Tana skeleti Umurtqalar Qovurg‘alar



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə2/13
tarix22.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#112109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Muskullar haqida ta’limot umumiy ma’lumotlar

Fassiyalar – fasci har bir muskulni o‘rab turadigan (biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan) parda – fassiya bir muskulni ikkinchi muskuldan ajratib turadi. Shuning uchun ham fassiya har qaysi muskulning alohida qisqarishini ta’minlaydi. Ayrim muskullarni o‘ragan fassiyaga fascia propria deyiladi. Fassiyalarning boshqa turi ma’lum bir guruh muskullarni o‘rab (umumiy fassiya – fascia communis), so‘ngra ichkariga yo‘naladi va suyakka borib fassiya to‘sig‘i (septa intermuscularia)ni hosil qiladi. Fassiyalar odatda qavatma-qavat muskullarni o‘rab turadi. Shu bois ular joylashgan o‘rniga qarab chuqur, o‘rta va yuza yoki teri osti fassiyalariga ajratiladi.
Fassiyalar tibbiyot amaliyotida katta ahamiyatga ega. Ular oralig‘ida qon tomirlar va nerv tolalari joylashgan. Yallig‘lanish jarayonida vujudga kelgan yiring ham fassiyalar orasidan tarqaladi. Muskulning pay qismi yaltiroq oq yoki sarg‘ish rangi bilan ajralib turadi. Muskul odatda suyaklarga pay yoki aponevrozlar yordamida yopishadi. Muskul uzun, qisqa, yassi bo‘lishi mumkin. Uzun muskullar aksari qo‘l va oyoqda, yassi muskullar esa gavdaning old va orqa tomonida joylashgan. Kalta muskullar gavdaning chuqur qismida, serbar muskullar esa yuzada joylashadi. Organizmda ikki boshli, uch boshli, to‘rt boshli, duksimon, bir va ikki patli, ikki qorinli va boshqa turdagi muskullar uchraydi (153–159-rasmlar). Muskul tolalari yo‘nalishiga qarab to‘g‘ri, qiyshiq, ko‘ndalang va aylana bo‘ladi.
Har bir muskulning o‘z qon tomiri va nervlari bor. Muskul tarkibida sezuvchi nerv tolalari sezgilarini markaziy nerv sistemasiga yo‘naltirsa, aksincha, markazdan kelayotgan harakat tolalarining ta’sirida muskullar qisqaradi. Simpatik tolalar yordamida muskullar trofikasi (moddalar almashinuvi) bajariladi.
G‘altaklar (trochlea) suyaklarda tog‘ay va biriktiruvchi to‘qima bilan qoplangan g‘altaksimon do‘nglar bo‘lib, ulardan muskullarni o‘rovchi paylar o‘tadi. Muskul paylarining g‘altaklaridan o‘tadigan joyda ularga mos ariqchalar bo‘ladi. Ariqchalardan o‘tadigan muskul paylari biriktiruvchi to‘qimadan yoki paydan tuzilgan boylamlar (retinaculum tendinea) yordamida mustahkamlangan.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə