Тарихий манбашунослик



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə23/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Kadimgi Turk manbalari orasida XVII asrda Sibir` xamda Mo`gilistonda, Oltoy xamda O`zbekistonda topilgan runiy bitiklar aloxida kiymatga ega. Bu yozuvlarning etti guruxi – Lena – Baykalbo`yi bitiklari, enisey, Mo`guliston, Oltoy, Sharkiy Turkiston, O`rta Osiyo bitiklari ma`lum. Bu bitiklar O`zbekiston xalklarining arablar istilosi arafasidagi ijtimoiy-siyosiy xamda madaniy xayotini o`rganishga yordam beradi.
enisey bitiklari mashxur rus xaritashunos olimi S.U.Remezov (taxminan 1642-1720-yy.) tarafidan XVII asr oxirida enisey xavzasi (xozirgi Xakas avtonom viloyatiga karaydi) topilgan. Undan keyin bu xakda shvktsiyalik xarbiy asir F.Stralenberg (Tabbert) ma`lumot beradi. U enisey xavzasidagi kabrtoshlardan toshga o`yib yozilgan notanish xatlarni topgan. Bu yozuv xakidagi ma`lumotlar birinchi marta o`tgan asrning birinchi choragida “Cibirskiy vestnik” jurnalida e`lon kilindi. 1889 yili fmn olimlari eniseydan topilgan yozma yodgorliklar xaritasini tuzdilar.
Mo`gulistondan topilgan bitiklar orasida To`nyukuk, Kul tegin, Bilga xokon va Ongin muxim o`rin tutadilar. To`nyukuk bitigi Ulan-Batordan 66 km janubi-sharkda, Bain Tsokto manzilida joylashgan va ikkinchi turk xokonligining asoschisi Eltarish xokonning (681-691-yy.) maslaxatchi sarkarda To`nyukukka atalgan va 712-716 yillari yozilgan. 1897- yili rus olimi D.A.Klements (1848-1914) va uning xotini elizaveta Klementslar tarafidan ochilgan, V.V.Radlov (1899 y.), V.Tomsen (1922 y.), X.Sheder (1924 y.), D.Ross (1930 y.) xamda G.Aydarov (1971) tarafidan yaxshi o`rganilgan va matni nemischa, daniyacha, inglizcha va ruscha tarjimalari bilan chop etilgan. Obida G.A.Abduraxmonov xamda A.Rustamov tomonidan o`zbek tiliga kiskacha tarjima kilingan (1982 y.).
Kul tegin bitigi. Bilga xokonning (716-734 yy.) inisi Kul tegin (731- yili vafot etgan) sharafiga yozilgan. Mo`gulistonning Kosho Tsaydan vodiysida Ko`kshin O`rxun daryosi bo`yidan rus arxeolog va etnograf olimi N.M.Yadrintsev (1842-1894 yy.) tomonidan 1889 yili topilgan.
Bitik V.V.Radlov (1891 y.), A.Xeykel (1892 y.), V.Tomsen (1896 y.), P.M.Melioranskiy (1897 y.), X.Sheder (1924 y.), S.e.Malov (1951 y.), G.Aydarov (1971 y.)lar tomonidan nemischa, frantsuzcha, ruscha tarjimalarda chop etilgan. G.A.Abduraxmonov va A.Rustamov tomonidan o`zbek tiliga kilingan kiskacha tarjimasi (1982 y.) xam bor.
Bilga xokon bitigi. Kul tegin bitigidan 1 km janubi-garbda - Ko`kshin O`rxun daryosi xavzasida topilgan bu obida 735 yili bitilgan. Uni V.V.Radlov, S.e.Malov, P.M.Melioranskiy va V.Tomsen tomonidan o`rganilgan va chop etilgan.
Ongin bitigi Mo`gulistonning Kosho Tsaydan vodiysidan topilgan va kimga atalganligi anik ma`lum emas. Ba`zi fikrlarga karaganda, yukorida tilga olingan Eltarish xokon va uning xotini Elbiyga xotun sharafiga ko`yilgan (735 y.), boshka fikrga ko`ra Kopagon xokonga (691-716-yy.), yana bir ma`lumotga (J.Klosson) karaganda Bilga xokonning xarbiy boshliklaridan Alp Eletmish (taxminan 731 yilda o`lgan) sharafiga ko`yilgan.
Obida 1892 yili V.V.Radlov tarafidan (estompaji) va 1957 yili J.Kloson tomonidan (inglizcha tarjimasi va tadkikot bilan nashr kilingan.
Bulardan tashkari, Karabalsagun shaxri (Ulan-Batordan taxminan 400 km janubda joylashgan kadimiy shaxar) xarobalaridan, Xayto Tamir, Cho`yren, Beyshin-Udzur, Bayan-Xo`ngur va boshka joylardan topilgan yozuvlar xam muximdir.
Oltoydan topilgan bitiklardan Chorish, Katandi daryolari, Ko`shogoch xamda togli noxiyalaridan topilgan bitiklarni aytib o`tish mumkin. Bular O`rxun-enisey bitiklaridan fvrkli o`larok, etnografik materialga boydir. Oltoydan topilgan yozuvlar P.M.Melioranskiy, E.R.Tenishev, A.K.Borovkov, K.Seydakmatov, V.M.Nadelyaev xamda D.D.Vasil`ev tomonidan e`lon kilingan.
Sharkiy Turkistondan topilgan bitiklar orasida Turfon voxasidagi gorlarga joylashgan ibodatxona devorlariga yozilgan bitiklar aloxida o`rin tutadi. Bitiklar V.Tomsen tarafidan chop kilingan.
Kozogiston xamda Kirgizistonda topilgan bitiklar (asrimizning 60-70- yillarida topilgan) xali chukur o`rganilmagan. Bular orasida Talas voxasidagi (Ayritom, Teraksoy, Kulonsoy, Toldiko`rgon, Urjor, Sirdaryo, Ila, Olma Ota, Tolgar, Tinbas va xokazo) topilgan bitiklar muxim ilmiy axamiyat kasb etadi.
Kozogiston xamda Kirgiziston xududidan topilgan bitiklarning ba`zilari S.Sodikov, M.e.Masson, A.N.Bernshtam, A.S.Omanjolov, G.Musaboev, Ch. Jumagulov xamda G.Karagulovalar tomonidan e`lon kilingan.
Kadimiy turk runik yozuvlari (asosan sopol idishlarga yozilgan) Fargona, Oloy vodiysi xamda Janubiy O`zbekiston va Tojikiston xududidan, ya`ni Bekobod, Isfara, Margilon, Fargona, Andijon, Kuvasoy, O`sh, O`zgand, Kofirnixon, shuningdek So`gddan xam topilgan va A.N.Bernshtam, B.A.Litvinskiy, V.A.Bulatova, E.R.Tenishev, Yu.A.Zadneprovskiy tarafidan o`rganilgan.
Umuman, kadimiy turk runik yozuvlari xalkimiz tarixini yoritishda juda kimmatli manbadir.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə