aniq fanlarni o`qitish miqyosi kengaydi. Ijtimoiy fanlarni o`qitishda ham o`zgarishlar bo`ldi.
Avvalo milliy maktablarda o`qituvchilar yetishmasligi ko`zga tashlandi. 1918 yil 20 yanvardagi sobiq RSFSR XKS ning "Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to`grisida"gi dekreti asosida turli mullalar, ziyoli din ahllarining maktablarda dars berishlariga yo`l quyilmadi.
Hukumatning xalq maorifi sohasidagi yangi siyosatiga javoban ulkada juda ko`plab maktablar ochilib, o`quvchilar soni ancha oshgan. 1918 yili Toshkentda o`lka maorif xodimlarining se’zdi ochilib, xalq maorifini qayta qurish bo`yicha tadbirlar belgilangan. "Mehnat maktablari" deb atalgan maktablar ochildi. Yangi tipdagi maktablar vujudga kela boshladi. 1918 yil bahoriga kelib respublikada ishlab turgan maktablarning soni 330 taga yetdi.
1919 - 20 o`quv yili boshida Farg`ona viloyatida 350 ta, Sirdaryo viloyatida 839 ta, Samarqand viloyatida 216 ta maktab ishladi.
Qizlar maktablari ochila boshladi. 1917 yili Beshyog`ochning Zevak mahallasida Bashorat Jalilova maktab ochib, 22 ta o`zbek qizini o`qitadi. Keyin bunday maktablar soni ko`payib boradi.
O`lkada o`rta, maxsus o`rta va oliy o`quv yurtlari ham ochila boshladi. 1918 - 20 yillar ichida Turkiston sharqshunoslik instituti, Timiryazev nomidagi bilim yurt, Xotin - qizlar bilim yurti, va boshqalar, 1921 yil ximiya - formakologiya instituti, konservatoriya, 6 ta qishloq xo`jalik texnikumi ishga tushdi. Bular orasida 1918 yili 21 aprelda Toshketda ochilgan Turkiston xalq universiteti alohida ahamiyatga ega bo`ldi. Uning viloyatlarda bo`limlari tashkil etiladi. Sobiq RSFSR XKS ning 1920 yil 7 sentabr dekreti bilan shu universitet negizida Turkiston davlat universiteti tashkil etildi.
Pedagogika o`quv yurtlari - ped texnikumlar ochildi. Lekin o`qituvchi kadrlar yetishmasligi katta muammo edi. 1920 yilga kelib 1200 o`qituvchi tayyorlandi.
1920 yili birdan 7 ta maorif instituti (inpros) tashkil etilib, ularga 1145 talaba qabul kilindi. 1921 - 22 o`quv yilida o`lkada 2403 ta maktab va boshqa bolalar muassasalari ishlab, ularda 170105 bola o`qiganligi aytiladi.
41.Islom dini yoyilishining ta’lim-tarbiyaga ta’siri. Musulmon maktablarida ta’lim-tarbiya tizimi va mazmuni. Musulmon maktablarida arab tili muhim fan sifatida o‘qitilardi, bilim Shu tilda o‘rganilar edi. Arabistondagi kaaba Movarounnahrda ham barcha masjidlar huzurida maktablar ochiladi va o‘g‘il bolalarga shu maktablarda Qurg‘on o‘qishni o‘rgatishga farmon beriladi. Bolalarni shu masjid imomi o‘qitar edi.Uzoq o‘tmishimizdagi ta’lim-tarbiya tizimi, uning bosqichlari, muassasalarri yaxlit holda o‘rganilgan deb bo‘lmaydi. Ayniqsa, saqlanib qolgan oliy madrasalarga faqat me’moriy yodgorlik sifatida qaralib, ularning o‘tmish oliy ta’limi tizimidagi o‘rni deyarli o‘rganilmagan.Bizgacha etib kelgan ma’lumotlarning ko‘pchiligi mamlakatimizda Islom tamadduni davrlariga tegishli bo‘lganligi sababli ularga ta’lim-tarbiya tizimi va muassasalari – maktab, madrasa, madrasai oliya kabi arabcha atamalar bilan atalgan.Ma’lum bo‘lishicha, o‘tmish ta’lim-tarbiya tizimi uch bosqich va uning uch muassasasi – boshlang‘ich maktab, o‘rta maxsus (madrasa) va oliy, ya’ni madrasai oliyadan iborat bo‘lgan.Ta’limning birinchi bosqichi boshlang‘ich maktab – «madrasat-ul-ibtidoiya», ikkinchi bosqichi – o‘rta maxsus bilim yurti – «madrasat-us-sonaviya» va uchinchi – oliy o‘quv yurti – «madrasat-ul-oliya» tarzida nomlanishi qayd qilingan. Shu bilan bir qatorda davr taqozosi bilan ta’limning ikkinchi bosqichi – ixtisoslashtirilgan bilim yurtlari – «madrasat-ul-harbiya» (harbiy bilim yurti), «madrasat-us-sano’iya» (san’at bilim yurti), «madrasat-ul-muallimin» (pedagogika instituti) tarzida atalishi ham uqtirilgan.
O‘tmish ta’lim tizimidagi uchinchi bosqich – oliy ta’lim muassasasi «madrasai oliya» deb atalgan va u universitet maqomida bo‘lgan. Manbalarda qayd qilinishicha, IX-X asrlarda Samarqandda 17 ta madrasa bo‘lgan (hozirda ular saqlanmagan, nomlari ham ma’um emas). Bu madrasalar orasida madrasai oliyalari ham bo‘lganki, ularda faqat Movarounnahrdan emas, balki arab mamlakatlaridan ham tolibi ilmlar tahsil olganlar.

Yüklə 250,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə