Тарихий манбашунослик


Turkiy-o`zbek tilidagi manbalar xususiyatlari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə38/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Turkiy-o`zbek tilidagi manbalar xususiyatlari. X-XIV asrlarga oid turkiy tildagi yozma manbalar nisbatan kam saklanib kolgan. Mavjudlari esa xali munosib tarzda manbashunoslik nuktai-nazaridan o`rganilib, ilmiy muomalaga kiritilgani yo`k. Ya`ni u manbalar tarix ilmida o`z o`rnini egallagani yo`k.
X-XIV asrlarga oid turkiy tildagi yozma manbalar to`grisida shuni kayd etish zarurki, ularda xam arab va fors tillaridagi manbalarga xos umumiy xususiyatlar o`xshash desak bo`ladi. Yozuv xususida turkiy va fors tili xarflari aynan bir xil, ya`ni 32 xarfdan iborat.
Turkiston kitobi tarixining tadkikotchisi E.O.Oxunjonov o`z ilmiy izlanishlarida yozma manbadarni kitobat tarixi nuktai nazaridan ochib bergan.
XV asrdan boshlab yaratilgan tarixiy, badiiy va ilmiy asarlar ko`lyozmalari, kitoblari birinchi navbatda yozuv, xat turi xususiyatlari, kitobat fani, san`ati jixatidan aloxida yuksak saviyasi, badiiy ziynat-bezaklari bilan ajralib turadi. Aksariyat manbalar Temuriylar davrida Mir Ali Tabriziy tomonidan ixtiro kilingan eng go`zal nasta`lik xatida bitilgan.
Temuriylar va Shayboniylar davrida xamda keyinrok yaratilgan ko`lyozmalar asosan podshox va a`yonlar uchun mo`ljallangan. Mana shuning uchun xam ular kitobat san`atining shox asarlari darajasida yaratilgan.
XVIII-XIX asrlardagi yozma manbalar ko`lyozmalarini ikki guruxga ajratish mumkin. Bir guruxi – shoxona ko`lyozmalar. Ikkinchi guruxi esa keng jamoatchilik va o`rta xol ziyolilar uchun yaratilgan ko`lyozmalar. Bularning xar biri materal va saviya bilan ajralib turadi. Ikkinchi gurux ko`lyozma kitoblarida matn mazmuniga xam e`tibor berilgan, lekin ko`lyozma uchun ishlatilgan materiallar, ziynat va bezaklar o`rta miyona, baxoli kudrat, ammo etarli san`at asari va ilm-fan uchun bemalol foydalansa bo`ladigan manba saviyasida yaratilgan.
XIX asrda ko`prok ko`lyozmalarni yozishda ilm axli orasida xatti mulloyi, talabalar xati va yangi ixtiro kilingan shikasta xati keng tarkaldikim, shiddatli tarakkiyot, ayniksa toshbosma va mixbosma kitoblarning ko`payishi, an`anaviy mo``tabar ko`lyozmalarini yaratilishini kamayishiga olib keldi. Bu davr ko`lyozmalar xususiyotlari kitobat san`ati nuktai nazaridan olima E.M.Ismoilova tomonidan aniklangan va uning asarlarida bayon etilgan.
Ko`kon xonligi tarixi manbalari xususiyatlari olimlardan R.N.Nabiev, X.N.Bobobekov, Sh.Voxidov, T.Biysembiev va boshkalarning tadkikotlarida taxlil etilgan.
XIX asr Xorazm tarixiy asarlari ko`lyozmalari K.Munirov va N.Komilov tadkikotlarida o`rganilgan.
Yurtimizda yaratilgan aksariyat ko`lyozmalar, xususan O`zbekiston Fanlar Akademiyasining Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharkshunoslik instituti fondidagilar mashxur xattot Abdukodir Murodov tomonidan tadkik etilgan. Ammo shu paytgacha, turkiy-o`zbek kitobi tarixiy manba sifatida aloxida o`rganilmadi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, xali turkiy tildagi jaxon ko`lyozma fondlarida mavjud yoxma manbalar to`da aniklangani va ilmiy muomalaga kiritilgani yo`k. Mavjud va aniklangan yozma manbalar yurtimizning ko`p asrlik uzok tarixi, uning boy yozma madaniyatidan guvoxlik berib, kelajagi porlok ekanligiga to`la ishonch uygotadi.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə