Тарихий манбашунослик


«Tarixi anbiyo va xukamo» asari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə40/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

«Tarixi anbiyo va xukamo» asari.
Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va xukamo» asari 890/1485 va 904/1498-1499 yillar orasida tasnif etilgan bo`lib, unda Odam Atodan boshlab, oltmish oltita paygambarlar va o`n bitta donishmandlar to`grisida ixcham, lekin juda jonli va kizikarli ma`lumotlar bayon etilgan.
Ma`lumki, Alisher Navoiyga kadar xam anbiyolar xakida turli rivoyatlar, kissalar mavjud bo`lgan. Ayniksa, «Kur`oni karim»da va eng kadimiy manbalarda, umumiy tarixga oid Abu Ja`far Tabariyning (836-923) «tarixi ar-rusul va muluk», Abu Rayxon Beruniyning «Osor ul-bokiya», xamda Abu Sulaymon ibn Dovud binni Abu-l-Fazl Muxammad binni Dovud al-Banokatiyning (vaf. 730/1330) «Ravzatu Oli al-bob fi tavorix al-akobir va-l-ansob» (1317) yoki «Tarixi Banokatiy» (XIV asr) nomli, Xamdullox binni Abu Bakr binni Axmad binni Nasr al-Mustavfi Kazviniyning (vaf. 750/1350) «tarixi Guzida» (744/1343), Abulkosim Firdavsiyning «Shoxnoma», Nizomiy Ganjaviyning «Xamsa» va boshka shu kabi asarlarda tarixiy vokealar, shuningdek, diniy tarixga oid ma`lumotlar ko`p.
O`z davrining yirik olimi va tarixchisi sifatida Alisher Navoiy xam bunday manbalarni o`rganib chikkan, ular bilan yakindan tanishgan. Bu asarlar aksariyati arab va fors tilida bo`lgani uchun, Alisher Navoiy turkiy-o`zbek tilida, ko`plab kissalarni kiyosiy o`rganish asosida o`z asarini yaratdi. U asar mazmun jixatidan umumiy tarixga oiddir.
Bu asar ikki kismdan iborat. Birinchi kismda Odam Atodan tortib, nux, Iso, Muso, Yakub, Sulaymon, Dovud, Yusuf va boshka paygambarlar xayotiga oid turli nakllarni bayon etadi, xar bir tarix oxirida ruboiy keltirilib, ularning xayotiga lirik xotima yasaydi.
Kitobning ikkinchi kismida mashxur donishmandlar xayoti lavxalari, ularning xikmatlari keltiriladi. Masalan, Garbda Pifagorga nisbatan bergan bir iborani Alisher Navoiy Bukrotus xakim nomidani shunday keltirilgan: «Yaxshi so`z ko`ngulni yoritur va yaxshi xam ko`zning ne`mati arusidurkim, aning maxri shukrdir».
Butun umri va faoliyati davomida olimlarni kadrlagan Alisher Navoiy ularning tarixini anbiyo, paygambarlar tarixidan keyin, ularni birgalikda bitgani aloxida taxsinga sazovor xoldir. Bu kitob tarixchi, olim va shoirlarga kadimgi davr izoxi uchun muxim manba vazifasini o`tashi mumkin. Bu asarni manbashunoslik fanida aloxida o`rganish shuning uchun xam zarurki, tarixga oid asarlarda tafsilotlari keltirilmay, juda ko`p o`rinlarda maygambarlar va ularning xayotiga oid vokealarga murjaat kilish uchraydi. Manna shu jixatidan Alisher Navoiy asari xam tarixchi olimlar, xam tarixni o`rganuvchi talabalar uchun katta axamiyat kasb etadi. Shuning bilan birga, u asarda alisher Navoiyning mashxur tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyga munosabati bayon etilgan. Navoiy uning «Zafarnoma» asari mukaddimasini zikr klar ekan, tarixchini «mavlono sharaf ul-millat va davla», ya`ni «davlat va millat sharafi» deb ta`riflaydi.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə