Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


  Nogironlarga  protez-ortopediya  buynmlari



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

14.4.  Nogironlarga  protez-ortopediya  buynmlari,
 
harakatlanish  vositalari  berish
Nogironlarni  reabilitatsiya  qilish,  ular  o'zlarini  jamiyatning 
teng  huquqli  va  to ia q o n li  a ’zolari  deb  his  qilishlari  uchun 
imkon  yaratish  shakllaridan  biri  —  protez-ortopediya  buyumlari 
(sun'iy  organlar)  ham da  reabilitatsiya-texnika  vositalari  bilan 
ta'm inlashdan  iborat.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  tom onidan  2003-yil 
27-martda  1229-son  bilan  ro'yxatga  olingan  ,,0 ‘zbekiston  Res- 
publikasining  muhtoj  fuqarolarini  protez-ortopediya  buyumlari 
ham da  reabilitatsiya-texnika  vositalari  bilan  ta'm inlash  tartibi 
to ‘g‘risidagi  Yo‘riqnom a“ '  ga  ko‘ra  protez-ortopediya  buyumlariga 
ehtiyojmand  fuqarolar  bepul  (ishlab  chiqarishdagi  jarohat  yoki 
kasb  kasalligi  tufayli  nogiron  bo‘lib  qolganlarida  ish  beruvchi 
hisobidan)  ta'm inlanadilar.
Shuningdek,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  M ahkam a- 
sining  2009-yil  17-iyundagi  166-sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan 
„Sotib  olingan  reabilitatsiya,  texnika  vositasi  yoki  ko'rsatilgan 
xizmatlar  uchun  kompensatsiya  tolash  tartibi  to‘g‘risida  Nizom“1
 2ga 
ko‘ra  ,,0 ‘zbekiston  Respublikasida  nogironlarni  ijtimoiy  himoya 
qilish  t o ‘g‘risid a“gi  Q onuniga  m uvofiq  nogironlarga  qonun 
hujjatlarida  belgilangan  tartibda  bepul  berilishi  kerak  b o lg an , 
am m o  ular  o ‘z  hisobidan  sotib  olingan  reabilitatsiya-texnika 
vositalari  yoki  k o ‘rsatilgan  xizm atlar  uch u n   kom pensatsiya 
to ‘lash  tartibi  nazarda  tutilgan.
Yo‘riqnom a  protez-ortopediya  buyumlari  va  reabilitatsiya- 
texnika  vositalari  turlarini,  uni  berish  hamda  foydalanish  tartibi 
va  m uddatlarini,  shuningdek,  ana  shunday  buyumlar  berilishi 
lozim  bo‘lgan  nogironlar  doirasini  belgilab  beradi.
P ro tez-o rto p ed iy a  buyum ini  olish  uchun  nogiron  shaxs 
qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  hujjatlarni  Budjetdan  tashqari
1  0 ‘zbekiston  Respublikasi  vazirliklari,  davlat  qo'mitalari  va  idoralarining 
me'yoriy  hujiatlari  Axborotnomasi.  2003-yiI.,  5—6-sonlar.
2  0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujyatlari  to'plami,  2009-yil,  25-son, 
286-modda.
11  —  Ijtimoiy  ta'minot  huquqi
161
www.ziyouz.com kutubxonasi


Pensiya  jam g'arm asi  tum an  (shahar)  boMimiga  taqdim   etishi 
lozim.
Maktab  yoshidagi  bolali  oitalarga  moddiy  va  boshqa  yordam
 
ko'rsatish.
  Ijtimoiy  yordamning  bu  turi  aw aldan  turli  shakllarda 
(bepul  tushliklar  berish,  kiyim -kechak,  o ‘quv  darsliklari  bilan 
bepul  ta'm inlash  va  hokazo)  mavjud  edi.
Yetim  bolalar  va  ota-onadan  qarovsiz  qolgan  to ‘liq  davlat 
ta 'm in o tid a g i  (bolalar  uylaridagi)  bolalarni  ijtim oiy  him oya 
qilish  maqsadida  ular  um um ta'lim   maktablarini  bitirib  chiqayot- 
ganlarida  kiyim-bosh,  poyabzal  sotib  olish  uchun  2002-yilda  eng 
kam  ish  haqining  80  barobari,  2003-yilda  esa  100  barobari 
miqdorida  bir  yo‘la  nafaqa  berish  nazarda  tutildi.
C haqaloqlar  uyidan  chaqaloqlarni  farzandlikka,  tarbiyasiga 
olgan  o ta -o n a la rg a   h ar  b ir  ch aq alo q   u ch u n   eng  kam   ish 
haqining  uch  barobari  miqdorida  har  oylik  nafaqa  berish  belgilab 
qo'yildi.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə