Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


 .  Ijtimoiy  muhofaza  yordamining  turlari



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

14.2 .  Ijtimoiy  muhofaza  yordamining  turlari
A holining  ehtiyojm and  qatlam lariga 
beriladigan  ijtim oiy 
yordam  shakllari  ham  rang-barang  ko‘rinishlarga  ega  va  ulami 
quyidagi  turlarga  bo‘Iish  mumkin:
1)  qariyalar,  nogironlar  va  bolalami  to ‘liq  davlat  ta'm inotiga 
olish;  ulami  maxsus 
tashkil  etilgan  mehribonlik,  m um w at  va 
sahovat  uylarida  yashashlarini  ta'm inlash;
2)  qarovsiz 
qolgan  yolg‘iz  qariyalar  ham da  nogironlarga 
oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  natural  moddiy  yordam  ko‘rsatish, 
maishiy  va  boshqa  natural  xizmatlami  bepul  amalga  oshirish;
3)  q ariy alar,  n o g iro n lar  va  m uayyan  kasalga  ch alin g an  
shaxslarga  reabilitatsiya  maqsadlarida  sanatoriy-kurort  xizmatlarini 
ko‘rsatish;
4)  nogiron  fuqarolarga  protez-ortopediya,  harakatlanish  vo- 
sitalari  berish  va  u  bilan  bog‘liq  boMgan 
xizmatlami  ko‘rsatish;
5)  maktab  yoshidagi  bolali  oilalarga  moddiy  va  boshqa  yor- 
dam lar  ko‘rsatish;
1  0 ‘z b e k is to n   R e s p u b lik a s i  q o n u n   h u jja tla r i  t o ‘p la m i,  2 0 1 1 - y il,  3 4 - 3 5 -
s o n l a r ,  3 4 8 - m o d d a .
1 5 3
www.ziyouz.com kutubxonasi


6)  fuqarolarning  m uayyan  toifalariga  tu ra r  joy,  m aishiy 
transport,  aloqa,  soliq,  tibbiy,  farmatsevtika  va  boshqa  sohalarda 
imtiyozlar  berish;
7)  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  boshqa  turdagi  ijtimoiy 
xizmatlami  ko'rsatish.
Aholining  muayyan  toifalariga  ko‘rsatiladigan  ijtimoiy  xiz- 
m atlar  va  beriladigan  im tiyozlar  iqtisodiy  tushuncha  sifatida 
davlat  va  jamiyat  tom onidan  ushbu  maqsadlar  uchun  ajratila- 
digan  m ablag'lam ing  sarflanishidan  iborat  bo'lsa,  yuridik  tu- 
shuncha  sifatida  u  fuqarolaiga  Konstitutsiyaga  muvofiq  berilgan 
ijtimoiy  yordam  olish  huquqlarining  amalga  oshirilishidan  iboratdir.
Bozor  iqtisodiy  m unosabatlari  kuchayib  va  chuqurlashib 
borayotgan,  boqim andalik  kayfiyatlariga  barham   berilayotgan 
sharoitda  nochor  va  teng  raqobatlashishga  qodir  bo‘lmagan  aholi 
tabaqalarining  real  ijtimoiy  himoya  qilinishi  muhim  ahamiyatga 
egadir.
Yolg'iz  qariyalar,  yolg‘iz  nogironlar  va  ota-ona  parvarishidan 
mahrum  bo‘lgan  bolalarni  davlat  ta ’minotiga  olinishining  m o- 
hiyati  —  yolg'iz  qariyalar,  kimsasiz  nogironlar,  yetim  bolalar 
haqida  am alda  g‘am xo‘rlik  qilish  ahvoliga  qarab  jam iyatning, 
uning  a’zolarining,  davlatning  madaniy  hamda  ma'naviy-axloqiy 
saviyasiga  baho  beriladi  va  ushbu  ko'rsatkichlar  insonparvarlik 
darajasini  belgilovchi  muhim  mezonlardan  hisoblanadi.
Mamlakatimizda  ana  shu  tamoyillarga  amal  qilingani  holda 
qariyalar,  nogironlar,  yetim-yesirlar  haqida  alohida  g‘am xo‘rlik 
qilib  kelinmoqda.  2002-yilning  „Qariyalarni  qadrlash  yili“ ,  2007- 
yilning  „Ijtimoiy  himoya  yili“ ,  2010-yilning  „Barkamol  avlod 
yili“  deb  e'lon  qilinishi,  avvalgi  yillarning  nogironlar,  ayollar, 
bolalarga,  qishloq  ahlini  ijtimoiy  qo'llab-quvvatlashga  bag'ish- 
langanligi  hamda  shu  munosabat  bilan  zarur  davlat  dasturlari 
ishlab  chiqilib,  hayotga  tatbiq  etib  kelinayotganligi  davlatimiz  va 
jam iyatim izda  inson  va  uning  m anfaatlari  oldingi  o ‘rinlarda 
turishini  ko‘rsatadi.
Bugungi  kunda  respublikam izda  ko‘plab  „Saxovat  uylari“ , 
„Mehribonlik  uylari“ ,  „M uruw at  uylari“  faoliyat  ko‘rsatib  kel- 
moqda  va  ularda  bir  necha  o ‘n  minglab  nochor  fuqarolar  davlat 
va  jamiyat  mehr-muruvvatidan  bahramand  boMmoqdalar.
Yolg‘iz  keksalar,  pensionerlar  va  nogironlarni  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  M oliya  vazirligi  huzuridagi  B udjetdan  tashqari 
Pensiya  jam g ‘armasi  tizim idagi  Respublika  urush  va  m ehnat
1 5 4
www.ziyouz.com kutubxonasi


faxriylari  pansionati,  „Saxovat“  va  „M u ru w at“  uylarida  davlat 
ta ’m inotiga  olish  0 ‘zbekiston  R espublikasi  Adliya  vazirligi 
tomonidan  2008-yil  30-iyulda  1648-son  bilan  ro‘yxatga  olingan. 
„Y olg‘iz  keksalar,  p en sio n erlar  va  nogironlarni  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  M oliya  vazirligi  huzuridagi  B udjetdan  tashqari 
Pensiya  jam g ‘armasi  tizim idagi  Respublika  urush  va  m ehnat 
faxriylari  pansionati,  „Saxovat“  va  „M uruw at“  uylariga  rasmiy- 
lashtirish  tartibi  to ‘g‘risida  qoidalar“ 'g a  ko‘ra  pensiya  yoshiga 
yetgan,  alohida  uyda,  xonadonda,  yotoqxonada  yashayotgan  va 
farzandlari  (shu  jumladan,  asrab  olingan  farzandlari),  eri  (xotini) 
bo‘lmagan  hamda  qonun  hujjatlariga  muvofiq  homiylik  belgilan- 
magan  yolg'iz  keksalar,  pensionerlar  va  I  yoki  II  guruh  nogi- 
ronlari  hamda  yoshidan  qat’i  nazar  uzluksiz  davom  etuvchi  ruhiy 
xastaligi  oqibatida  m ehnatga  layoqatsiz,  o ‘zgalar  parvarishiga 
muhtoj  b o ‘1gan  I  yoki  II  guruh  nogironlari  farzandlari  (shu 
jumladan,  asrab  olingan  farzandlari),  eri  (xotini)  bo‘lishi,  qonun 
hujuatlariga  muvoftq  vasiylik  yoki  homiylik  belgilanishidan  qat'i 
nazar  0 ‘zbekiston  R espublikasi  M oliya  vazirligi  huzuridagi 
Budjetdan  tashqari  Pensiya  jam g‘armasi  tizimidagi 
Respublika 
urush  va  mehnat  faxriylari  pansionati,  „Saxovat“  va  „M u ru w at“ 
uylariga  joylashtirilishi  mumkin.
Yolg‘iz  keksalar,  pensionerlar  va  nogironlarni  tibbiy-ijtimoiy 
muassasalarga  joylashtirish  uchun  vazirlik  huzurida  Respublika 
urush  va  mehnat  faxriylari  pansionati,  „Saxovat“  va  „M uruw at“ 
uylariga  rasm iylashtirish  b o ‘yicha  Maxsus  kom issiya  tashkil 
etiladi.
„Saxovat“  uyiga  rasmiylashtiriladigan  yolg‘iz  keksa,  pensio- 
ner  va  I  va  II  guruh  nogironining  —  o ‘zining  turar  manzilidagi 
tum an  (shahar)  ijtimoiy  ta'm inot  bo‘limi  boshlig‘i  nomiga  uni 
„Saxovat“  uyiga  rasmiylashtirishni  so'rab  yozgan  arizasi  asosida 
amalga  oshiriladi.
„M u ru w at“  uylariga  rasmiylashtiriladigan  14  yoshgacha  bo ‘l- 
gan  nogiron  bolalar  uchun  ota-onalari  tom onidan  farzandini 
bolalar  „M u ru w at“  uyiga  rasmiylashtirishni  so‘rab  yozilgan  ariza 
asos  boMadi.
14  yoshdan  18  yoshgacha  bo‘1gan  ruhiy  kasallikdan  nogi- 
ronlar  uchun  davlatning  vakolatli  idorasi  (vasiylik  yoki  homiylik
1  0 ‘z b e k is to n   R e s p u b lik a s i  q o n u n   h u jja tla r i  t o 'p l a m i ,   2 0 0 8 - y il,  3 5 - 3 6 -
s o n ,  3 5 3 - m o d d a .
1 5 5
www.ziyouz.com kutubxonasi


tayinlovchi  organ)  tom onidan  tayinlangan  hom iy  yoki  vasiy 
tomonidan  yozilgan  ariza,  nogiron  tom onidan  yozilgan  ariza  asos 
boladi.
18  yoshdan  yuqori  bo‘lgan  ruhiy  kasallikdan  1  va  II  guruh 
nogironlari  uchun  davlatning  vakolatli  idorasi  (sud  qarori  bilan) 
tom onidan  tayinlangan  homiy  yoki  vasiy  tom onidan  yozilgan 
ariza,  nogiron  tomonidan  yozilgan  ariza  asos  bo ‘ladi.
B ulardan  tash q ari,  quyidagi  hujjatlar  ham   talab  etilishi 
Iozim:
a)  homiylik  yoki  vasiylik  to ‘g‘risidagi  hujjat;
b)  yolg‘iz  keksa,  pensioner  va  nogiron  shaxsning  pasporti 
(asli  va  pasportning  fuqaro  to ‘g‘risidagi  m a'lum otlar  va  uning 
ro‘yxatga  qo‘yilganligi  qayd  etilgan  varag‘i  nusxasi),  16  yoshgacha 
bo‘lgan  bolalaming  tug‘ilganlik  to ‘g‘risidagi  guvohnomasining  asli 
va  nusxasi,  nogiron  bolalar  ota  va  onasining  pasporti  hamda 
fuqaro  to ‘g‘risidagi  m a'lum otlar  va  uning  ro'yxatga  qo ‘yilganligi 
qayd  etilgan  varag'i  nusxasi,  pensiya  guvohnomasi;
d)  nogironlik  haqida  Tibbiy  m eh n at  ekspert  komissiyasi 
ma'lumotnomasi  (nogiron  uchun),  16  yoshgacha  bolalar  uchun 
Tibbiy  maslahat  komissiyasi  xulosasi;
e)  am bulator  kartasidan  yoki  kasallik  tarixidan  ko‘chirm a 
(albatta,  qon  va  siydik  tahlili,  qonning  Vasserman  reaksiyasi  va 
Avstraliya  antigeniga  tahlili,  ko‘krak  qafasi  fluorografiyasi,  bolalar 
uchun  og‘iz-burun  b o ‘shlig‘ining  bakteriologik  tahlili  (Lyoffler 
surtmasi);
0   ruhiy-asab  kasalliklari  dispanseri  Tibbiy  maslahat  komis- 
siyasi  xulosasi;
g)  sil  kasalliklari  dispanseri  xulosasi;
h)  onkologik  dispanser  xulosasi;
i)  teri-tanosil  kasalliklari  dispanseri  xulosasi;
j)  yolg‘iz  keksa,  pensioner  va  nogironning  2  ta  fotosurati 
( 6 x 4   hajmda);
k)  turar  joyidan  m a'lum otnom a;
l
)  texnik  inventarizatsiyalash  byurosi  (BTI)  tom onidan  yol- 
g‘iz  keksa,  pensioner  va  nogironning  uy-joyi  to ‘g‘risidagi  m a'lu- 
motnoma  (14  yoshgacha  bo'lgan  nogiron  bolalar  bundan  mus- 
tasno);
m)  yolg‘iz  keksa,  pensioner  va  nogironning  pensiyasi  (nafa- 
qasi)  to ‘g‘risida  m a'lum otnom a;
156
www.ziyouz.com kutubxonasi


n)  yolg'iz  keksa,  pensioner  yoki  nogironning  m oddiy-m ai- 
shiy  ahvoli  to ‘g‘risidagi  dalolatnom a  (mazkur  Qoidalam ing  3- 
ilovasi);
o)  „Saxovat“  uyiga  rasmiylashtiriladigan  fuqaroning  yolgMz- 
ligini  tasdiqlovchi  turar  manzilidagi  m ahalla  fuqarolar  yig'ini 
komissiyasi  dalolatnomasi;
p)  „Saxovat“  uyiga  rasmiylashtiriladigan  fuqaroning  yolg'iz- 
ligini  tasdiqlovchi  tu rar  manzilidagi  mahalla  fuqarolar  yig'ini 
komissiyasi  yig'ilishi  dalolatnomasi  asosida  tuman  (shahar)  hokimi 
tavsiya  xati  yoki  yolg‘iz  keksa,  pensioner  va  nogironning  yolgMzlar 
ro'yxatiga  olinganligi  to‘g‘risida  tuman  (shahar)  hokimi  qarori.
O ta-ona  parvarishi  va  ta'm inotidan  mahrum  bo‘lib  qolgan 
voyaga  yetmagan  bolalami,  yolg‘iz  keksalar,  yolg'iz  nogironlami 
„M eh rib o n lik “ ,  „S ax o v at“  va  „M uruvvat  uylari“ da  m oddiy 
ta'm inlash,  ularga  ijtimoiy  xizmatlar  ko‘rsatish  normalari  va  tar- 
tiblari 
ushbu  m uassasalar  haqida  tasdiqlangan  N izom larga 
muvofiq  amalga  oshiriladi.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə