Тарихий манбашунослик



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə25/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

So`gd tilidagi manbalar asosan IV-X asrlarga oid bo`lib, turli mazmundagi xukukiy xujjatlar – axdnomalar, nikox xakidagi shartnomalar, oldi-sotti xujjatlari, tilxatlar, So`gd, Shosh, Turk va Fargona xukmdorlari o`rtasidagi yozishmalar, xo`jalikning kundalik faoliyatiga oid xuddatlar, masalan, xarajatlar yozilgan xujjat xamda farmonlardan iborat.
Bu xujjatlar So`gdiyonaning o`zidan, Mug kal`adan, Samarkandda Afrosiyobdan, Kirgiziston va Sharkiy Turkistonda topilgan.
Bular orasida Mug kal`a xarobalaridan 1932 yili topilgan xujjatlar aloxida axamiyatga ega. Xujjatlar baxorda Tojikistonning Varziminor (xozirgi Zaxmatobod) tumaniga karashli Xayrobod kishlogida shu tumanning sobik birinchi raxbari A.Po`lotiy tomonidan ochilgan. Xuddatlar jami 79 ta bo`lib, bulardan 74 tasi kadimgi so`gd, 1 dona arab, 3 tasi xitoy va yana biri turk tilidadir. Ular xar xil materialga – charmga, taxtaga va kogozga yozilgan. Xujjatlar so`gd dexkoni, katta er egasi, podshoxi Devashtich (708-722-yy.) va yirik mansabdorlar-framandarning, shuningdek, Xoxsar xamda Kshtut dexkonlarining shaxsiy arxiviga tegishli bo`lib, So`gdning VIII asrning birinchi choragidagi iktisodiy, siyosiy va madaniy xayotini o`rganishda muxim manba rolini o`ynaydi.
Mug kal`asidan topilgan xujjatlar A.A.Freyman, A. V.Vasil`ev, I.Yu.Krachkovskiy, M.N.Bogolyubov, V.A.Livshits, M.Isxokov, U.N.Mansurov xamda O.I.Smirnovalar tarafidan chukur o`rganilgan.
Mug kal`asi xujjatlarining topilishi tarixi va ular xakidagi dastlabki ma`lumotlar 1934 yili maxsus to`plam shaklida (“Cogdiyskiy sbornik”, Leningrad, 1934) e`lon kilindi. Ayrim xujjatlarning tarjimasi I.Yu.Krachkovskiy va A.A.Freyman tomonidan 30-yillari e`lon kilindi. Xukukiy xujjatlar va maktublar tarjimasi, zarur izox va tadkikotlar bilan (Sogdiyskie dokumentы s gorы Mug. Chtenie, perevod, kommentariy. II chikishi. 1962.) V.A.Lifщits tarafidan chop kilindi.
1961 va 1965 yillari O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti xodimlari ilmiy safar chogida Samarkandning Afrosiyobida V-VI asrlarga oid saroy xarobalarini ochdilar. Saroy mexmonxonasining dkvorlari turli mazmundagi rasmlar bilan bezatilgan bo`lib, ular orasida ok kiyim kiygan Chagoniyon elchisining surati xam bor. Uning etagiga so`gd tilida o`n olti satrdan iborat ishonch yorligi yozib ko`yilgan edi. Bu yozuvlar VII asr o`rtalaridagi xalkaro munosabatlar tarixini o`rganishda muxim axamiyat kasb etadi.
Samarkandda topilgan yozuvlar IX asrga oid uch tilda so`gd, kadimgi turk va xitoy tilida yozilgan turk xokonining kabr toshidagi bitikdir.
Bunday xujjatlar so`gdiylarning Kozogiston, Kirgiziston xamda Sharkiy Turkistondagi savdo koloniyadaridan xam topilgan. Bular orasida ayniksa A.Steyn (1862-1943) tarafidan 1907 yili Dun`xuan (Xitoyning Gan`su viloyatida) va Turfonda (Sharkiy Turkiston) topilgan xujjatlar, Talas daryosining o`ng soxilida, xozirgi Talas shaxridan 7 km shimolda joydashgan Kulonsoy xamda Teraksoy daralarija koya toshlarga o`yib bitilgan yozuvdar aloxida e`tiborga molik. Bu yozuvlar IV-XI asrlarda So`gd koloniyalarining ijtimoiy axvoli xakida, ayniksa O`rta Osiyo va Uzok Shark mamlakatlari o`rtasidagi savdo alokalari va bunda so`gdiylarning roli xakida kimmatli ma`lumot beradi.
Dun`xuan va Xo`tan xujjatlari A.Steyn, Talasdan topilgan yozuvlar esa V.A.Kallaur, M.e.Masson, D.F.Vinnik, A.A.Asanaliev, K.Ashiraliev, U.Jumagulovlar tarafidan o`rganilgan.
Mamlakatimiz tarixi, xususan unda yashagan kadimiy xalklar tarixini o`rganishda, so`gd tilida yozilgan “Xalklar ro`yxati” deb atalgan bir xujjat (VIII asr) o`ta muximdir. Unda O`rta Osiyoda yashagan 21 xalk va elatning nomi keltirilgan.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə