Тарихий манбашунослик



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə27/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Islomshunoslik. VII asrda paydo bo`lgan islom dini tez orada ulkan xududga tarkaldi. Arab xalifaligi tashkil bo`lgach bu davlat tarkibiga kiruvchi mamlakatlar, xalklar tarixi, madaniyatiga juda katta ta`sir o`tkazdi. Bizning maksadimiz islom manbashunosligi asoslari Kur`on, Xadis va tavsirlar tarix ilmi, manbashunoslik nuktai-nazaridan o`rganishdir. Chunki xalkimiz xayotida XX asr boshlarigacha, xatto bugungi kunda xam e`tikod masalalari musulmonchilik konun koidalari amal kilib kelmokda. Bundan tashkari aksariyat yozma manbalar islom manbashunosligi konun koidalariga binoan yaratilgan. Mana shuning uchun xam tarixchi pedagoglar islomiy manba asarlarini yaxshi bilishi va o`z pedagogik faoliyatlarida foydalanishi lozim. Manbashunoslik fanida talaba dinshunoslik fanida olgan bilimlarini yanada chukurlashtirish nazarda tutiladi.


Mavzuni mustaxkamlash uchun beriladigan savollar.
1. «№ur`on»da 3anday tarixiy ma`lumotlar mavjud?
2. Tarixiy manbalarda «№ur`on»dan 3aysi urinlarda foydalanilgan?
3. Xadislarning tarixiy axamiyati nimada?
4. Tafsir deganda nimani tushunasiz?
7 - mavzu: IX-XII asrlar tarixiga oid manbalar


Reja:
1. Asosiy ijtimoiy-siyosiy vokealar.
2. Xukukiy xujjatlar va yozishmalar.
3. Arab tilida yozilgan manbalar.
4. Arab tilidagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari


Asosiy tushunchalar: Somoniylar, Koraxoniylar, Gaznaviylar, Buvayxiylar, Ziyoriylar, koraxitoylar, gurxon, Xorazmshoxlar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008.
2. “Kur`oni karim”. O`zbekcha izoxli tarjima. Tarjima va izoxlar muallifi Alouddin Mansur.-Toshkent: 1992.
3. Islam. Entsiklopedicheskiy slovar`.-Moskva: Nauka. 1991.
4. Xalidov A.B. Arabskie rukopisi i arabskaya rukopisnaya traditsiya.–M., 1985.
5. B. A. Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari. - Toshkent: “O`qituvchi”. 2001.
6. T.S.Saidkulov. O`rta Osiyo xalklari tarixining tarixnavisligidan lavxalar. - Toshkent: “O`kituvchi”. 1993.
7. Sobranie vostochnыx rukopisey Akademii nauk Respubliki Uzbekistan. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998.
8. Rukopisnaya kniga v kul`turax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: ‘’Nauka’’. 1987.
9. Krachkovskiy I.Yu. Arabskaya geograficheskaya literatura. Soch. IV tom,-M.,L. 1957.

Bagdod xalifaligining sobik xududida tashkil topgan eng yirik davlatlardan biri Somoniylar davlati (819-999) edi. Unga Nux ibn Asad (819-842 yy.) asos soldi. Bu davlat ayniksa X asrning birinchi yarmida, Ismoil ibn Axmad davridan (892-907-yy.) boshlab kuchaydi. Somoniylar Movarounnaxr, Xuroson, Eron, xozirgi Afgonistonning katta kismi, shuningdek, Toshkent, Turkiston va Ispijob (Sayram) ustidan o`z xukmronligini o`rnatdilar.


Somoniylar yirik er egalari, nufuzli ruxoniylar xamda yirik savdogarlarning ko`magiga tayanib, feodal tarkoklik va ichki urushlarga barxam berdilar, Ila vodiysida va Sirdaryo bo`ylarida ko`chib yurgan korliklarning Movarounnaxrning ichki tumanlari ustiga kilib turgan xurujlariga barxam berdilar(893 y.). Bu xol mamlakatning iktisodiy va madaniy yuksalishiga yo`l ochdi.
Bu sulola davrida markaziy davlat boshkaruvi birmuncha takomillashdi. Amir davlatni o`nta muassasasi (devon): devoni vazir (Bosh maxkama), devoni mustavfiy (moliya ishlari maxkamasi), devoni omid ul-mulk (insho va elchilik idorasi), devoni soxib shurat (amir gvardiyasi ishlari bilan shugullanuvchi idora), devoni soxib barid (pochta ishlari maxkamasi), devoni mushrif (o`ziga xos davlat xavfsizligi idorasi), devon ad-diya (amirning er-mulkini boshkaruvchi idora), devoni muxtasib (shariat ishlari maxkamasi), devoni vakf (vakf ishlarini nazorat kiluvchi idora), devoni kuzzot (kozilik maxkamasi) yordamida boshkargan. Lekin, davlatni boshkarishda turk amirlarining roli juda katta bo`ldi.
Somoniylar davrida xunarmandchilik va savdo-sotik rivojlandi. Buni Buxoro, Samarkand, Marv, Balx, Gazni, Xirot va Toshkent kabi yirik, tarakkiy etgan shaxarlar misolida ko`ramiz. Bu davlat Xazar xokonligi, Bulgor xonligi, Rus` va Xitoy bilan iktisodiy-madaniy alokalari birmuncha rivoj topdi.
Bu davr ilm-fan va madaniyatning o`rta asr sharoitida benixoyat rivojlangan davri xisoblanadi. Rudakiy, Dakikiy, Firdavsiy singari ulkan shoirlar, Farobiy, Beruniy, Ibn Sinodek allomalar etishib chikdi.
Katta er egaligi munosabatlarining rivojlanishi, maxalliy er egalari bilan byurokratik apparat, katta er egalari bilan ijarachi dexkonlar o`rtasidagi ziddiyatlar natijasida o`zaro feodal kurash va yirik er egalarining ayirmachilik-ajralib chikishga bo`lgan xarakati kuchayib ketdi.
X asr oxirlariga kelib feodal tarkoklik yanada kuchaydi, Xamadon, Isfaxon va Rayda Buvaxiylar, Tabariston va Jurjonda Ziyoriylar mustakillikka erishdilar, 962 yilda Somoniylarning Gaznidagi noibi Alptakin xam mustakillik e`lon kildi. Sirdaryoning o`ng soxilidagi erlar, shuningdek, Chagoniyon va Xorazm xam somoniylarga itoat etishdan bosh tortdilar.
Mamlakatda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy parokandachilikdan Koraxoniylar ustalik bilan foydalandilar. Ular 996 yili Zarafshonning shimoliy tarafidagi barcha erlarni, 999 yili esa Buxoroni ishgol etib, Somoniylar xukmronligiga barxam berdilar.
Koraxoniylar (X asrning 90-yillarida Sharkiy Turkiston, ettisuv va Tyan`shanning janubiy kismida tashkil topgan feodal davlatga asos solgan sulola) 996-999 yillari Nasr ibn Ali (1012-yili vafot etgan) boshchiligida butun Movarounnaxrni egalladi. Fakat Somoniylar lashkarboshisi Abu Ibroxim Ismoil (Muntasir) 1001 yilgacha Karoxoniylar bilan kurashdi, lekin ulardan ustun kelolmadi.
Nasr ibn Alidan keyin Movarounnaxrni Iligxon Ali takin(1034 yilning kuzida vafot etgan) idora kildi. 1025 yili Koshgar xoni Kodirxon (Tamgochxon) bilan Maxmud Gaznaviy (998-1030-yy.) birgalikda Movarounnaxr ustiga yurish boshladilar. Ali takin Buxoro va Samarkandni koldirib cho`lga chekinishga majbur bo`ldi. Ittifokchilar Movarounnaxrda o`zlarining xarbiy-siyosiy mavkelarini mustaxkamlay olmadilar va uni tashlab chikishga majbur bo`ldilar.
1032 yili Xorazm xukmdori Oltintosh (1017-1032 yy.) xam urinib ko`rdi, lekin uning barcha xarakatlari zoe ketdi. Tarixiy manbalar, masalan Abulfazl Bayxakiy bergan ma`lumotlarga karaganda, Ali takindan keyin taxminan 1040 yilga kadar uning o`gillari xukmronlik kildilar. Ulardan keyin 1060 yilgacha Abu Isxok Ibroxim ibn Nasr xukm yuritgan. U Koraxoniylar poytaxtini O`zganddan (Fargona vodiysidan) Samarkandga ko`chirib olib keldi. Uning vafotidan keyin o`gillari o`rtasida taxt uchun kurash boshlandi. Bu kurashda Abu Isxok Ibroxim ibn Nasrning Shams ul-mulk Nasr ismli o`gli golib chikdi.
Shams ul-mulk Nasr davrida (1068-1080-yy.) Koraxoniylar va Saljukiylar o`rtasida Termiz va Balx uchun kurash kuchaydi. Buning ustiga Tomgochxon Kodir Yusuf va uning o`gillari unga karshi kurash boshladilar va Sirdaryoning shimoliy soxilidagi erlarni xamda Fargonani undan tortib oldilar.
Abu Isxok Ibroxim ibn Nasr va uning avlodi bilan musulmon ruxoniylari o`rtasidagi ziddiyatlar Shams ul-mulkning taxt vorislari Xidir va Axmad (1081-1089 yy.) davrida benixoyat kuchaydi. Saljukiy Malikshox I 1089 yili Movarounnaxrga ko`shin tortib, Buxoro va Samarkandni zabt etdi. Lekin Saljukiylar tez orada sulx tuzib, Movarounnaxrdan chikib ketishga majbur bo`ldilar. Sulton Sanjar davrida (1118-1157 yy.), 1130 yildan boshlab, Koraxoniylar unga tobe bo`lib koldilar. Mamlakatda siyosiy tarkoklik kuchaydi – viloyat va o`lkalarning ko`pchiligi mustakillik e`lon kildi. Ana shunday mustakil viloyatlardan biri Buxoro bo`lib, bu erda xokimiyat Sadrlar (Burxoniylar) deb ataluvchi ruxoniylar sulolasi (1130-1207 yy.) ko`liga o`tdi.
Koraxoniylar inkirozga yuz tutgan va Movarounnaxr tarkoklik iskanjasiga tushib kolgan paytda uning shimoliy-sharkiy va garbiy tarafida ikki yirik xarbiy siyosiy kuch paydo bo`ldi. Bulardan biri koraxitoylar bo`lib (etnik tarkibi aniklanmagan), ba`zi ma`lumotlarga ko`ra, ularning asli tungus, ayrim olimlarning fikricha mo`gul edi. Ular XII asr boshlarida dastlab Chuguchak, keyinchalik Bolosogun shaxri bilan birga butun ettisuv voxasini ishgol kildilar. Koraxitoylarning oliy xukmdori shurxon deb atalgan. Yana bir yirik xarbiy siyosiy kuch Xorazmda shakllandi. Ilgari Saljukiylarga tobe bo`lgan Xorazm 1127 yili mkstakillikka erishdi.
XII asrning 30-yillari boshlaridan koraxitoylarning Movarounnaxrga talonchilik xurujlari boshlandi. Ular Shosh va Fargona bilan kifoyalanib kolmay, Zarafshon xamda Kashkadaryo voxalariga xam kirib bordilar. Koraxitoylar 1138 yili Samarkand xoni Koraxoniy Maxmudxonni (1132-1141) tor-mor keltirdilar va katta o`lpon olib ettisuvga kaytib ketdilar. 1141 yili ular Samarkandga yakin Katavon degan joyda Maxmudxon va Sulton Sanjarning birlashgan kuchlarini tor-mor keltirib, Samarkand, so`ngra Buxoroni egalladilar. Lekin ular ettisuvdan Movarounnaxrga ko`chib o`tmadilar, balki xar yili o`lpon olib turish bilan kifoyalandilar.
Xorazmning mustakillikka erishuvi Xorazmshox Otsiz (1127-1156 yy.) nomi bilan boglik. U kiska vakt ichida Sirdaryoning kuyi okimida joylashgan Jand shaxrini va Mingkishlokni egalladi. Suton Sanjar Xorazmni yana bo`ysundirishga xarakat kildi, lekin bunga erisha olmadi. El Asrlon (1156-1172-yy.) va Sulton Takash (1172-1200 yy.) vaktida Xorazmshoxlar davlati birmuncha mustaxkamlandi. Xorazmshoxlar 1156-1192- yillar orasida Xind daryosidan Irokkacha bo`lgan erlarni bo`ysundirishga muvaffak bo`ldilar. Xorazmshox Muxamad (1200-1220-yy.) davlati xududini juda kengaytirdi. 1206 va 1212 yillari Buxoro va Samarkandni bosib oldi, 1210 yili esa ettisuvda Gurxon ko`shinlariga kakshatkich zarba berdi va bu bilan koraxitoylarning Movarounnaxrga bo`lgan da`volariga chek ko`ydi. Ammo bu ulkan davlat markazlashgan va mustaxkam emas edi. Shuning uchun xam u mo`gullarning kuchli zarbasiga dosh berolmadi.
Koraxoniylar davrida davlat tepasida xon (manbalarda Tomgochxon) turgan va u rasman oliy xukmdor xisoblangan, aslida esa nomigagina shunday bo`lib, ijtimoiy-siyosiy xayotda ulus xokimlarining, manbalarda ular iligxon atalgan, tutgan mavkei kuchli bo`lgan. Ulardan ayrimlari mustakil siyosat yuritganlar. Fargona (markazi O`zgand) xamda Movarounnaxr (markazi Samarkand) iligxonlari shular jumlasidandir. Koraxoniylar davdat tuzulmasi xakida ma`lumot kam. Lekin vazir, soxib barid, mustavfiy atalmish lavozimlarning mavjud bo`lishiga karaganda, ular davrida xam Somoniylar davlati idoralari saklangan ko`rinadi.
XI asrdan boshlab O`zbekistonda erga egalik kilishning yangi shakli – ikto`, toju taxt oldida ko`rsatgan xizmatlari uchun shaxzoda va xonzodalar, amir va mansabdorlarga in`om tarikasida beriladigan er-suv, tarakkiy eta boshladi.
Koraxitoylar bosib olingan erlardan o`lpon yigib olish (xar bir xonadondan bir dinor mikdorida) bilan kifoyalandilar.
Mexnatkash xalkning axvoli ogir edi. U ikki tomonlama, maxalliy yirik er egalari va xorijlik boskinchilar zulmi ostida koldi, muntazam ravishda xiroj xamda boshka solik va jarimalar to`lab turishga, davlat, xon va yirik er egalarining shaxsiy kurilishlarida tekinga ishlab berishga majbur edilar.
Bu davrda chet el boskinchilariga karshi xalk ko`zgolonlari xam bo`ldi. Masalan, 1206 yili Buxoroda va 1212 yili Samarkandda bo`lib o`tgan kosiblar ko`zgolonlari shular jumlasidandir.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə