Taraqqiyoti: sezgi



Yüklə 229,54 Kb.
səhifə2/2
tarix16.05.2023
ölçüsü229,54 Kb.
#110522
1   2
Bolalar psixologiyasi 7 mavzu

Xotira o‘yini” . 1.Stol ustiga bir necha predmetni qo‘yib qo‘ying. Ular olti- yettitadan oshmasligi kerak. Bolalar bu predmetlarni ko‘rib olishiga bir necha daqiqa vaqt beringda, predmetlarni ustini yopib qo‘ying. Bolalar stol ustida qanday predmetlarning borligini bir necha soniyadan keyin aytishi kerak.

  1. Bolalar predmetlarni bir necha daqiqa ko‘rib bo‘lgach, ko‘zini yumib turing va bir predmetni olib, qolganlarining joyini almashtirib qo‘ying. Bolalar olib tashlangan predmetning nomini aytib berishi lozim bo‘ladi.

  2. Stol ustidagi predmetlarning birin olib tashlamasdan, aksincha, yana bir predmetni qo‘shib qo‘ying. Bu o‘yin bolalarning nafaqat diqqatini oshirishga, balki xotirasini ham rivojlantirishga yordam beradi. Qiziqarli tamoni shundaki, bu o‘yin usuli bilan nafaqat bolalarning, balki kattalarning ham diqqat-e’tibori, xotirasini tekshirish mumkin.

Kechqurun barcha oila a’zolari bir joyga to‘planganida kattalar diqqatini, xotirasini ularning kichkintoylari ham tekshirishlari ular uchun juda maroqli bo‘ladi. “O‘rningni top! ”. 1. Bu o‘yin bolalarni prdemetlarni qayerga tegishli ekanini aniqlashlariga yordam beradi. Buning uchun siz qoshiq, kitob, daraxt, likopcha, doska, qalam, porfel, javon, lampa va hokazolarning kichikroq rangli suratlari va kattaroq qilib chizilgan oshxona, tabiat va maktab suratlarini yonma-yon qo‘yib chiqishingiz kerak. Shundan so‘ng bolalar kichikroq hajmdagi predmetlar qayerga tegishli ekanligini topishi kerak.
2.Bolalarga bundan ham qiziqarliroq bo‘lishi uchun o‘rmon va hovlili uy-joy hamda uy va yovvoyi hayvonlar tasvirlangan suratlarni chizing. Barcha rasmlarni aralashtirib chiqing. Bolalar hayvonlar uyda boqiladimi yoki o‘rmonda yuradimi, shuni topib o‘rniga qo‘yishlari kerak. Bu o‘yin o‘ynalayotganda o‘rmonda va uyda yana qanday hayvonlar bo‘lishi mumkinligi haqida aytib o‘ting va iloji boricha ularning rasmlarini chizib ko‘rsating. Keyingi safar yana shu o‘yinni o‘ynayotganingizda uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarning qanday ovoz chiqarishi, qanday yurishi haqida ham gapirib bering. Bu o‘yin-mashg‘ulot bolalarning hayvonot dunyosi haqidagi tasavvurlarini oshiradi.
Bu nima?”. 5 yoshli bolalarga unchalik murakkab bo‘lmagan shakllarni nuqtalar yordamida chizib chiqing. Bolaga esa bu nuqtalarni birlashtirish kerakligini tushuntiring. Bola nuqtalarni birlashtirib bo‘lgandan so‘ng uning nima ekaligini aytadi va ichini bo‘yab chiqadi. Rasmni bo‘yashdan oldin uning rangi qanday bo‘lishi kerakligi haqida ham ma’lumot berib o‘ting. Chizilgan shaklni u o‘zi istagan ranglarda bo‘yashiga ham imkoniyat bering. Muhimi, u turli ranglardan foydalanishi kerak.
Yüklə 229,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə