Тарихий манбашунослик



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə20/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Polibiy (miloddan avvalgi 201-120- yy.) – yirik yunon tarixchisi, 40 kitobdan iborat “Umumiy tarix” asari bilan mashxur. Unda Yunoniston, Makedoniya, Karfagen, Misr, Suriya va Rimning 220-146- yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`z ichiga oladi. Umumiy tarix yo`nalishida yozilgan bu asarning katta kismi saklanmagan, bizgacha fakat 1-5- kitoblargina etib kelgan, xalos.
Polibiyning “Umumiy tarixi” daliliy ma`lumotlarga boyligi, vokealarning nisbatan xolisona yoritilishi bilan aloxida axamiyatga egadir.
Unda Oks – Amudaryo va Yaksart – Sirdaryo xakida, Antiox 1 ning Baktriya podshoxi Eftidemga karshi xarbiy yurishi xakida muxim ma`lumotlar bor.
“Umumiy tarix”ning matni 1889-1905 yillar orasida to`rt jildda Leyptsigda chop etilgan. Uning inglizcha (V.R.Paton, London, 1922-1927; ikkinchi nashri, London, 1957-1960) va ruscha (F.G.Mishchenko, 1-3 jildlari. Moskva,1890-1899) tarjimalari mavjud.
O`zyuekistonning kadimiy tarixini o`rganishda kadimiy Yunoniston va Rim tarixchilarining asarlari benixoyat kimmatlidir.
Efor (miloddan avvalgi taxminan 405-330-yillar), Klavdiy Ellian (taxminan milodning 170-235-yillari), aleksandriyalik Kliment (milodning 11 asri), Korneliy Tatsit (taxminan milodning 56-117-yillari), Ksenefont (taxminan miloddan avvalgi 430-355-yillar), Plutarx (milodning 46-127-yillari), Polien (milodning 11 asri) va boshkalarning asarlari xam ana shunday kimmatga egadir.
Geograf olimlardan Strabon va Ptolomey asarlari xam zo`r ilmiy kiymatga egadir.
Strabon (miloddan avvalgi 63 – milodning 23 y.) kadimgi Yunonistonning atokli geograf olimlaridan, asli amosiyalik (Pont podshoxlarining karorgoxlaridan), nufuzli va badavlat oiladan chikkan, mashxur yunon faylasufi Aristotel`ning (miloddan avvalgi 384-322-yy.) shogirdi, kariyb 80 yil umr ko`rgan.
Strabonni dunyoga tanitgan uning 17 kitobdan iborat “Geografiya” nomli asaridir. Asarning 1-2- kitoblari “Mukaddima” deb ataladi va unda geografiya ilmi va uning xokimlar, sarkardalar va savdogarlar faoliyatidagi o`rni va roli xakida gap boradi. Eratosfen, Poseydon va Polibiyning er tuzilishi xakidagi ta`limoti tankid kilinadi, er yuzini tavsiflash xakida umumiy tushuncha bkriladi.
3-10- kitoblarida evropa mamlakatlarining tavsifiga, shundan 8-10- kitoblar Ellada va unga tutash mamlakatlarga bagishlangan.
Asarda Osiyo mamlakatlariga katta o`rin berilib, ular to`grisida 11-16 kitoblarda ma`lumot berilgan. 17 kitob Afrika mamlakatlariga bogishlangan.
Strabon Polibiyning “Umimiy tarix”ini davom ettirib, unga miloddan avvalgi 146-31- yillar orasida bo`lib o`tgan vokealarni ko`shgan. Afsuski, bu muxim asar bizning zamonimizgacha etib kelmagan, lekin kning ayrim kismlari, xususan O`zbekiston tarixidan xabar beruvchi ayrim parchalar olimning “Geografiya” nomli asariga kirib kolib saklangan.
Strabonning “Geografiya”sida Girkaniya, Parfiya, Baktriya va Margiyonaning tabiiy xolati, shaxarlari, kisman ularga borish yo`llari, Oxa (Xarrirud), Oks va Yaksart daryolari xakida, O`zbekistonning kadimiy xalklari – saklar, massagetlar, daylar, atasiyalar, toxarlar xamda xorazmliklar va ularning kelib chikishi, bu xalklarning turmushi, urf-odati va e`tikodi, shuningdek Parfiya va Baktriyaning miloddan avvalgi 111 asrning birinchi choragidagi ichki axvoli va o`zaro munosabatlari xakida muxim va kimmatli ma`lumotlar mavjud.
Strabrnning ushbu asari 1844 va 1848 yillari Kramer va Myuller tarafidan, maxsus xarita va tarxlar bilan ko`shib nashr kilingan. Uning nemischa (Grosskurd, Berlin, 1831-1834) xamda ruscha (F.G.Mishchenko, Moskva, 1879, G.A.Stratanovich, Moskva, 1964) tarjimalari xam mavjud.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə