Tarbiyaviy jarayonda mehnatni tashkil qilishning zamonaviy shakllari



Yüklə 35,39 Kb.
səhifə1/6
tarix19.12.2023
ölçüsü35,39 Kb.
#151831
  1   2   3   4   5   6
Tarbiyaviy jarayonda mehnatni tashkil qilishning zamonaviy shakl-fayllar.org (1)


Tarbiyaviy jarayonda mehnatni tashkil qilishning zamonaviy shakllari

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING
KATTAQO’RG’ON FILIALI
MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI
MAKTABGACHA TAʼLIMDA MENEJMENT FANIDAN
TARBIYAVIY JARAYONDA MEHNATNI TASHKIL QILISHNING ZAMONAVIY SHAKLLARI”
MAVZUSIDAGI
KURS ISHI
Bajaruvchi: Mehriniso Shamsiyeva
Ilmiy rahbar: Ilhom Madatov
Kurs ishi maktagacha ta’lim va pedagogikasi kafedrasida bajarildi.
Kafedra mudiri: dots. T. Eshquvvatov
Kurs ishi kafedraning 2023-yil ___(oy)majlisida himoya qilindi va ______ foizga baholandi.
KATTAQO’RG’ON – 2023

MUNDARIJA
Kirish
I Bob Maktabgacha ta’lim tashkilotida mehnat tarbiyasining ahamiyati
1.1 Maktabgacha ta’lim tashkilotida mehnat tarbiyasining maqsad va vazifalari
1.2 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy jarayonda mehnat faoliyatini tashkil etish
II Bob Maktabgacha ta’lim tashkilotida mehnat faoliyatini tashkil qilishda zamonaviy yondashuv
2.1 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy jarayonda mehnat faoliyatini rejalashtirish
2.2 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mehmat faoliyatini tashkil qilishning zamonaviy shakllari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Har qanday jamiyat taraqqiyoti, qaysi sohada bo‘lishidan qat’iy nazar, yetuk va barkamol mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan siyosat bilan o‘lchanadi hamda unga shu nuqtai nazardan tegishli baho beriladi. Kelajakda yuqori marralarni egallashni oldinga maqsad qilgan O‘zbekiston birinchi navbatda, iqtisodiyoti kundan-kunga yuksalib, xalqaro maydonda munosib va salmoqli o‘rin egallab bormoqda. Masalaga shu nuqtai nazardan yondashgan holda mamlakatimizning har bir oliy ta’lim muassasasida mehnat munosabatlari sohasida iqtisodchi malakasiga (kasbiga) ega bo‘layotgan har bir bitiruvchi, o‘qish davomida o‘ta yuksak maqsadlarni ko‘zlab, xalq va Vatan manfaatlarini, talablarini o‘ylab, o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlardan mukammal bilimga ega bo‘lmoqdalar.
Barchamizga ma’lumki, maktabgacha ta’lim bola shaxsining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Zero, maktabgacha ta’lim tashkilotida puxta tayyorlanib maktabga chiqqan bolajonlarning yutuqlarga erishish imkoniyati kengayadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga oid davlat talablarida mamlakatda o’tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, jahon tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalash maqsad qilib olinadi. Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas qismiga aylangan. Ta’limning mazkur bo’g’inini rivojlantirish, shu asnoda bolaning intellektual shaxsini shakllantirish, ta’lim xizmatlarini yaratish orqali sifat darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani sohadagi izchil islohotlarning natijasi bo’lmoqda. Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasining 100 maqsadida maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish ustuvor vazifalardan biri etib belgilangani ham katta e’tiborga molik.
Taʼlim sohasini isloh qilish bugun hukumatimiz diqqat eʼtiborida turgan dolzarb sohalardan biri, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Soʻnggi yillarda maktabgacha taʼlim tizimini isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan qonunlar, qarorlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etilmoqda. Maktabgacha taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi ,,Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida’’gi Farmoni bilan Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi. Maʼlumki, Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etilmasdan avval tizimda zamonaviy dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan. Taraqqiy etgan mamlakatlardagi kabi bolalarni ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof-muhit bilan tanishuvga yoʻnaltirilgan maxsus davlat taʼlim dasturlari tatbiq qilinmagan edi. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlib, bolalarni maktab taʼlimiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermas edi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori misolida koʻrsak, mazkur konsepsiya maktabgacha taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha taʼlimdan teng foydalanishini taʼminlash, maktabgacha taʼlim xizmatlarini rivojlantirish, bir soʻz bilan aytganda, maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishning maqsadli vazifalarini qamrab olgan boʻlib, jarayonning ustuvorliklari va bosqichlarini belgilab beradi. Konsepsiya tasdiqlangandan soʻng oʻtgan bir yildan ortiq vaqt mobaynida maktabgacha taʼlim tizimida yangi Qonun qabul qilindi, yangi loyihalar, islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda.

Yüklə 35,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə