Тарихий манбашунослик


«Xoloti Sayyid Xasan Ardasher» risolasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə42/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

«Xoloti Sayyid Xasan Ardasher» risolasi
Alisher Navoiyning to`rtinchi tarixiy asari, memuar biografik xarakterdagi risola bo`lib, u «Xoloti Sayyid Xasan Ardasher» deb nomlanadi. O`ziga «otaday» mexribon bo`lgan Sayyid Xasan Ardasher to`grisidagi asar to`gridan to`gri «Xolot» ya`ni biografiya deb ataladi. Asar tasnif odobiga ko`ra, «Bismilloxir-raxmonir - raxiym» so`zidan so`ng keladigan «Xamd» Allox madxi o`rniga nasimga murojaat bilan boshlanadi, asar mazmuni shunday xarakterlanadi: «Soliki foniy va gavxari koniy, orifi maoniy Sayyid Xasani Ardasher (raxmatulloxi) siyar va xolotida». Ya`ni bu asar «o`tkinchi foniy dunyodagi solik, gavxarlar koni va ma`nolar orifi Sayyid Xasan Ardasher biografiyasi» deb ataladi.
Asar boshida muallif Sayyid Xasani Ardasherning otasi to`grisida kiska ma`lumotlarni keltiradi, undan so`ng, Alisher Navoiy uning o`zi xam yoshligida otasi kabi Boysungur Mirzo xizmatida bo`lgani, turli soxalar bo`yicha bilim olganini yozadi. Temuriylar saroyida xizmat kilib, doim xurmat va e`tiborda bo`lgani, xatto Sulton Xusayn Mirzo unga katta davlat lavozimini taklif kilganida, dunyo ishlaridan yuz o`girib, darveshlikni ixtiyor etganini zikr etadi. Risolada Sayyid Xasan Ardasherning tarixi, uning badiiy didi, turkiy va forsiy tildagi adabiyotni yaxshi bilishi, imom Gazzoliyning «Kimiyo-i saodat», Fariduddin Attorning «Mantik ut-tayr» asarlarini xush ko`rishi, xayotida bo`lib o`tgan vokealar tafsilotilarining eng muximlari zikr etiladi. Natijada, kitobxon ko`z o`ngida Temuriylar zamoni ziyolilarining yorkin vakili siymosi tarixi namoyon bo`ladi. O`sha davr ijtimoiy xayotiga tasavvur ta`limoti katta ta`sir o`tkazganini ko`ramiz. Chunki, e`tikod yuzasidan Sayyid Xasan Ardasher davlat lavozimidan voz kechgen shaxsdir.
Sayyid Xasan Ardasher nomini Alisher Navoiy o`zining «Majolis un-nafois», «Nasoyim ul-muxabbat» asarlarida chukur xurmat bilan yod etadi. Umuman, «Xoloti Sayyid Xasan Ardasher» risolasi Temuriylar davri ijtimoiy-madaniy xayotini aks ettirgan muxim tarixiy manbadir. Unda Alisher Navoiy o`zining xayotida juda katta rol o`ynagan katta zamondoshi Sayyid Xasan Ardasherga munosib tarixiy yodgorlik o`rnatadi.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə