Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

Oilaviy  bolalar  uytari.
  0 ‘zbekiston  Respublikasi  V azirlar 
M ahkam asining  2007-yil  31 -iyuldagi  158-sonIi  qarori  bilan 
tasdiqlangan  N iz o m 1  ga  ko‘ra,  ota-onasining  qarovisiz  qolgan 
bolalarni  tarbiyalash,  o ‘qitish,  sog‘lom lashtirish,  aqliy,  psixo- 
logik  va  jismoniy  rivojlantirish,  ulami  ijtimoiy  moslashtirish  va 
m uhofaza  qilish  uchun  qulay  sh art-sh aro itlar  yaratish,  ular 
uchun  oiladagiga  yaqin  zarur  sharoitlar  vujudga  keltirish  oilaviy 
bolalar  uyining  asosiy  vazifalari  hisoblanadi.
Oilaviy  bolalar  uyi  tuman  (shahar)  hokimining  qarori  bo‘yi- 
cha  tashkil  etiladi,  qayta  tashkil  qilinadi  va  tugatiladi.  Oilaviy 
bolalar  uyi  tashkil  etishni  xohlovchi  oilaning  tegishli  arizasi, 
vasiylik  va  homiylik  ot^anining,  tuman  va  shaharlar  hokimliklari 
huzuridagi  balog‘atga  yetmaganlar  bilan  ishlash  komissiyasining 
bolalami  o ‘z  tarbiyalariga  olish  mumkinligi  to ‘g‘risidagi  xulosasi 
tu m an   (shahar)  hokim ining  q aro r  qabul  qilishi  uchun  asos 
hisoblanadi.
Oilaviy  bolalar  uyi  muassasa  shaklida  tashkil  etiladi  va  tegishli 
tum an  (shahar)  hokimligida  yuridik  shaxs  sifatida  ro‘yxatdan 
o ‘tkaziladi.
1  Q a r a n g :   0 ‘z b e k is to n   R e s p u b lik a s i  q o n u n   h u jja tla r i  t o 'p l a m i ,   2 0 0 7 -y il,
3 1 — 3 2 - s o n ,  3 1 8 - m o d d a .
J 5 7
www.ziyouz.com kutubxonasi


Oilaviy  bolalar  uyi  tashkil  etishni  xohlovchi  er-xotin  — 
o ‘zining  yashash  joyidagi  vasiylik  va  homiylik  organiga  ariza  bilan 
murojaat  qiladi.
A rizad a  e r-x o tin n in g   fam iliy asi,  ism i,  o ta sin in g   ism i, 
yashash  joyi,  bolalari  (o ‘zlariniki,  farzandlikka  olganlari)  mav- 
jud  bo‘lgan  taqdirda  —  ularning  soni  va  yoshi  ko'rsatiladi.
Arizaga  quyidagilar  ilova  qilinishi  kerak:
—  m a'lum oti  to ‘g‘risidagi  hujyatlaming,  nikohdan  o'tganlik 
to ‘g‘risidagi  guvohnom aning  belgilangan  tartibda  tasdiqlangan 
nusxalari;
—  ish  va  o'qish  joyidan  m a’lumotnoma  (ishlamayotgan  yoki 
belgilangan  tartibda  ishsiz  deb  e ’tirof  etilganlar  uchun  —  mahal- 
liy  m eh n at  organ larin in g   yoki  yashash  joyidagi  o ‘zini  o ‘zi 
boshqarish  organlarining  m a'lum otnom asi);
—  mehnat  daftarchasidan  ko‘chirma  (ish  staji  mavjud  bo'lsa);
—  oila  a'zolari  ko'rsatilgan  holda  yashash  joyidan  m a'lu- 
motnoma;
—  er-xotinda  sanitariya  qoidalari  va  norm alariga  muvofiq 
b o ‘Igan  mulk  huquqi,  ijara  shartlarida  (ijaraga  olingan)  yoki 
boshqa  qonuniy  asoslarda  tu rar  joy  mavjudligini  tasdiqlovchi 
hujjat  (tegishli  tu rar  joy  mavjud  boMmagan  taqdirda  arizada 
xizmat  turar  joyi  bilan  ta'm inlash  zarurligi  ko'rsatiladi);
—  Tibbiy  m aslahat  kom issiyasining  er-x o tin n in g   sog‘lig‘i 
to ‘g‘risidagi  xulosasi,  psixiatriya  va  narkologiya  muassasalari,  teri- 
tanosil  kasalliklari  dispanseri  m a'lumotnomalari.
Arizani  topshirish  vaqtida  er-xotinning  shaxsini  tasdiqlovchi 
hujjat  ko'rsatiladi.
Agar  Nizomda  boshqacha  tartib  nazarda  tutilmagan  bo ‘lsa, 
O'zbekiston  Respublikasining  FHDY  organi  tom onidan  nikoh- 
dan  o'tgan,  35  yoshdan  50  yoshgacha  boMgan  fuqarolari  tar- 
biyalovchi  ota-ona  boMishlari  mumkin.
Quyidagi 
shaxslar  tarbiyalovchi  ota-ona  boMishlari  mumkin 
emas:
—  tarbiyalashga  olinayotgan  bolalar  bilan  qarindoshligi  bo‘1- 
ganlar;
—  belgilangan  tartibda  muomalaga  layoqatsiz  yoki  muomalaga 
layoqatliligi  cheklangan  deb  e'tiro f  etilganlar;
—  o ta-o n alik   huquqlaridan  m ahrum   etilganlar  yoki  o ta- 
onalik  huquqi  cheklanganlar;
158
www.ziyouz.com kutubxonasi


—  o ‘zlariga  yuklangan  majburiyatlami  zarur  darajada  bajar- 
m aganlik  uchun  vasiylik  (hom iylik)  m ajburiyatidan  chetlash- 
tirilganlar;
—  agar  farzandlikka  olish  ularning  aybi  bilan  sud  tom o- 
nidan  bekor  qilingan  bo‘lsa,  sobiq  farzandlikka  olganlar;
O 'zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  tom o- 
nidan  belgilanadigan  kasalliklar  ro'yxatiga  muvofiq  bolalarni 
tarbiyalashga  olishi  taqiqlanadigan  kasalligi  mavjud  bo ‘lganlar;
—  qasddan  qilgan  jinoyati  uchun  sudlanganlar.
Bolalarni  oilaviy  bolalar  uyiga  tarbiyalash  uchun  berish, 
tarbiyalovchi  ota-onalar  va  tarbiyalanuvchi  bolalaming  huquq  va 
majburiyatlari,  oilaviy  bolalar  uyi  ta'm inoti  va  uni  moddiy-texnik 
ta ’minlash  normalari  va  tartiblari  hamda  boshqa  masalalar  yuqo- 
rida  qayd  etilgan  Nizomga  muvofiq  belgilanadi.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə