Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


  Fuqarolarning  ayrim  toifalariga  beriladigan



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

14.5.  Fuqarolarning  ayrim  toifalariga  beriladigan
 
ijtim oiy-iqtisodiy  imtiyozlar
Aholini  ijtimoiy  himoyalash  va  qo'llab-quw atlash  maqsadida 
ularga  turli-tum an  imtiyozlar  berish  ko‘zda  tutilgan.  Bu  imti- 
yozlar  foydalanishga  haqli  bo'lgan  shaxslar  doirasiga,  imtiyoz 
turlari  va  ularning  ijtimoiy  mohiyatiga  ham da  boshqa  xususi- 
yatlariga  ko ‘ra  guruhlarga  ajratilishi  m um kin.  Davlat  Budjeti 
hisobidan  fuqarolarga  beriladigan  ijtim oiy  yordam ni  amalga 
oshirish  shakli  sifatida  ular  fuqarolar  kundalik  turm ushida  mu- 
him  o ‘rin  tutm oqda.  Shuni  ko‘rsatib  o'tish  kifoyaki,  bugungi 
kunga  kelib  imtiyoz  va  yengilliklarning  um umiy  soni  yuzdan 
ortiq  shaklda  amalga  oshirilmoqda.
Biroq,  bozor  munosabatlari  sharoitida  boqimandalik,  davlat 
va  jamiyat  hisobiga  yashash,  o ‘z  jismoniy  va  aqliy  salohiyatini 
ishga  solishdan  bo‘yin  tovlashga  toqat  qilish  mumkin  emas.  Shu 
sababli,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  18-mod- 
dasi,  2-qismiga  ko‘ra:  „Imtiyoz1ar  faqat  qonun  bilan  belgilab 
qo'yilgan  hamda  ijtimoiy  adolat  prinsiplariga  mos  bo‘lishi  shart“ .
Ijtimoiy  qo'llab-quw atlash  maqsadidagi  imtiyozlar  va  yengil- 
liklardan  foydalanish  huquqiga  ega  b o ‘lgan  shaxslar  doirasi
1 6 2
www.ziyouz.com kutubxonasi


pensionerlar,  nogironlar,  yolg'iz  qariyalar,  ko‘p  bolali  va  kam 
ta'm in lan g an   oilalar  bilangina  cheklanib  qolm asdan,  ijtimoiy 
ahamiyati  katta  bo‘lgan  muayyan  kasb  va  vazifalarda  band  bo‘lgan 
shaxslami  (pedagoglar,  shifokorlar  va  boshqalar)  hamda  boshqa 
toifadagi  fuqarolami  ham  o ‘z  ichiga  qamrab  olgandir.
Imtiyoz  va  yengillik  berilishi  obyektlari  ham  xilma-xil  bo ‘lib, 
turar  joy  kommunal  xizmatlar,  tibbiy  xizmatlar,  farmatsevtika 
ta'm inoti,  transport-aloqa  xizmati,  soliq  va  boj  to ‘lovlari  kabilarni 
o ‘z  ichiga  olgan.
Imtiyoz  va  yengilliklar  hajmi  turli  toifadagi  fuqarolar  uchun 
turlicha  belgilangan  bo‘lib,  bunda  uning  davlat  va  jamiyat  oldidagi 
xizmati,  moddiy-ijtimoiy  ahvoli  va  boshqa  ko‘rsatkichlar  e'tiborga 
olingan.
Imtiyozlardan  foydalanish  asoslari  va  shartlari  ham  turlicha 
bo‘lib,  fuqaroning  awalgi  davrdagi  xizmati,  awalgi  davrdagi  yoki 
bugungi  kunda  bajarib  kelayotgan  vazifasi,  oilaviy  ahvoli  kabilar- 
dan  iborat  bo'lishi  mumkin.
Imtiyoz  va  yengilliklardan  foydalanishning  umumiy  tartibiga 
ko‘ra  imtiyozdan  foydalanish  huquqiga  ega  bo‘lgan  fuqaro  yoki 
oila  shunday  imtiyoz  yoki  yengillikni  berishi  lozim  bo ‘lgan  davlat 
yoki  jam oat  organiga,  korxona-tashkilotga  yozma  ariza  bilan 
m u ro ja a t  q ilish i  h am d a  im tiy o z d a n   fo y d alan ish   h u q u q in i 
tasdiqlovchi  zarur  hujjatlarni  taqdim  etishi  lozim.
Im tiy o z d a n   fo y d alan ish   h u q u q i  b e k o r  b o 'lg a n id a   yoki 
o ‘zgarganida,  foydalanuvchi  shaxs  bu  haqda  belgilangan  muddat 
ichida  im tiyoz  beruvchi  organni,  tegishli  hollarda  —  boshqa 
organlami  ham  xabardor  qilib  qo‘yishi  shart.
Soxta  hujjatlar  asosida  yoki  n o to ‘g‘ri  m a'lum otlar  taqdim  
etgan  holda  imtiyozdan  foydalanayotgan  shaxslar  qonun  hujjat- 
lariga  muvofiq  m a'm uriy  yoki  jinoiy  javobgarlikka  tortiladilar 
hamda  noto‘g‘ri  berilgan  imtiyoz  tarzidagi  zararlar  ulardan  to ‘liq 
undirib  olinadi.
Endi  fuqarolarga  beriladigan  im tiyozlar  va  yengilliklaming 
asosiy  guruhlarini  qisqacha  tavsif  hamda  tahlil  etishga  harakat 
qilamiz.
1. 
Tibbiy  va  farmatsevtika  xizmatlari  k o ‘rsatish  bilart  bog‘liq
 

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə