Tarbiyaviy jarayonda mehnatni tashkil qilishning zamonaviy shakllari


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy jarayonda mehnat faoliyatini rejalashtirish



Yüklə 35,39 Kb.
səhifə4/6
tarix19.12.2023
ölçüsü35,39 Kb.
#151831
1   2   3   4   5   6
Tarbiyaviy jarayonda mehnatni tashkil qilishning zamonaviy shakl-fayllar.org (1)

3 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy jarayonda mehnat faoliyatini rejalashtirish
Bolalarning mexnat faoliyatlarini tashkil etish shakllariga doir
rejalashtirish ma`quldir. Mehnatni tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqdan foydalaniladi. O’z mazmuniga ko’ra topshiriqlar turlicha bo’lishi mumkin. Tarbiyachining ish rejasida yangi topshiriq mazmunini qayd etish, so’ngra uni bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko’rsatish maqsadga muvofiqdir. Bu tarbiyachiga mazkur topshiriq bilan barcha tarbiyalanuvchilarni qamrab olish va ularni kerakli mehnat topshiriqlarini bajarishga o’rgatish, barcha bolalarning yo’lidan keladigan bo’lib borishiga ko’ra tarbiyachi o’zining alohidae`tiboriga muhtoj bo’lgan bolalarning ismlarinigina ko’rsatib
beradi. Bolalar navbatchiligiga raxbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mexnat hajmi va mazmunini, o’zi bolalarga navbatchilarning vazifalarini tanishtirishda foydalanadigan jihoz, metod va usullarni ko’rsatadi.
Keyinchalik navbatchilik ishiga rahbarlik rejada mexnat mazmuni
murakkablashgan, navbatchilikka jalb qilinayotgan bolalar tarbiyachining aloxida e`tiboriga muhtoj bo’lgan hollarda ko’rsatiladi. Vaqti - vaqtida navbatchilik bolalarning birlaridan ikkinchilariga topshirilayotgan bolalar bilan suhbat rejalashtirnladi.
Rejada bolalarning jamoa shaklidagi mexnatlarini tashkil qilish mazmun
va tarkibi, o’tkazish vaqti ko’rsatiladi. Zarur jihozlar belgilanadi va
joylashtiriladi.
Navro’z va mustaqillik bayramlaridan avval uyushtiriladigan umumxalq xasharlari, bayramlari maktabgacha ta`lim muassasasisida bolalarda Vatanga muhabbat, baynalmilalchi xislatini tarbiyalash, ularga xalqningjangovorva mexnat an`analarini tanishtirish maqsadlarida nishonlanadi. Bayramlar tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirilishi lozim.
Rejada muassasaning butun jamoasi, shu jumladan bolalarning
ham tayyorgarliklari aks ettiriladi. Tarbiyachining joriy rejasida bolalarga u yoki bu bayram (yoki mashhur sana) ning ahamiyati haqida hikoya qilinadigan, bolalar katta yoshlilarning bayramga tayyorgarliklari bilan tanishish imkoniga ega bo’ladigan sayr - tomoshalar o’tkaziladigan turli mashg’ulotlar nazarda to’tiladi. Bolalarni bayram ertaliklarida qatnashishga tayyorlash: she`rlar, qo’shiqlar aytish, raqsga tushish,
libos va boshqa atributlarni tikishi xam rejalashtiriladi. Pedagoglar kengashida bayram dasturi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, bolalarni bayramga tayyorlash jarayonida ham, bayramni o’tkazish kunida xam uyushtirish shakllari o’ylab chiqiladi va puxta rejalashtirnladi.
Umumxalq bayramlariga bag’ishlangan ertaliklardan tashqari tarbiyachi bolalar bilan maishiy bayramlar va turli ko’ngil ochishlar: yangiyilbayrami, bolalarni maktabga chiqarish, bir oyda tug’ilgan bolalarning tug’ilgan kunlarini bir kunda nishonlash, shuningdek, qo’g’irchoq, soya teatrini, ko’ngil ochadigan videofilm va kinofilmlar, oynai jahon ko’rsatuvlarini ko’rsatish va shu kabilarni o’tkazishni rejalashtiradi.
Maktabgacha ta`lim muassasasi ota - onalar o’rtasida ishlashni
rejalashtirish pedagoglik targ’ibotini amalga oshirish rejalashtiriladi. Ularni oila va bolalar muassasasining bolalarga ta`sir ko’rsatishda hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadlarida ta`lim - tarbiyaviy ish mazmuni bilan tanishtiradi, bolalarni oilada tarbiyalashning ilg’or tajribasini o’rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish uzluksiz tarzida amalga oshiriladi va maktabgacha ta`lim muassasasisi mudirasi
tomonidan ham (yillik rejada), xar bir guruh tarbiyachisi tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari va ularning mazmuni quyidagilarni: ota - onalar majlislarini, maslahatlarini o’tkazishni, bola oilasiga borishni, ochiq eshiklar kunini, mashg’ulotlar o’tkazishni, bolalar ishlariko’rgazmalarinitashkiletishni, ota - onalar burchaklarini yangilash va shu kabilarni nazarda tutadi.


Yüklə 35,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə