Тарихий манбашунослик


«Xoloti Paxlavon Muxammad» risolasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə43/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

«Xoloti Paxlavon Muxammad» risolasi
Alisher Navoiyning beshinchi tarixiy asari xam memuar biografik xarakterdagi risola bo`lib, unda o`sha davrning eng mashxur va benazir kurashchisi va turli fanlar bilimdoni to`grisidagi «Xoloti Paxlavon Muxammad»dir. Alisher Navoiy «Majolis un-nafoyis» asarida ushbu shaxs to`grisida kuyidagi ma`lumotni keltiradi: «Paxlavon Muxammad Kushtigirkim, ko`p fazoyil bila orastadurkim, kushti bovujud ulkim, uning andok xak va mulkidurkim, ma`lum emasikm, xargiz bu fanda andok paydo bo`lmish bo`lgoy. O`zga fazoyiliga ko`ra va din martabasidur, musikiyda idvor ilmida davrining benaziridur, chun kamoloti izxor min ash-shamsdur, sharx kilmok extiyoj ermas».
Risolada biz Paxlavon Muxammadning o`z davrining benazir kishisi bo`lganligi, kirk yil davomida alisher Navoiyga mexribonchilik ko`rsatganligi, favkulodda xotiraga egaligi, barcha zamondoshlari izzat xurmatiga sazovor bo`lgan, yuksak axlokiy fazilatlarga ega kurashchi ekanligini ko`ramiz. Uni barcha kechik zamondoshlari, Zaxiriddin Muxammad Bobur, Zayniddin Vosifiy, Mirza Muxammad Xaydar xam ajoyib kurashchi va oliyjanob inson, bastakor ekanligini tasdiklaydilar.
Bu asarda temuriylar davri XV asr ikkinchi yarmi madaniy xayotiga oid kimmatli ma`lumotlar keltirilishi bilan muxim xususiyat kasb etadi. Bu risola xam avvalgi «Xamsat ul-mutaxayyirin» va «Xoloti Sayyid Xasan Ardasher» kabi XV asr ikkinchi yarmi Temuriylar davri tarixi to`grisidagi kimmatli manbadir.
Nomlari zikr etilgan besh sof tarixiy asarlardan tashkari Alisher Navoiy kuyidagi asarlari, ya`ni «Maxbub ul-kulub», «Majolis un-nafois», «Munshaot», «Nasoyim ul-muxabbat» va xatto sof lingvistik xarakterdagi «Muxokamat ul-lugatayn» asarida xam tarix ilmi uchun muxim ma`lumot bor.
Alisher Navoiy tarixchi olim sifatida asarlarida, xususan «maxbub ul-kulub»da ijtimoiy guruxlar to`grisidagi muloxazalarni bayon etgan, «Majolis un-nafois» asarida 450 dan ortik davlat arbobi shoir va san`at shaydolari xakida, «Nasoyim ul-muxabbat» asarida esa 750 dan ziyod avliyolar to`grisdagi ma`lumotlar keltirilgandir.
«Vakfiya» asarida esa Alisher Navoiyning kanday mol-mulk egasi bo`lgani, xamda ularni jamiyat uchun vasiyat kilganligi bayon etiladi. Alisher Navoiyning «Munshaot» asari, xamda u tartib bergan «Murakka` Mir Alisher»da jamlangan maktublar mazmuni, Alisher Navoiyning xayoti va faoliyati turli kirralarini va o`z davri ijtimoiy, siyosiy va madaniy xayotini yoritishda juda katta tarixiy, ilmiy axamiyatga ega xujjatlardir.
U tartib bergan Xoja Ubaydullox Axror, uning muridlari va Abduraxmon Jomiyning dastxat maktublarini tartibga keltirib, maxsus «Murakka` Mir Alisher» nomli dastxat avtograflardan iborat kimmatli 594 ta maktubni kitob xoliga keltirgizib, bizga meros koldirgan. Ushba murakka` asosida doutorlik dissertatsiyasini yozib sharkshunos Asomiddin O`rinboev tarix fanlari doutori degan unvonga ega bo`ldi. Keyingi yillarda olim ular to`grisida rus, tojik, fors va ingliz tillarida bir necha kitob chop etib Alisher Navoiyning tarix soxasidagi ko`rsatgan xizmatini dunyoga namoyish etdi.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə