Тарихий манбашунослик


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə46/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008.
2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., “O`kituvchi”. 2001.
3. T.S.Saidkulov. O`rta Osiyo xalklari tarixining tarixnavisligidan lavxalar.-T., “O`kituvchi”. 1993.
4. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998.
5. Rukopisnaya kniga v kul`turax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: ‘’Nauka’’. 1987.
6. B.A.Axmedov. Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii. XU1-XVIII vv.

XV asrning 80-90- yillarida kuchayib ketgan tarkoklik, xususan Toshkent, Fargona va Xisorning markaziy xukumatga itoat kilmay ko`yishi, ayrim amirlarning siyosiy nufuzi o`ta kuchayib ketishi va yosh Temuriylarning toju taxt uchun kurashlar davlatning inkirozini tezlashtirdi.


1500 yili Muxammad Shayboniyxon (1500-1510 yy.) Dashti kipchok o`zbeklariga tayangan xolda Movarounnaxr, Xorazm, Xuroson va Badaxshonni bo`ysundirib, yangi sulola – Shayboniylar davlatiga (1500-1601 yy.) asos soldi. Lekin Shayboniylar ma`lum darajada iktisodiy, ijtimoiy va madaniy soxada tarakkiyotga erishlan bo`lsalar-da, lekin ular xam maxalliy yirik er-suv egalarining ayrimachilik xarakatiga barxam bera olmadilar.
Shayboniyxon xalokatidan (1510 y. 10 dekabr) so`ng uzok vakt davomida mamlakatda parokandalik va tarkoklik xukm surdi.
Ubaydullaxon vafotidan (1539 y.) keyin esa Movarounnaxrda ko`sh xokimiyatchilik boshlandi: Camarkandda Abdullatif Sulton, Buxoroda Abdulaziz Sulton xon kilib ko`tarildilar (1540-1550 yy.).
1551-1556 yillari esa mamlakat toju taxt da`vogarlari Navro`z Axmadxon, Burxon Sulton, Abdullaxon soniy o`rtasida urush maydoniga aylandi.
Abdullaxon soniy 1557 yili Buxoroni egalladi va uzok davom etgan urushlardan (1557-1582 yy.) so`ng Movarounnaxrni birlashtirishga, Toshkent va Turkistonni bo`ysundirdi, 1584 yili Badaxshon bilan ko`lobni, 1588 yili Xirotni egalladi. U davlatni markazlashtirdi, lekin uning vafotidan (1598 y. 8 fevral) keyin ayirmachilik xarakat nariga o`tmadi. Uning o`gli va taxt vorisi Abdulmo`minning xukmronligi olti oydan (1598 y.fevral-iyul) nariga o`tmadi. Undan keyin xon ko`tarilgan Mirmuxammad soniy (1598-1601 yy.) esa nomigagina xon xisoblanib, aslida xokimiyat nufuzli katta er egalari ko`liga o`tib koldi. Bu vaktda kozok xonlari va sultonlarining Movarounnaxr ustiga boskinchilik yurishlari kuchaydi. Ular 1599 va 1600 yillari Toshkent, Jizzax, Samarkand va Miyonkolgacha bostirib kirib, o`trok axolini talon-taroj kildilar. Janubdan esa Eron xukmdorlari yurtimizga taxdid sola boshladilar.
Mana shunday bir sharoitda movarounnaxrlik yirik er-suv egalari ruxoniylar va zodagonlar bilan til biriktirib, Jo`jixonning o`n uchinchi o`gli To`kay Temur naslidan bo`lgan Yormuxammadxonni taxtga o`tkizdilar. Yangi sulola tarixda Ashtarxoniylar (1601-1785 yy.) nomi bilan mashxur.
Bu davrda mamlakatda tarkoklik yanada kuchaydi. Dashti kipchokliklar, aosan kozok xonlari va kalmoklar, Xorazm xukmdorlari Abulgozixon va Anushaxon Movarounnaxrga tez-tez bostirib kirib, uning Chorjo`y, Buxoro va Samarkand shaxarlari va kishloklarini talon taroj kila boshladilar.
Eron va Shimoliy Xindiston xukmdorlari Boburiylarning Buxoro xonligi ichki ishlariga aralashuvi kuchaydi. Mamlakatdagi bekarorlik Ubaydullaxon soniy (1702-1711 yy.) xukmronligi yillarida juda kuchaydi. Ulus xukmdorlari, Balxdagi Maxmudbiy katagon markaziy xukuatga bo`ysunmay ko`ydilar. Samarkand va Xisor viloyatlarida yuz kabilasi, Shaxrisabz va Karshida kenagas va mangit kabilalari xonga karshi isyon ko`tardilar. Ubaydullaxon soniy o`rniga xon ko`tarilgan Abulfayz (1711-1747 yy.) nomigagina xon bo`lib, xokimiyat bir gurux yirik boylar ko`liga o`tib koldi.
Eron podshoxi Nodirshox (1736-1747 yy.) Movarounnaxrdagi parokandalik va bekarorlikdan foydalanib, 1740 yilning kuzida Buxoro xonligini o`ziga bo`ysundirdi. Shundan keyin xokimiyat asosan Nodirshox tarafdori, mangit kabilasidan chikkan nufuzli, katta er egasi Muxammad Raximbiy ko`liga o`tdi. Abulfayzxon o`ldirilganidan keyin taxtga o`tkizilgan Abdulmo`min (1747-1751 yy.) va Ubaydullaxon soniy (1751-1753 yy.) nomigagina xon bo`lib, davlatning muxim ishlarini Muxammad Raximbiy boshkargan.
1753 yilning 16 dekabrida Muxammad Raximbiy xon bo`ldi. Shu kundan boshlab Buxoro xonligida xokimiyat Mangitlar sulolasi ko`lida bo`lib, ular 1920 yilning sentryabr oyigacha ukmronlik kilgan.
1709 yili markaziy xukumatning zaifligi tufayli Fargona vodiysida Ko`kon xonligi (1709-1876 yy.) tashkil topdi.
XVIII-XIX asrda yurtimiz xududida Buxoro amirligi, Xeva va Ko`kon xonligi mavjud bo`lib, Rossiya asta-sekin bu xududga sikilib kelib, o`z mustamlakasini o`rnatdi.
Majmu`ayi vasoyik” (“Vasikalar to`plami“) – Samarkand kozixonasiga tegishli va XU1 asrning oxirida tuzilgan xukukiy xujjatlar, vasikalar to`plamidir. Unda jam`i 735-ta xujjat bo`lib, xronologik jixatdan 1588-1591 yillarni o`z ichiga oladi. Ushbu xujjatlar turli ijtimoiy-iktisodiy masalalar, meros taksimlash, kasb-xunar, shogirdlik bilan boglik, savdo do`konlari, er-suv va xovli-joyni ijaraga ko`yish kabi masalalarni rasmiylashtirishga bagishlangan. Xujjatlarning yana bir muxim tomoni shundaki, ularda XU1 asrda Samarkandda amalda bo`lgan kasb-xunarlar, zargarlik, kulolchilik, rangrezlik, attorlik, kimuxgarlik, chitboflik, sangtaroshlik, shamshirlarlik, kogoz ishlab chikarish, zardo`zlik, sarrojlik, duradshorlik, kuloxgarlik, saxxoflik-mukovasozlik, xattotlik, kitobfurushlik va to`ksondan ortik kasb-xunar xakida ma`lumot mavjud.
“Majmu`ayi vasoyik”ning yaxshi ko`lyozmasi xozirda O`zRFA Sharkshunoslik institutining xazinasida 1386 tartib rakami bilan saklanmokda. Xujjatlarning bir kismi rus va o`zbek tillariga tarjima kilinib, chop etilgan. Abdurauf Fitrat va V.S.Sergeev ulardan fakat 36 nafarini tanlab olib rus tiliga tarjima kilganlar va 1937 yili Toshkentda nashr etganlar. Xujjatlardan 237 tasi, ya`ni taxminan uchdan bir kismi sharkshunos olim B.Ibroximov (1908-1978 yy.) tarafidan o`rganilib, o`zbek tiliga tarjima kilingan edi. Bu ish 1982 yili B.Axmedov, O.Jalilov, M.Karimova, T.Fayziev va G.Ostonova tarafidan nashrga tayyorlandi va chop etildi. Unday ayrim namunalar kuyida keltirildi:

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə