Тарихий манбашунослик



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə24/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Xitoy manbalari xakida so`z boshlashdan oldin shuni aloxida kayd etib o`tish kerakki, ular xam xitoy xukmdorlarining maksad va manfaatlarini ko`zlab yozilgan, boshka xalklarning tarixi ko`p xollarda bir taraflama yoritilgan. Lekin xitoy manbalarida bo`lib o`tgan vokealarning vakti va o`rni anik ko`rsatiladi, bir-biriga karshi turgan ko`shinlarning umumiy soni anik ko`rsatiladi.
Kadimiy O`zbekistonning uzok o`tmishdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`rganishda kuyidagi xitoy manbalari muxim rol` o`ynaydi.
Shi Tszi” (“Tarixiy esdaliklar”) xitoy tarixshunoslarining otasi xisoblanadigan Sima Tsyan`ning 130 bobdan iborat asaridir.
Sima Tsyan` –(taxminan miloddan avvalgi 145 yoki 135-86-yillar) Lunmin` (xozirgi Shen`si viloyati) shaxrida saroy tarixchisi Sima Txan oilasida tugilgan, mamlakat bo`ylab ko`p sayoxat kilgan, otasi vafot etgandan (miloddan avvalgi 108 yili) keyin uning o`rniga saroy tarixchisi sifatida kabul kilingan. Miloddan avvalgi 98 yili imperatorga karshi chikib, sarkarda Li Linni ximoya kilgani uchun kattik jazoga tortilib (bichilgan) saroydan kuvib yuborilgan. Lekin u ruxiy tushkinlikka tushib kolmadi va bo`lajak tarixiy kitobi ustidagi ishni davom ettirdi. Ko`p vakt o`tmay Sima Tsyan` yana saroyga taklif etildi va imperator Bosh maxkamasi boshligi etib tayinlanadi, kitobini yozib tamomlashga sharoit yaratib berildi.
Uning “Shi Tszi” nomli asarida Xitoyning kadimiy zamonlardan to miloddan avvalgi 1 asr boshlariga kadar o`tgan tarix bayon etilgan. Asarda O`zbekiston, uning 123 bobida xususan Fargona va uning kadimiy xalki, xayoti xakidagi kimmatli ma`lumotlar mavjud.
“Shi Tszi”ning to`la matni olti jild kilib 1959 yili Pekinda e`lon etilgan, rus tiliga tarjima etilib (I.Ya.Bichurin, L.S.Vasil`ev, L.S.Perelomov, Yu.L.Krol` va boshkalar) 1972, 1975, 1984, 1986 yillari chop etilgan. E.Shavann (1865-1905) tomonidan frantsuz tiliga tarjima kilinib, 1895-1918 yillari 5 jildda bosmadan chikkan.
Tsyan` Xan` shu” (“Avvalgi Xan` sulolasining tarixi”) yirik tarixchi olim Byan` Gu (39-92) asaridir. Tarixchi An`lin (Shensi viloyati) shaxrida Garbiy Xan` sulolasi (miloddan avvalgi 206 – milodning 220 y.) xizmatida turgan yirik mansabdor va tarizshunos oilasida tugilgan, 47-55 yillari Loyanda oliy ta`lim olgan, 58-82 yillari o`z asarini yozgan.
“Tsyan` Xan` shu”ning 95 bobida O`zbekiston (ayniksa, kangli, yuechji va usunlar xakida) va Sharkiy Turkistonning kadimiy tarixi, xalki va uning xayoti xakida ko`p muxim ma`lumotlarni uchratamiz.
“Tsyan` Xan` shu” 1962 yili Pekinda 12 jildda nashr kilingan. Inglizcha tarjimasi (G.Dubs, Baltimor, 1938-1944-yy.) xam bor.
Xou Xan` shu” (“Keyingi Xan` sulolasi tarixi”) tarixchi Fan` Xua (398-445 yy.) asari. Olim avvalgi Xan` sulolasi (25-220-yy.)ga xizmat kilgan. Kichik davlat lavozimida turgan va 424 yili viloyat xokimligiga ko`tarilgan. Davlatga karshi isyonda katnashganlikda ayblanib katl etilgan.
“Xou Xan` shu” Xitoyning avvalgi Xan` sulolasi davridagi tarixni o`z ichiga olgan katta asar (130 bobdan iborat. Unda O`zbekiston, Sharkiy Turkiston va Jungoriyaning 25-221- yillarorasidagi tarixi xakida dikkatga sazovor ma`lumotlar bor.
Bey shu” (“Shimoliy sulolalar tarixi”) 100 bobli asar bo`lib, Tan` sulolasi (618-907 yy.) davrida yashagan yirik tarixchi Li Yan`-shou (taxm.595-678-yy.) kalamiga mansub. Unda Shimoliy Xitoyda xukmronlik Vey (386-535-yy.), Tsi (550-577-yy.), Chjou (557-581-yy.) sulolasi xukmronligi, ya`ni 386-581 yillar tarixi bayon etilgan. Asarda O`zbekiston, xususan Xorazm xamda Sharkiy Turkiston xakida kimmatli ma`lumotlarni uchratamiz. “Bey shu”ning matni 1958 yili Shanxayda chop etilgan.
Suy shu” (“Cuy xonadonining tarixi”) Xitoy tarixchilari jamoasi tarafidan yozilgan asar. Uni yozishda Vey Chjen (580-643 yy.) –Tan` sulolasi davrida o`tgan tarixchi, imperator Chjen-Guan` (626-650) davrida uning o`gli va toju taxt vorisiga tarbiyachi bo`lgan, Yan` Shi-Gu xamda Kxun In-da bilan birgalikda ishtirok etib, asarda Xitoyning Suy sulolasi davrida, U-U1 asrlardagi ijtimoiy-siyosiy tarixi 85 bobda bayon etilgan. Kitobning 55 bobi 637 yili yozib tamomlangan. Kolgan 30 bobiga esa 20 yil vakt ketgan.
Asarda imperatorning iktisodiy siyosati, ko`shinning tuzilishi, mamlakatning axvoli, xalkning urf-odatlari xakida ma`lumotlar keltirilgan. Uning 83-bobida O`zbekiston va Sharkiy Turkiston xakida xam dikkatga sazovor ma`lumotlarni uchratamiz. Ko`p jildli “Sulolalar tarixi” tarkibida 9 jild sifatida 1958 yili Shanxayda bosilgan.
“Tszyu Tan` shu” (“Tan` sulolasining eski tarixi”) imperator Jen`-Tszun (1023-1063-yy.)ning topshirigi bilan 940-945 yillari yozilgan.
Ouyan Syu (1007-1072-yy.) va Sun` Tsi (998-1061 yy.) 960-1279 yillari xukmronlik kilgan Sun` (Janubiy va Shimoliy Xitoy) sulolasi tarixchilari1043-1060-yillari shu sulolaning yangi tarixi “Cin` Tan` shu” (“Tan` sulolasining yangi tarixi”) yozganlar. Xar ikkala asar xam o`ziga xos afzalliklariga ega bo`lib, ma`lum darajada bir-birini to`ldiradi.
XVIII asrda tarixchi Shen` Bin-chjen` xar ikkala tarixni bir-biriga boglab, unga “Sin` tszyu Tan` shu xechao” (“Tan` sulolasining bir-biri bilan ko`shilgan yangi xamda eski tarixi”) deb nom ko`ydi. Asarda 618-907- yillar vlkealari bayon etilgan.
“Cin` Tan` shu”da O`zbekiston janubi, Afgoniston, Eron xamda Sharkiy Turkiston xakida ma`lumotlar uchraydi.
1958 yili ko`p jildli “Sulolalar tarixi”ning 12 jildi sifatida Shayxayda chop etilgan.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə