Тарихий манбашунослик


-Mavzu: Turkiy-o`zbek tilidagi tarixiy manbalar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə35/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

9-Mavzu: Turkiy-o`zbek tilidagi tarixiy manbalar


Reja:
1. Tarixiy manbalarning yaratilishida turkiy-o`zbek tilining tutgan o`rni.
2. Turkiy-o`zbek tildagi tarixiy manbalar.
3. Turkiy-o`zbek tildagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari va axamiyati.


Asosiy tushunchalar: turkiy-o`zbek tilidagi tarixiy manbalarga oid asosiy tushunchalar arab va fors tilidagi tushunchalardan deyarli fark kilmaydi. Shuning bilan birga turkiy tilda xarbiy termin va davlat tizimi, boshkaruvi va jo`grofiy atamalar o`rni salmoklidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
1. I.A.Karimov. “Yuksak ma`naviyat engilmas kuch”-T., 2008.
2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., «O`kituvchi». 2001.
3. T.S.Saidkulov. O`rta Osiyo xalklari tarixining tarixnavisligidan lavxalar.-T., «O`kituvchi» 1993.
4. Sobranie vostochnыx rukopisey Akademii Nauk Respubliki Uzbekistan. Istoriya. Sostaviteli D.Yu.Yusupova, R.P.Djalilova.-T., «Fan». 1998.
5. B.A.Axmedov. Istoriko-geograficheskaya literatura. Sredney Azii XVI-XVIII v.-T., «Fan». 1985.
6. T.K.Beysenbiev «Tarixi Shaxrixi» kak istoricheskiy istochnik. Alma-Ata. 1987.


Tarixiy manbalarning yaratilishida turkiy-o`zbek tilining tutgan o`rni
Boy yozma merosimiz, tarixiy manbalarimiz shakllanishi va yaratilishida turkiy-o`zbek tilining aloxida o`rni bor. Lekin yurtimizda siyosiy xokimiyat avval arablarda, so`ng forsiy zabonli sulonlarda bo`lgan zamonlarda arab va fors tili davlat tili sifatida iste`foda etilib, bu tillarda rasmiy xujjatlar, tarixiy manbalar yaratildi. O`sha davolarda xam Maxmud Koshgariyning “Devoni lugotit turk”, Yusuf Xos Xojibning “Kutadgu bilik” kabi yirik yozma manbalarning yaratilishi turkiy tilning kudrati, saloxiyati va kuchi etarli ekanini namoyish etdi.
Bundan tashkari, uzok muddat davomida xalkimiz etakchi ziyolilari va jonkuyarlari “Kur`oni karim” tafsirlari, “Xadisi sharif” va “Kisas ul-anbiyo”larni o`z turkiy tilimizga o`girishga va moslashtirishga xarakat kilganlar. Bizning boy diniy merosimiz bilan boglik kitoblar o`z tadkikotchilarini kutmokda. Keyingi mustamlaka davri siyosatida xalkimizga arab va fors tili, go`yoki chet tili, yot til sifatida ko`rsatilib, bu tillardagi boy merosimiz bizga begona, eskirgan, kolok o`tmish merosi sifatida tushuntirilib kelindiki, natijada bizning ma`naviy dunyomiz ma`lum darajada kambagallashdi, xalos.
Afsuski, arab yozuvidagi boy merosimizni tushunmaydigan, undan yotsiraydigan, eng fojialisi, tushunishni xam xoxlamaydigan ziyolilar guruxi vujudga keldi. Ular tomonidan arab alifbosi asosidagi yozuvimiz eski o`zbek yozuvi deb atala boshlandi.
Vaxolanki, biz Alisher Navoiyni o`zbek adabiy tili asoschisi deb tan olganmiz. Uning “Muxokamut ul-lugatayn”
nomli asarida kayd kilinishicha, xokimiyat arablarda bo`lganida ular o`z tilidagi madaniyatni ravnak toptirishga xomiylik kildilar va ragbatlantirdilar. Undan so`ng fors tilidagi madaniyatga e`tibor berildi. Va nixoyat Temuriylar saltanati o`rnatilgach, turkiy-o`zbek tilining va turkiy madaniyatning tarakkiy etishi uchun katta imkoniyatlar yaratildi.
Bizning tilimizdagi yozma manbalar fakat xozirgi Respublikamiz xududi bilan chegaralanib kolmay, balki Alisher Navoiy iborasi bilan aytilsa, Xitodin to Xurosngacha, xatto Idil (Volga) daryosi bo`ylarigacha bo`lgan joylarda turkiy til tushunilgan, yozma manbalar, madaniyat obidalari yaratilgan.
Birgina xarakterli misol. Buyuk boburiylar oltinchisi Avrangzeb Olamgir (1657-1706 yy.) o`zining Rks podshoxiga jo`natgan rasmiy maktubini turkiy tilda bitgan va bu muxim xujjat rus solnomalarida saklanib kolgan.
XIII asrda Kul Ali tomonidan turkiy tilda “Yusuf va Zulayxo” dostoni Oltin O`rdada bitilgan. Birinchi turkiy tildagi aruz risolasi XV asr o`rtalarida Misrda yaratilgan.
Mo`gul xokimlar xuzurida baxshi – kotiblarning bo`lganligi va nixoyati XIV asr oxiriga borib “Temur tuzuklari”ning yuzaga kelishi turkiy-o`zbek tilining tarakkiyoti uchun katta xizmat kildi. Nosiriddin Rabguziyning “Kisas ul-anbiyo” asarining yaratilishi, “Tarixi Tabariy”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Muxammad Mirxondning “Ravzat us-safo” kabi yirik asarlarning turkiy tiliga o`girilishi, Durbek, Sayid Kosimiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Xofiz Xorazmiy kabi shoirlar ijodi turkiy-o`zbek tilining jaxondagi tarakkiy etgan adabiy va ilmiy til ekanligini ko`rsatdi.
Alisher Navoiy yirik badiiy asarlari, “Xamsa” va “Lison ut-tayr” dostonlari, “Xazoyin ul-maoniy” nomli to`rt devonlari katorida yaratilgan nasriy tarixiy asarlari, xususan tarixga oid “Tarixi anbiyo va xukamo”, ”Tarixi muluki Ajam”, “Xamsat ul-mutaxayyirin”, ”Xoloti Sayyid Xasan Ardasher”, ”Xoloti Paxlavon Muxammad”, ”Vakfiya”, “Maxbub ul-kulub”, ”Majolis un-nafois”, ”Nasoyim ul-muxabbat”, “Munshaot” asarlari juda katta tarixiy axamiyatga molik manbalarning yaratilganligi keyingi davrlarda turkiy-o`zbek tilining rivojiga ulkan xissa bo`lib ko`shildi.
Zaxiriddin Muxammad Boburning “Vakoyi`” (“Boburnoma”, 1530 y.) asarining yaratilishi jaxonshumul axamiyatga molik manba sifatida ijod etilganligini ko`rsatadi. Chunki bu obida to`rt marta fors tiliga, uch marta ingliz tiliga to`la tarjima kilinib, birgana forsiy ko`lyozmalarning juda ko`p tarkalganligi, o`n uch ko`lyozmaga ko`plab mo``jaz rasmlar bilan ziynatlanganligi, asl matnning sakkiz marta chop etilishi, o`ndan ziyod inglizcha kiska nashrlar yukoridagi fikr isboti uchun kifoyadir.
Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasi xam XVI asrda uch marta fors tiliga tarjima kilingan. Yana Muxammad Solix, Abuloziy Baxodirxon, Munis, Ogaxiy, Bayoniy, Xakimxon To`ra va boshkalarning tarixiy asarlari juda muxim va kimmatli manbalardir.
Ayniksa, XIX asrda Xorazmda va Sharkiy Turkistonda turkiy tilga katta e`tibor tufayli ko`plab tarixiy, diniy va badiiy asarlar forsiy, arabiy tillaridan tarjima kilindi, yangi asarlar yaratilishiga imkon yaratildi.
Umuman, XX asr birinchi choragigacha turkiy - o`zbek tillarida kator tarixiy manbalar yaratilgan edi. Bu davrgacha bitilgan bizning tilimizdagi obidalar arab alifyuosi asosidagi yozuvlarda bitilgan edi.
1929 yili alotin alifbosiga o`tildi
1940 yili rus-kirill alifbosi kiritildi.
Mustakilligimiz bizga yana lotin alifbosini kayta tikladi. Albatta, lotin alifbosi rus-kirill alifbosiga nisbatan ko`plab turkiy xalklar uchun kabul kilinganligi bilan kator afzallikka ega. Lekin deyarli XIII yoki XII asr davomida yaratilgan manbalar takdiri nima bo`ladi? Degan savol kishini o`ylantiradi. Bo`lgusi tarixchilarga fors, arab tili asoslarini o`rgatilishi, arab yozuvidagi manbalardan foydalanish malakasini xosil kilish kay darajada?
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tarixga e`tibori va xilkimiz boy madaniyatini o`rganishga, kadolashga intilishi kishida umid va kelajakka ishonch uygotadi. Darxakikat, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`k”.
Ushbu darslikda turkiy-o`zbek tilida bitilgan xamma manbalarni kamrab olish mumkin emas, shuning uchun eng muxim va yirik yozma manbalarning xarakterli xususiyatlarni bayon etamiz, xalos. Umid kilamizki, bu erda olgan bilimlarini talabalar o`zlari mustakil ravishda kengaytirib, yanada chukurlashtiradilar. Chunki, manbalar barcha bilim asosidir.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə